• 1. Ta’lim strategiyasini belgilash.
  • 2. Texnologik jarayon.
  • “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #232393
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    maktab-boshqaruvi-samaradorligini-oshirishda-strategiya-zaruriy-omil-sifafida

     
     “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK 
    TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY 
    ANJUMANI, MAY 15-16, 2023 
    199
    5 foizga oshirmoqchiman” desangiz, bu maqsad SMART sxemasi bo‘yicha shakllantirilgan 
    bo‘ladi. 
    Spesifik – nimaga erishishingizni aniq belgilab olishga harakat qiling. 
    O‘lchanadigan – natijaga erishishingizni ko‘rganingizda uni belgilash uchun aniq 
    bo‘lgan muvaffaqiyat mezonlarini yozib oling. 
    Erishish mumkin bo‘lgan – ishonchingiz komil bo‘lsinki, Sizning maqsadingiz aniq, 
    ya’ni ularga erishish mumkin. 
    Mos keladigan – ishonchingiz komil bo‘lsinki, ushbu maqsadlarni amalga oshirishga 
    aloqasi bo‘lgan barcha kishilar ularning mohiyatini tushunadi va ularni amalga oshirishga 
    rozi. 
    Aniq belgilangan – maqsadlaringizga erishishda mos keladigan rejangizni amalga 
    oshirishning yakuniy muddatini tasdiqlatib, yozib oling. 
    1-jadval [17;62] 
    Shu o‘rinda maktab rahbarlarining ta’limni boshqarish strategiyasini belgilashda SMART 
    sxemadan foydalanishi muvaffaqiyat uchun tashlangan dastlabki qadam ekanligini aytib o‘tish 
    joiz.
    Ta’lim mazmunini sifatli ta’minlashda ijodkor maktab rahbarining faoliyatini shartli 
    tarzda uch bosqichga bo‘lish mumkin: 
    1. Ta’lim strategiyasini belgilash.
    Bunda rahbar va uning o‘rinbosarlari innovatsion va 
    samara beradigan g‘oyalarga ega, ta’lim sifatini ko‘tarishga xizmat qiladigan resurslarni 
    belgilash, bu g‘oyalar asosida maktab faoliyatini rejalashtirish rejasini ishlab chiqish. 
    2. Texnologik jarayon.
    Ishlab chiqilgan nazariy yo‘nalishdagi pedagogik g‘oyalarni 
    amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini jamoa bilan belgilab chiqishdan iborat. 
    3. Shaxsiy munosabatlar o‘rnatish.
    Bu ilg‘or pedagogik g‘oyalarni amalga oshirishga 
    kirishish, ularni amalga oshirishda pedagogik jamoa, ota-onalar, o‘quvchilar hamda davlat va 
    nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishni o‘z ichiga oladi [17;81]. 
    Shuningdek, samarali boshqaruvni tashkil etishda maktab rahbarining strategik qarorlar 
    qabul qilish ko‘nikmasiga ega ekanligi ham katta ahamiyatga ega. “Strategik qarorlar ta’lim 
    muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etib, unda 
    muassasaning uzoqqa mo‘ljallangan rivojlanish vazifalari va maqsadlari belgilanadi. Strategik 
    qarorlarni qabul qilishda ta’lim muassasasining istiqbolli harakat dasturi asos qilib olinadi, uzoq 
    muddatlarga ko‘zlangan maqsadlarga erishishda bajariladigan vazifalarning muddati belgilanadi, 
    mavjud muammolarni hal etish yo‘llari va uslublari ko‘rsatiladi” [17;105]. 
    Shu bilan bir qatorda strategik qarorlar chiqarishda boshqaruv tamoyillaridan oqilona 
    foydalanish maqsadga muvofiq. Rivojlangan mamlakatlarda ta’limni boshqarishda 2-jadvaldagi 
    zamonaviy sakkiz asosiy tamoyil ma’qullanmoqda. 

    Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK

    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish