“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana14.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#232393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktab-boshqaruvi-samaradorligini-oshirishda-strategiya-zaruriy-omil-sifafida

 
 “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY 
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023 
197
Ushbu tajribadan bilish mumkinki, avvalo, ishlab chiqilayotgan strategiya davlatning 
maktab ta’limi siyosatiga mos bo‘lishi lozim. Buning uchun biz ikkita muhim jihatga e’tibor 
qaratishimiz kerak bo‘ladi. Birinchidan, maktab ta’limi siyosatini yuritadigan davlat 
orgonlarining xorijiy tajribalarga asoslangan, milliy manfaatlarni ifodalagan, zamon talablariga 
javob beradigan ta’lim strategiyasi bo‘lishi zarur. Muassasa o‘z strategiyasini belgilashda mana 
shu strategiya va maktab qadriyatlari, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan “poydevor” sifatida 
foydalinishi maqsadga muvofiq. Ikkinchidan, maktab rahbari va jamoasi dunyo hamjamiyatining 
ta’limga munosabatini hamda davlatning ta’lim siyosatini to‘g‘ri anglagan, o‘zgarishlarga 
moslasha olish kompetentligiga ega bo‘lishi, mas’uliyatni o‘zida his qila olishi, ta’lim sifatining 
oshishidan manfaatdor bo‘lishi zarur.
Yuqori sifat menejmenti va yaxshilangan ta’lim natijalari o‘rtasida chambarchas 
bog‘liqlik mavjud, ammo bu boradagi asosiy farq maktab menejeri va u tomonidan 
qo‘llaniladigan boshqaruv strategiyalaridadir [2].
Maktablardagi boshqaruv strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagilarda 
ko‘rish mumkin: 
boshqaruv strategiyasini maktab maqsadlariga erishish, raqobat muhitida yanada 
samaraliroq missiyani bajarish va rejalashtirilgan maqsadlarga yetish uchun yaxshi vosita deb 
hisoblash mumkin;
globallashgan axborot jamiyatida “strategiya rejalashtirishning natijasi emas, aksincha, 
bu uning boshlang‘ich nuqtasi”, strategik menejment esa o‘z tashkilotlari faoliyatini aniqlay 
oladigan transformatsion liderlarning aktivi hisoblanadi; 
va nihoyat, ta’lim sifatini oshirish hamda ta’lim xizmatlarining yuqori standartlarini 
ta’minlash uchun ta’limni strategiya asosida boshqarish zarur [7;728].
Mamlakat darajasida qulay ta’lim siyosati va izchil boshqaruv muhim ekanligini inobatga 
olib aytish mumkinki, ta’lim siyosatini belgilovchi davlat orgonlari hamda islohatlarni amalga 
oshiradigan maktab direktorlari va o‘qituvchilar “biz hozir qayerdamiz?”, “qayerda bo‘lishni 
xohlaymiz?” va “u yerga qanday boramiz?” kabi savollarga javob topishlari kerak. 
 
Birinchi 
haqiqiy savol, albatta, “biz qayerda bo‘lishni xohlaymiz?”
 
Bu yerda biz o‘z maqsadlarimizni, 
xavf-xatarlarni, strategik tashabbuslarga resurslarni taqsimlashni va hokazolarni muhokama 
qilamiz va hal qilamiz. Bularning barchasi xodimlar tashkilotning strategik maqsadlari 
to‘g‘risida qanday fikrda ekanligiga va ular o‘zi uchun foydali bo‘lgan samaradorlikka 
erishishlarini sezishlariga bog‘liq [3]. Bunda maktab ta’limini boshqarish strategiyasini ishlab 
chiqishda pedagog xodimlarning ishtiroki ta’minlanishi, strategiya butun jamoaniki ekanligini 
barcha his qilishi va ushbu strategiyani amalga oshirishda xodimlar o‘zini mas’ul deb hisoblashi 
muhim ahamiyatga ega. 
Bosniya va Gersegovinada ta’lim jarayonidagi o‘zgarishlar hisobga olinib, maktablar 
faoliyatini takomillashtirish umumiy strategiya asosida amalga oshirilish maqsad qilingan. 
Asosiy e’tibor shaxsdan kontsepsiyani o‘zgartirishga, o‘quvchilarning yutuqlarini baholashdan 
maktabning umumiy natijalarini baholashga yo‘naltirilmoqda; o‘zgarishlar subyekti sifatida 
o‘qituvchilardan maktab rahbarlariga e’tibor qaratilmoqda [12;1233]. PISA xalqaro 
tadqiqotlarida ham shu jihatga alohida dolzarb muammo sifatida e’tibor berilgan. Unga ko‘ra, 
ta’lim islohatlarini amalga oshirishda maktab rahbarlarining tajribasiga suyanish va ularni yuqori 
darajadagi ta’lim siyosati va amaliyotini ishlab chiqishga jalb etish lozim. Bu ijtimoiy 
o‘zgarishlarga samimiy munosabatda bo‘ladigan siyosatni belgilashda ijodiy yondashadigan 



Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish