“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana14.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#232393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktab-boshqaruvi-samaradorligini-oshirishda-strategiya-zaruriy-omil-sifafida

 
 “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY 
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023 
198
hamda samarador islohatlarni amalga oshirish uchun o‘zlari qozongan ishonchdan foydalana 
oladigan liderlar talab etiladi [18;18]. 
Samarali boshqaruv strategiyasi menejerga maktabni barcha fanlar bo‘yicha 
rivojlantirishga yordam beradigan usullarni ishlab chiqishga imkon berishini va ta’lim sifatini 
oshirishga erishishini hamda shu bilan birga har bir maktabda xodimlar, ota-onalar va mahalliy 
hamjamiyatga taqdim etilishi kerak bo‘lgan tayyor strategiya bo‘lishi shart. Shuningdek, 
strategik yetakchilik quyidagi 4 ta asosiy savolga javob berishi kerak:
1. Aniq maqsad qo‘yish.
2. Maqsadga erishish uchun xodimlar bosib o‘tadigan yo‘lni loyihalash.
3. Maqsadga qachon va qaysi vaqtda erishish kerakligini belgilab olish.
4. Maqsadning qayerdaligini va joylashuv o‘rnini bilish [12;1233].
Bundan xulosa chiqarish mumkinki, maktab ta’limini strategiya asosida boshqarishda 
aniq maqsad qo‘ya olish samaradorlikni kafolatlovchi muhim omildir. Boshqaruv tizimining har 
bir pog‘onasida turga rahbarlar o‘z vakolatlari doirasidan kelib chiqib, oldida turga aniq 
maqsadlarni yaxshi anglashi kerak. 
Maqsad – bu vaqtning aniq belgilangan davrida ta’lim muassasasi real erishishi mumkin 
bo‘lgan, istalgan natijaning muayyan, sifatli, ayrim hollarda esa sipolik bilan miqdoriy 
tavsiflangan qiyofasidir [17;56]. 
Har qanday maqsad besh asosiy jihatga ega bo‘lishi kerak: 
1. Mukammal mazmunga, ya’ni natijaning barcha tavsiflarining aniq-ravshanligi. 
2. Nazoratlilik. 
3. Vaqt (muhlat)ning belgilanganligi. 
4. Reallik (imkoniyatga muvofiqligi). 
5. Asoslanganlik [17;58-59]. 
Ririvojlanishning harakat dasturini ishlab chiqishda quyidagi savollarga javob topish 
lozim bo‘ladi. “Nima?”, “Qachon?”, “Qanday?”, “Nima uchun?”, “Qancha?”, “Kim?”, 
“Qayerda?” [17;61]. Agar ushbu savollarni izohlaydigan bo‘lsak, “Nima?” – bu maqsad, uni 
aniqlab olish zarur. Maqsadga qachon, qanday erishish mumkinligini rejalshtirish, nima uchun 
shu maqsadga erishmoqchi ekanligini anglash, erishmoqchi bo‘lgan maqsadning qancha 
ekanligini, unga erishganligini o‘lchay olish va maqsad haqida, uning turgan joyi to‘g‘risida 
tasavvurga ega bo‘lish muhim. Chunki ushbu savollarga javob topmasdan turib muvaffaqiyatga 
erishishning imkoni bo‘lmaydi. Bu savollarga javob bera oladigan maqsadlar esa SMART 
maqsad hisoblanadi.
1-jadvalda maqsadlarni SMRT sxemasi asosida shakllantirish mezonlari keltirilgan. 
Maqsadlarni qo‘yish (SMART) 
(S) Spesifik (aniq) 
(M) O‘lchanadigan
(A) Erishish mumkin bo‘lgan 
(R) Mos keladigan 
(T) Aniq belgilangan muddat bilan 
SMART – inglizcha akroninm bo‘lib, qo‘yilgan maqsad sifatini tekshirish 
mezonlarini to‘ldirishga yordam beradi. 
Masalan, siz “Men o‘zgarishlarni oshirmoqchiman” desangiz, bu SMART sxemasi 
bo‘yicha shakllantirilgan maqsad bo‘lmaydi. Agar siz “Men o‘zgarishlarni o‘quv yili 
oxirigacha



Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish