“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana14.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#232393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktab-boshqaruvi-samaradorligini-oshirishda-strategiya-zaruriy-omil-sifafida

 
 “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY 
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023 
196
faoliyatni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishida asosan boshqaruvning ikki xil turi – strategik 
boshqaruv, konyukturaviy boshqaruvni nazarda tutadi. Amaliy faoliyatda u yoki bu boshqaruv 
yo‘nalishining ustunligi tashkiliy tizimning yangilik darajasi ko‘rsatgichlari bilan belgilanadi. 
Masalan, strategik boshqaruv – bu ta’lim muassasasining strategik maqsadi yo‘nalishida 
muassasa imkoniyatlarini pedagogik xodimlarning umumiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishni 
nazarda tutuvchi uzoq muddatga tuzilgan dastur, reja va loyihalar asosida boshqarishdir. 
Strategik boshqaruv odatda, mazkur tizim boshqaruv madaniyatining yuqori darajasini 
belgilovchi keng innovatsion dasturlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Konyukturaviy 
boshqaruv – ma’lum bir davrda muassasaning iqtisodiy holatini tavsiflovchi belgilar majmuasi 
bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Maxsus strategiya – ta’lim muassasasida ta’lim jarayoni samaradorligining pasayib 
ketishini, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasining DTS talablari darajasidan tushib 
ketmasligini, shuningdek, tajribali, bilimli, o‘z kasbining fidoyilari bo‘lgan pedagoglarning 
ta’lim muassasasidan ketib qolishlarining oldini olish maqsadida uzoq muddatga tuziladi. 
Funksional strategiya – ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, 
bo‘limlari, jamoaviy boshqaruv orgonlari va ma’muriyat hamda jamoatchilik tashkilotlari 
oldidagi vazifalarni amalga oshirish usullarini o‘z ichiga olgan ishchi strategiya hisoblanadi. 
Mujassamlashtirilgan strategiya – ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning barcha 
yo‘nalishlarini qamrab olgan hamda ta’lim muassasasining yaxlit faoliyatini o‘zida jamlagan 
mo‘ljaldir. 
Diversifikatsiyalashgan strategiya – ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, iqtidorli 
o‘quvchilarni aniqlash va ularni o‘qitishda tabaqalashtirilgan yondashuvlarni joriy etish asosida 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichlarini ko‘tarish, maktab bitiruvchilari o‘rtasida 
raqobatbardosh, xorijiy tillarni biladigan, bilimli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan bitiruvchilar 
sonini ko‘paytirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish yo‘llarini ifodalaydi [15;119-122]. 
Shu bilan bir qatorda strategiya tashkilot maqsadiga erishish uchun intiluvchi rahbarning harakat 
tarsi hamdir [17;516].
 
Yuqoridagi fikrlar asosida aytish mumkinki, strategiya rahbar yetakchiligida jamoa bilan 
birgalikda tashkilotning asosiy maqsadigan kelib chiqqan holda qadriyatlar va zamonaviy 
tendensiyalar asosiga ishlab chiqilgan uzoq muddatli rivojlanish mexanizmidir. 
Strategik boshqaruv modellari dunyoning turli davlatlarida amal qiladi. Samaradorlik 
nuqtai nazaridan eng muhimlari quyidagilardir: umumiy yetakchilik maktabi – qarorlarni 
markazsizlashtirish va inson resurslarini rag‘batlantirish [14]; maktab boshqaruvi – ta’lim 
tizimini markazsizlashtirish [6]; taqsimlangan yetakchilik – direktorlar mas’uliyati va 
javobgarligining qat’iyligi [5]. 
Ruminiya tajribasiga ko‘ra, maktablarda ta’limni strategik boshqarishda quyidagi o‘ziga 
xos xususiyatlar aniqlangan: 
“qo‘llaniladigan strategiyalar va siyosatlar, ayniqsa, izchillik nuqtai nazaridan, bir-biriga 
mos kelmay qolishi hamda maqsad va vositalar o‘rtasida nomuvofiqliklar kuzatilgan [9];
“sifat madaniyati strategik fikrlashni va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni nazarda 
tutadi”[1]; 
xususiy maktablar o‘quvchilarning yuqori ko‘rsatkichlariga ega [8]; 
strategik chora-tadbirlar “poydevorsiz” emas, “poydevor” asosida shakllantirilishi 
maqsadga muvofiqdir [4].



Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish