Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin




Download 0.5 Mb.
bet8/32
Sana16.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#60459
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
gfdgfdgfdgfdgdf
Funksiya tushunchasu
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin.



Auditorlik faoliyati


Auditorlik
tekshiruvlar




Auditorlik tashkilotlarining
professional xizmatlari




  • Тashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi


  • Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvi




  • buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish;

  • moliyaviy hisobotni tuzish;

  • milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;

  • buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;

  • auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlar

Hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini, birinchi navbatda, buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl), shuningdek boshqa hisobotlarning ishonchliligi va unda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash (yoki tasdiqlamaslik) auditorlik xizmatining eng muhim vazifasi hisoblanadi.


Тa’kidlash joizki, buxgalteriya hisobotlari buxgalteriya apparati, boshqa iqtisodiy xizmatlar va korxona bo’limlari, hamda ishlab chiqarish bo’linmalaridagi ko’p sonli xodimlarning uzoq davom etgan va mashaqqatli mehnatlari natijasi hisoblanadi. Hisob axborotlari va ular asosida tuziladigan hisobotlarning ishonchliligi va sifati dastlabki hisobning qanday tashkil etilganligiga, hujjatlashtirish intizomining qanchalik mustahkamligiga va umuman korxona hisob siyosatining qay darajada malakali tuzilganligiga ko’p jihatdan bog’liq.
Buxgalterlik amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, ayrim korxonalarda buxgalterlar malakasi yetishmasligi oqibatida dastlabki hujjatlarga ishlov berish, guruhlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri (yoki butunlay) aks ettirmasdan (asosan pul va hisob-kitob muomalalari), ularni devonxona papkalarida saqlab qo’yish bilan cheklaniladi. Natijada, hisobotlarni tuzishda ko’plab chalkashliklar, noaniqliklar, joriy hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlaridagi nomuvofiqliklar yuzaga keladi. Agar buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga talab darajasida e’tibor qilinganida, bunday chalkashliklar paydo bo’lmas edi.
shuning uchun buxgalterlik hisobining qay darajada tashkil etilganligi va yuritilayotganligini, buxgalterlarning malakasi va intizomini, dastlabki hujjatlarga ishlov berilish sifati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalarini aks ettiruvchi buxgalterlik yozuvlarining to’g’riligini aniqlamasdan, yuqorida qayd etilgan asosiy vazifani hal etish mumkin emas.
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
shuningdek, O’zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri – xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi.

1. 2. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi


va oldiga qo’yiladigan talablar.
Auditning xalqaro standartlari – AХS (International Standarts of Auditing – ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo’lim ajratilgan. Ushbu bo’lim 9 ta standartni o’z ichiga oladi:
№ 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence)
№ 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang’ich qoldiqlar» (Initial Engagements Opening Balances)
№ 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures)
№ 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling)
№ 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymatlar auditi (Audit of Accounting Estimates)
№ 550 – Bog’liq tomonlar (Related Parties)
№ 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events)
№ 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern)
№ 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations)
Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning yetarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
Bizning mamlakatimizda esa shu vaqtgacha qabul qilingan auditorlik faoliyati milliy stanlartlaridan quyidagilarni shunday bo’lim sifatida umumlashtirish mumkin:
№10-AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»; №11-AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»; №13-AFMS «Тahliliy amallar»; №14-AFMS «Auditorlik tanlash»; №16-AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»; №50-AFMS «Auditorlik dalillar».
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir.
Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida yetarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim:

  • schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:

  • tahliliy amallar:

  • ichki nazorat vositalarini tekshirish;

Auditorlik dalillarni to’plash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko’rsatiladi.
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo’lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.

Download 0.5 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin

Download 0.5 Mb.