|
Atmosfera havosini changdan tozalash usullari
|
bet | 4/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 37,82 Kb. | | #138954 |
Bog'liq Atmosfera havosini changdan tozalash usullari - Javoblar savolgaAtmosfera havosini changdan tozalash usullari
Insoniyatni, shu jumladan, butun jonivorlarni o’z bag’riga olgan tabiatni har qanday zararli modda haddan ziyod kyib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta’sirida zararli omillar o’z-o’zidan zararsizlanishi mumkin. Masalan, tuproqqa solinadigan go’ng 3-6 oy mobaynida bakteriyalar, tabiiy ta’sirlar yordamida noorganik moddalarga aylanadi,infeksiyalar qiriladi, natijada odam organizmigazarar etkazmaydigan holatga keladi. Shuning dek atmosfera havosiga chiqarib tashlanadigan gazsimon, bug’simon moddalar yoki changlar oz miqdorda o’tishi bilan o’z-o’zidan zaharlanishi mumkin. O’z-o’zicha zaharlanish atmosfera havosida kechadigan doimiy tabiiy, kimyoviy jarayonlar ta’sirida yuz beradi.
Umuman atmosfera havosining o’z-o’zicha tozalanish xususiyati juda sekin kechadi, unga tushadigan zararli iflosliklar salmog’i esa ortib boradi.
Atmosfera havosini tozalanishida yog’inlar asosiy rol o’ynaydi. Havo tarkibidagi zararli omillar qor va yomg’ir yuvib ketadi.
Yog’ingarchilik qancha ko’p bo’lsa, havo tarkibi shuncha ko’p tozalanadi. Havoni tozalashda dov-daraxtlar, qolaversa butun o’simliklar olamining ahamiyati kattadir. Masalan daraxt barglari chang zarralarini ko’p miqdorda ushlab qoladi, zararli gazlarni o’ziga singdirib oladi.
Daraxt barglari havodan CO2 gazini fotosintez reaksiyalari vositasida olib, havoga toza oksigenni chiqarishda katta rol o’ynaydi.
Havoning iflosliklardan tozalanishida suv havzalarining roli ham bor. Okean va dengiz suvlari ayniqsa ekvador mintaqalarida zararli moddalar xuddi nasosdek tortib havoni tozalashda yordam beradi.ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, katta daryolar – Volga, Angara, YEnisey vaboshqa daryolar havodan sulfit angidridridni, azot oksidini o’ziga singdirib, havoni tozalashda yordam beradi.
Shuni aytish kerakki, atmosfera havosi tarkibidagi zararli chiqindilar hamda gazlar kamayishida faol qatnashgan yog’in suvlar suv havzalarini ma’lum darajada ifloslantiradi.
|
| |