Linuxni sozlash va uni ishga tushirish
2.59-rasm. Qayta yuklashni bajarish.
Kompyuterimizga Linux(Ubuntu) o'rnatib bo'lgandan keyin kompyuterimiz bizdan kompyuterni qayta ishga tushurishimizni so'raydi yani "Restart Now" ni bosamiz.
Kompyuterga Linux (Ubuntu) o’rnatib bo’lganidan keyin kompyuterimiz bizdan kompyuterni qayta ishga tushurishimizni so’raydi yani “Restart Now”ni bosishimizni.
“Installation Compalte Installation is complate. You need to restart the computerin order to use the new installation Restart Now" yani “O'rnatish tugallandi. Yangi o'rnatishdan foydalanish uchun kompyuterni qayta yoqishingiz kerak” deb yozilgan Restart Now ni bosamiz, kompyuterimiz qayta ishga tushadi yani o’chib qayta yonadi.
2.60-rasm. Sozlamalarni sozlash.
Kompyuterimiz ishga tushgandan keyin bizdan ushbu sozmalarni so'raydi biz ularni rasmdagidek qilib tayorlaymiz.
2.61-rasm. Tizimning foydalanuvchi interfeysi.
Tizimni onlayn tarzda yangilashni ta’minlash.
Hozirgi vaqtda Linux tizimini onlayn yangilashning funksional imkoniyatlari keng yo’lga qo’yilgan. Operatsion tizimni yangilash bilan birga tizimdagi utilitalar, fayl tizimlari, qo’shimcha dasturlarni ham yangilash mumkin. Tizimni yangilashda aynan bir versiyaning bo’lishi talab etilmaydi.
Distributivni yangilashda ikki xil rejimdan foydalanishimiz mumkin, ya’ni, terminal rejimida yoki grafik rejimida yangilashimiz mumkin.
Terminalda sudo apt update hamda sudo apt full-upgrade buyruqlaridan foydalanamiz. Grafik rejimda esa, asosiy menyudan “Обновление системы” utilitasini ishga tushirish orqali amalga oshiramiz.
2.62-rasm. “Обновление системы” utilitasini ishga tushirish.
Yordamchi dastur yangilanishlarni topadi va ularni o'rnatishni taklif qiladi.
Siz faqat rozilik bildirasiz va o'rnatishni tugatishni kutishingiz kerak bo'ladi.
2.63-rasm. Yangilanishni qabul qilish.
Tizimni yangilash bilan birga qo’shimcha komponentalarni, dasturlarni yangilashimiz uchun “Программы и обновления” utilitasini ishga tushiramiz.
2.64-rasm. “Программы и обновления” utilitasi.
2.65-rasm. “Программы и обновления” utilitasi sozlamalarini sozlash.
Bu yerdan “Обновления” bo’limini tanlaymiz va “Уведомлять меня о выходе новой версии Ubuntu”dan “При доступности первой с длительным сроком поддержки” ni tanlaymiz.
Avtomatik ravishda tizimni yangilash uchun tizimdagi mavjud yangilanish menejerini ishga tushirishimiz mumkin. Buning uchun terminalga update-manager
-c -d buyrug’ini kiritamiz.
2.66-rasm. Yangilash menejeri bilan ishlash.
Ushbu menejer Ubuntu distributivining yangi versiyasini topdi va yangilash tugmasi orqali tizimni onlayn tarzda yangilash imkoniyatini berdi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan usullardan tashqari tizimni yangilashning bir qancha usullari va texnologiyalari mavjud. Mustaqil ravishda rasmiy web sahifalarda berilgan ma’lumotlarga asosan tizimni yangilash bo’yicha ko’rsatmalarni o’rganish ham mumkin.
|