1.2. Auditorga kuyiladigan muhim talablar
Auditorga kuyiladigan muxim talablardan biri amaliy tajribaga ega bulishdir. Bu soxada xam turli mamlakatlarda turlicha mezonlar mavjud. Jumladan, AQSH va Fransiyada fukoro auditorlik faoliyati bilan shugullanish xuquqini olish uchun oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo’lishi va uz mutaxassisligi buyicha amaliyotda eng kamida uch yil ishlagan bo’lishi kerak.Germaniyada esa amaliyot bilan shugullanish davri auditor uchun 4 yildan,Chexiyada esa 10 yildan kam bulmasligi kerak.
Auditor uchun eng zaruriy xolat uning tajribasi bo’lganligi uchun bu mamlakatlarda oliy ma’lumotga ega bulmagan mutaxassislar xam shu faoliyat yunalishi bilan shugullanish xuquqini kulga kiritishlari mumkin.Buning uchun ular avvalom bor auditorlik firmasida xodim,buxgalter,solik maslaxatchisi bulib ishlagan bulishlari va uning bu soxadagi ish tajribasi AKShda kolledjni buxgalteriya xisobi mutaxassisligi buyicha tugatgandan keyin 3 yildan, Fransiya va Germaniyada esa 15 yildan kam bulmasligi kerak. Professorlar S.A.Stukov (2.25-34b) va A.L.Bavdeylarning fikricha (3.30-31b) Rossiya federatsiyasida auditorlik faoliyati bilan shugullanishga oliy iqtisodiy ma’lumot bo’lgan kimsalar uchun kamida 3 yil, urta iqtisodiy ma’lumotga ega bo’lganlar uchun esa kamida 5 yil amaliy tajribasi bo’lgandagina ruxsat berish lozim.
Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy xujjatlarga ko’raUzbekiston respublikasida auditorlik faoliyati bilan fakat oliy malumotli va moliya,boshkaruv,buxgalteriya xisobi xamda nazorat soxalarida kamida 5 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassislar shugullanishi mumkin.(4.174b).
Auditorga kuyiladigan keyingi talablardan biri uni dog tushmagan obru va mavkega ega bo’lishidir. Bu shartning axamiyati juda katta. Chunki bu talabga auditor faoliyat bilan shug’ullanish davrida doimo rioya qilishi lozim. Kasbga xos bo’lmagan yoki uning obrusini tushirishga sabab buluvchi xarakatlar kilgan auditor auditorlar palatasining "Auditor etikasi komiteti" tomonidan litsenziyadan maxrum qilinishi mumkin. Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan 501 qoidaga binoan auditorlik kasbining obrusini tushirishga sabab buluvchi xolatlarga quyidagilar kirishi mumkin :
a) mijozni talab qilishiga karamay unga tekshiruv paytida ishlatilgan kitoblar va yozuvlarni qaytarishdan bosh tortish (mijoz xizmat xaqini to’lamagan bo’lsa xam);
b) kelib chiqishi ,badanining rangi, dini jinsi yoki millati kabi belgilar bo’yicha o’zgalarni kamsitish orqali kasbning obro’sini to’kish ;
v) davlat tomonidan belgilangan auditorlik tekshiruvini utkazganda, mijoz anik topshirik berishiga karamay davlat auditorlik andozalari va me’yorlariga rioya kilmaslik;
g) buxgalteriya xisob varoqlari va moliyaviy xisobotlarga soxtalashtirilgan va noanik yozuvlarni qilish yoki shunga ruxsat berish va boshqalar (5.77b).
Ayrim mamlakatlarda auditorlik faoliyati bilan shugullanish istagini bildirgan shaxslarga yosh nuktai nazariyadan xam talablar kuyiladi. Misol uchun AKShda oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassis auditorlik faoliyati bilan shugullanishi uchun uning yoshi 21 yoshdan, Fransiyada 25 dan,Chexiyada esa oliy ma’lumotlilar uchun 35,oliy ma’lumoti bo’lmaganlar uchun esa 40 dan kam bo’lmasligi kerak.Germaniya, Rossiya, Uzbekistonda esa mavjud konuniy xujjatlarga ko’ra auditorlarga yosh nuktai nazaridan chegara kuyilmagan.Uzbekiston respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar ushbu masala buyicha xam uz munosabatini bildirishlari lozim deb xisoblaymiz. Bizning fikrimizcha oliy uquv yurtlaridagi xozirgi uqitish darajasi, buxgalteriya xisobi, xisobot va auditni jaxon andoza- lari buyicha uzbek tilidagi adabiyotlarning kamligi, ayniqsa viloyatlarga bu yunalishdagi yangiliklarning yetib borishining qiyinligi ,ushbu soxada xali yetarli tajribanin yukligi va shunga ko’rakasb obrusini saqlashni xisobga olib Uzbekiston respublikasida auditorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslar yoshini pastki chegarasini belgilab kuyish maqsadga muvofik deb xisoblaymiz.Bizning fikrimizcha bu yosh 26 dan kam bulmasligi kerak va bunda davogarning amaliy ish tajribasi mutaxassislik buyicha kamida 5 yilni tashkil kilishi lozim. Fikrimizni qanday asoslaymiz? Aksariyat ukuvchilar urta maktabni 17 yoshda tamomlaydilar.Agar ular usha yili oliy o’quv yurtiga kirishga muvoffak bulsalar 4 yildan keyin diplomli mutaxassis bulib yetishadilar. Lekin nazariy bilimning uzi sifatli auditorlik tekshiruv utkazish uchun kifoya emas. Demak u biror bir korxonada xisob-kitob yoki soliq ishlarida tajriba orttirishi kerak. Iktidorli mutaxassis bizning fikrimizcha 5 yilda uz ishining anchagina ikir-chikirlarini bilib olishi mumkin.
Faoliyat boshlash uchun auditorga kuyiladigan talablardan yana biri uni auditorlar palatasi yoki boshka obruli tashkilotlar tomonidan belgilangan dastur asosida malaka imtixonlarini topshirgan, bu tugrisida shaxodatnoma olgan va maxsus ruxsatnoma (litsenziyaga) ega bo’lgan bulishligidir.
AKShda bulajak auditorlar : buxgalteriya xisobi nazariyasi;
boshkaruv va moliyaviy xisob; audit nazariyasi va amaliyoti; korxonalar iktisodi va moliya kabi fanlardan malaka imtixonlari topshiradilar.
Yevropa xamkorligi kengashi uzining 1984 yil 10 aprelda bulib utgan yig’ilishining 8-ko’rsatmasida umumiy bozor davlatlari doirasiga kirgan mamlakatlarda faoliyat ko’rsatish Xuquqiga ega bo’lish uchun auditorlar: auditorlik ishi ; yillik xisobot taxlili; birlashtirilgan (konsolidirovannыy) xisobot ; boshqaruv xisobi va ichki nazorat tizimi ko’rsatmalar va andozalar; raqobat; soliq, grajdanlik, tijorat, mexnat va sugurta xuquqi ;
axborot tizimlari; korxonalar,tarmoklar iktisodi; moliya ; matematika va statistikadan mukammal bilimga ega bulishlari va shu fanlardan imtixon topshirgan bulishlari kerak, degan talabni kuydi va uz xamkorlariga shu ruyxat asosida malaka imtixonlarini tashkil kilishni taklif kildi.
Germaniyada mutaxassislik imtixonlari tegishli bloklarga ajratilgan: Bularga kuyidagilar kiradi:
1. Auditorlik ishi ;
2. Korxonalar va tarmoklar iktisodi ;
3. Mikro va makroiqtisodiy siyosat asoslari va moliya;
4. Xujalik xuquqi ;
5. Solik xuquqi
Imtixonlar tarkibiga davlatning yukori iqtisodiy idoralari ning,sanoatchilar doirasi yoki savdo-sanoat palatasining yeki shunga uxshash tashkilotlarning bittadan vakili va ikkita auditor kirgan kamida 15 yillik amaliy tajriba va buxgalteriya xisobi, auditorlik ishi, konunchilik, solik soxalari buyicha mukammal bilimga ega bo’lgan komissiya tomonidan kabul qilinadi
Rossiya xalk xujaligi akademiyasi koshidagi xalkaro oliy biznes maktabining "Ekkaunting va audit markazi" direktori professor N.P.Kondrakovning fikricha oliy iqtisodiy institutlar va universitetlarni tamomlagan mutaxassislar, yoki urta maxsus ta’limga ega bulib amaliyotda uzok yillardan biri ishlayotgan amaliyot xodimlari auditorlik diplomiga ega bulishlari uchun maxsus dastur asosida tayyorlangan kursni utishlari lozim. Bu kurs kuyidagi fanlar bloklari buyicha tashkil etiladi :
1. Bozor munosabatlari va xujalik yuritishining yangi shakllari ( 30 soat );
2. Xujalik xuquqi ( 30 soat );
3. Solik xuquqi ( 30 soat ) ;
4. Audit ( 80 soat ) ;
5. Buxgalteriya xisobi va xisobot ( 60 soat ) ;
6. Xujalik faoliyatini taxlili ( 40 soat );
7. Xalqaro xisob asoslari ( 30 soat );
8. Korxonalarga bank xizmati kursatish (20 soat ) ;
9. Buxgalteriya xisobi,xujalik faoliyati taxlili va auditni komp-yuterlashtirish ( 80 coat )
Dastur buyicha umumiy soatlar mikdori 400 soatni tashkil kiladi va buni uzlashtirish 11 xaftaga muljallangan. Shundan bir xaftasi amaliyot bilan tanishish va bir xaftasi imtixonlar topshirishga ajratilgan.Bundan tashkari tinglovchilar kurs oxirida audit, buxgalteriya xisobi va xujalik faoliyati taxlili buyicha bitiruv ishlari yozishlari lozim.
|