II.BOB.KORXONANI AUDITORLIK TEKSHIRUVIDAN O‘TKAZISH ISHCHI DASTURI VA AUDITORLIK TEKShIRUVIDAN O‘TKAZISH HAQIDA SHARTNOMA VA ZARUR HUJJATLARNI TUZISH.
2.1.Buxgalterlik tizimini o‘rganish (bayon qilish).
Qoidaga ko’ra yuqorida tilga olingan davlatlarning barchasida malaka imtixonlarini muvaffaqiyatli topshirgan auditorlarga maxsus shaxodatnoma beriladi va ular usha davlatning auditorlar ruyxatiga kiritiladi.Bu xolat auditorlik faoliyati bilan shugullanish xuquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya ) olish imkonini beradi. Ruxsatnoma (litsenziyani) Rossiya Federatsiyada Moliya vazirligi va uning ruxsati bilan federatsiya tarkibidagi respublika, ulka, viloyat, avtonom viloyat, avtonom okrug,Moskva va Sankt-Peterburg moliya idoralari berish Xuquqiga egadirlar. Uzbekiston respublikasining "Auditorlik faoliyati tugrisidagi konunining 4- moddasiga ko’ra auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish xuquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya ) Uzbekiston respublikasi auditorlar palatasining roziligi bilan Uzbekiston respublikasi Adliya vazirligidan ruyxatdan utgan auditorlik firmasiga beriladi. Auditorlik faoliyati bilan shugullanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) lar berish Uzbekiston respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Buyuk Britaniyada auditorlik faoliyati bilan shugullanish uchun oliy yoki urta maxsus ma’lumotli bulish,malaka imtixonlarini topshirish yetarli emas. Auditor bulardan tashkari "oliy martabali buxgalter" unvoniga ega bo’lishi va mustakil kasb egasi yoki auditorlik firmasining xizmatchisi sifatida biror bir kasb tashkilotining a’zosi bo’lishi lozim.
"Oliy martabali buxgalter" yoki "oliy malakali buxgalter"unvonini olishi oson emas. Buning uchun universitet yoki institutni tamomlash yoki katta tajribali amaliyotchi bulish yetarli emas, da’vogar bulardan tashkari kasb sertifikatsiyasidan utishi lozim. Amerikada bu ish kuyidagi uch yunalish buyicha amalga oshiriladi: moliyaviy xisob,boshkaruv xisobi, ichki audit.Sertifikat olish dasturida moliyaviy xisob buyicha: auditorlik ishi, xujalik xuquqi, xisobning nazariy muammolari, xisobning amaliyotga tadbiq qilish aspektlari; boshqaruv xisobi bo’yicha: biznes iqtisodi va moliyasi,bixiviorizm* nazariyasi, boshqaruvning tashkiliy va psixologik aspektlari; xisobotni tuzish; auditorlik tekshiruvini utkazish, solikka tortish koidalari ichki xisobot va uning taxlili, karor kabul kilish,modellashtirish va axborot tizimlari nazariyasi ; ichki audit buyicha esa: ichki audit nazariyasi va amaliyoti, boshqaruv, miqdoriy usullar va axborot tizimlari, xisob moliya va iktisod savollari kabi yo’nalishlar buyicha bilim berish kuzda tutilgan.
Sertifikatsiyalash kursini muvaffakiyatli tamomlagan tinglovchi moliyaviy xisob (Certified Public Accountant,CPA ); boshkaruv xisobi (Certified Management Accountant, CMA)va ichki audit (Certified Internal Auditor, CIA,) buyicha mutaxacsis sifatida maxsus sertifikat oladi.
Bu xolatni Uzbekiston respublikasida auditorlar tayyorlash jarayonida xisobga olish zarur deb uylaymiz.Masalaning moxiyati shundaki, xozirgi kunda respublikada ko’pchilikiqtisodiy institutlar va iktisodiet Universiteti "Audit" mutaxassisligi buyicha mutaxassis tayyorlamokdalar.Bu yunalish buyicha ukiyotgan talabalar bitiruv imtixonlarini topshirgach "Auditor" mutaxassisligiga ega buladilar.Koidaga ko’ra bu mutaxassislar biror bir korxonaga borib uz ishlarini boshlashlari kerak.Lekin kim bulib?
Auditorlik firmasi ochish uchun shunday bitiruvchilardan kamida ik-
kitasi litsenziyaga ega bo’lishi kerak.Ammo bu bitiruvchilarga (litsenziya ) olish uchun kasb imtixonlari topshirish uchun ruxsat berish kerakmi yukmi? degan savol tugiladi.Chunki institut yoki universitetni imtiyozli diplomga tamomlagan mutaxassis xam xozirgi murakkab sharoitda sifatli auditorlik tekshiruvi utkaza olmasligi anik.Uzbekiston respublikasining auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi xujjatlarida ushbu masalaga xam aniklik kiritilib kuyilishi lozim.
Bu borada Fransiya respublikasi tajribasini urganib chikish foydadan xoli emas.Kitobxonga tushinarli bo’lishi uchun uni kengrok tarzda yoritib beramiz.
Fransiyada auditor bulish uchun davogar shaxs avvalombor turt yillik oliy ma’lumotga ega bo’lishi lozim.Turt yil mobaynida talaba iktisod, xujalik xuquqi asoslari, arbitraj jarayoni, mexnat va solik xuquqi, buxgalteriya xisobi,chet tillar,korxonani tashkil kilish va boshkarish, moliyani boshkarish, amaliy matematika va informatika,boshkaruvni nazorat kilish kabi fanlardan bilim oladilar. Uquv kursini oxirida talaba Fransiyada yoki umumiy bozor mamlakatlarining birida 6 xaftadan kam bulmagan ukuv amali yotini utaydi.
O’qish tugagach bitiruvchi 3 yil mobaynida biror bir auditorlik firmasi yoki xususiy tarzda auditorlik bilan shugullanayotgan auditor koshida auditorlik ishining amaliy masalalarini urganadi. Bunda amaliyotning bir kismi xorijda utkazilishi xam mumkin.Amaliyot utash uchun bitiruvchi auditorlik tashkilotining maxalliy bulimiga ariza berishi lozim.Ushbu idora bitiruvchining arizasini kondirishga rozilik bildirsa,u amaliyotchilar ruyxatiga kushiladi. Maxalliy auditorlik idorasi bitiruvchini auditorlikfirmasi yoki auditorga biriktirib kuyadi,unga raxbarni belgilaydi va vakti-vakti bilan amaliyotni utashini nazorat kilish uchun tekshiruchilarni junatib turadi.
Amaliyot o’tkazayotgan kimsa uz raxbarining kursatmalarini bajarishi shart. Amaliyot qonikarsiz o’tayotgan bo’lsa u raxbar tomonidan to’xtatilib qo’yilishi mumkin.Raxbar amaliyotning ishchi tomonigagina emas, balki bo’lajak mutaxassisda axlok sifatlarini mujassamlashtirish jarayoniga xam javob beradi.
Amaliyot davrida stajer bajargan ishlari uchun maosh olib turadi. Amaliyot yakuniga ko’ra bitiruvchi bitiruv ishi yozadi, audit buyicha yozma imtixon topshiradi, xamda imtixon komissiyasining suxbatidan utadi. Shundan sung unga tantanali tarzda diplom topshiriladi va u mutaxassis sifatida milliy yoki maxalliy auditorlar ruyxatiga kiritiladi.
Chet el tajribasidan ibrat sifatida olishimiz mumkin bo’lgan yana bir narsa bu auditor kasamidir. Germaniyada bu xolat auditorga kuyiladigan talablardan biridir. Auditorlikka davogarlar kasb imtixonlarini muvaffakiyatli topshirganlaridan keyin kuyidagi mazmunda kasam ichadilar :
"Xar narsaga kodir va xar narsani biluvchi xudo nomi bilan kasam ichamanki, men uta mas’uliyat va vijdoniylik bilan buxgalter-auditor vazifasini bajaraman, tekshiruv davomida olingan ma’lumotlarni uta zukkolik bilan sir saklayman,auditorlik tekshiruvlari dalolatnomalari va ular buyicha xulosalarni sofdillik va xakkoniylik bilan tuzaman, bu ishda Xudo menga yor bulsin" (6.13b).
Bizda an’anaga ko’rainson salomatligi uchun javobgar bo’lgan tibbiyot xodimlari faoliyat boshlashdan avval uz ishlarida sofdil bulishga, inson xayotini saklab kolish yulida bor bilim va tajriba ishilarini ishga solishga doimo tayyor turajaklari tugrisida Gippokrat kasamini ichadilar. Vaxolanki tugrilik, sofdillik auditorlik ishining xam mazmunini tashkil kiladi. Shuning uchun garb ishbilarmon jamoatchiligi auditorlik kasbini axlok prinsiplari nuktai nazaridan ruxoniydan keyin qo’yadilar.Chunki mijoz korxona (shaxs) va davlat manfaatlarini ximoya kilinish darajasi auditorni uz faoliyatiga vijdon bilan yondashishiga bevosita boglikdir.
Uzbekiston respublikasida auditorlar tayyorlash tajribasida auditorlarni faoliyat boshlashdan avval kasamyod kildirish an’anasini joriy kilish bu soxa mutaxassislarining axlokiy dunyoka karashini kengayishiga va ularda kasbni kadrlash ruxini yuzaga kelishiga sabab buladigan xolat deb xisoblaymiz.
2.2.Ichki nazorat tizimini o‘rganish (bayon qilish).Auditor etikasi.
Auditorlik bilan mutaxassis darajasida shugullanayotgan shaxs jamiyatda ishonch qozonish va uz kasbiga nisbatan xurmat uyg’otish uchun kasb etikasi prinsiplariga qati’y rioya qilishi lozim. Kasb etikasi prinsiplari bir tamondan auditorni jamiyat oldidagi masuliyatini ta’kidlasa, ikkinchi tomondan, shu prinsiplar asosida uz faoliyatini tashkil qilishi auditorni ish jarayoni va undan keyin ish beradigan noxushliklardan saqlaydi.
Xar bir mamlakatda auditorlik ishiga raxbarlik q iladigani shu soxa mutaxassislarining kasb xususiyatlarini xisobga olgan maxsus kodekslar ishlab chiqishlari lozim.
Qonuniy kuchga ega bo’lgan bu xujjatlarda auditorning huquqi, majburiyati xamda uni uz faoliyat natijalari buyicha mijoz, uchinchi shaxslar va davlat oldidagi javobgarligi masalalari anik yoritilgan bo’lishi kerak.Chunki bu xujjatdan auditor uz ishini tashkil qilish uchun qaysi xislatlarni doimo yodda tutishi kerakligini, mijozlar, uchinchi shaxslar va davlat esa qaysi me’yoriy qoidalar buzilganda auditorni manaviy va moddiy javobgarlikka tortishlari mumkinligini bilishlari lozim.
Bu xolatlar bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kasb etikasi koidalari yoki tamoyillari tugrisidagi meyoriy xujjatlar bilan tartibga solingan. Kasb etikasi qoidalari birinchi bulib 1905 yili Amerika jamoatchi buxgalterlar assotsiatsiyasi tamonidan kabul kilingan.
Iqtisod va moliya soxasida taftish bilan shug’ullanuvchi ekspertlarning Yevropa kengashi tomonidan tavsiya kilingan va Shvetsiya mustaqil auditorlari assotsiatsiya tomonidan foydalanish uchun qabul kilingan "Kasb etikasi qoidalarida" auditorlik faoliyati uchun muhim bo’lgan quyidagi xolatlar qayd qilib o’tilgan:
1.Kasbga xos yurish-turishlar
2.Mustakillik
3.Urinsiz xarakatlar
4.Kasb majburiyatlari
5.Sir tutish
6.Xamkasblar bilan munosabatlar
7.Reklama,buyurtma kidirish
8.Mexnatga xaq to’lash ( 1.65-71b )
1988 yilda Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar instituti tomonidan qabul kilingan kasb xarakatlari kodeksi auditorni ish jarayonida rioya kilishi lozim bo’lgan etik tamoyillarni 5 ta koidaga mujassamlashtirgan:
1. Mustakillik, tugrilik, xolislik
2. Umumiy va texnik andozalar
3. Mijoz oldidagi majburiyatlar
4. Xamkasblarga nisbatan majburiyatlar
5. Boshka majburiyatlar va koidalar (2.93b)
Ushbu etik prinsiplar auditor xarakatlarining umumiy yunalishlari sifatida talkin kilinishi kerak. Ularning xar biri tugrisida kengrok tuxtatilib utamiz.
1.Mustakillik, tug’rilik, xolislik
Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar instituti tomonidan belgilangan xarakat meyorlari tug’risidagi 101 qoidaga ko’ra ijtimoiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi diplomli jamoatchi buxgalter kasb yo’nalishi bo’yicha xizmat ko’rsatar ekan AICPA kengashi tomonidan tayinlangan idoralar tomonidan chiqarilgan andozalarga ko’ra mustaqil bo’lishi lozim " (3.66b).
Mustaqillik auditorlik kasbining muxim xususiyatlaridan biri bulib, bu- faoliyatning falsafiy tarkibini tashkil qiluvchi xisoblanadi.
Auditorning mustaqilligi uni davlat idorasining shtatdagi xodimi bulmaganligi,nazorat-taftish idoralariga buysunmasligi va ularning kursatmalari va nazorati ostida ishlamasligida uz aksini topadi.
Bu tamoyilning axamiyati shundaki, auditor kanchalik malakali, tajribali bulmasin, agar u uz mustakilligini isbotlay olmasa, uning moliyaviy xisobot tugrisidagi fikri mijoz va uchinchi shaxslar uchun xech kanday axamiyatga ega bulmaydi. Shuning uchun audit andozalarida auditorning mustakilligiga xalakit beruvchi xolatlar tugrisida keng tuxtalib utilgan.
101 koidagi berilgan berilgan tushuntirishlarga ko’ra auditorning mustakilligi kuyidagi xolatlar yuz berganda buziladi. Agar auditor:
1.Tekshirilayotgan kompaniyadan tugridan-tugri yoki katta xajmda egri moliyaviy daromad olgan yoki uni olishga rozilik bildirgan bulsa;
2.Biror bir mulkning raxnamosi,buyruk beruvchi yoki sarflovchisi bulib, buning natijasida kompaniyadan istalgan tusdagi tugridan-tugri yoki katta xajmda egri moliyaviy daromad olishi mumkin bulsa;
3.Kompaniya, uning raxbariyati, direktorlari, va yirik korxonalari bilan birgalikda sarmoyaga ega bulsa, yoki kompaniyaga kuyilgan sarmoyalar tekshiruvi bilan uzviy boglik, xamda uning sof daromadi yoki daromadi unga karam bulsa;
4.Kompaniya, uning raxbariyati, direktorlari yoki yirik aksionerlaridan kredit olgan yoki ularga kredit bergan bulsa;
5.Kompaniya bilan tasischi, topshiruvchi yoki ishonchli shaxs sifatida boglangan bulib, ovoz berish xuquqini olgan va shu tarzda xakikatda kompaniyaning raxbarlaridan biri yoki uning xodimiga aylangan bulsa.
6.Kompaniyaning nafaka yoki xodimlarning foydada katnashish fondini taksimlovchisi bo’lgan bulsa (3.68b).
Angliya konunchiligi tegishli mutaxassislikka ega bo’lganda kompaniyaning xissadorlari,debitorlari,kreditorlari va xatto firma xizmatchisi yeki xodimining yakin karindoshlari (eri, xotini, ugli, kizi vxk) ga xam auditorlik tekshiruvini utkazishni man kilmagan. Ammo, sanoat va savdo Departamenti, Angliya va Uels diplomli buxgalterlar instituti, Shotlandiya diplomli buxgalterlar instituti, Irlandiya diplomli buxgalterlar instituti, Kirollikning diplomli buxgalterlar assotsiatsiyasi tamonidan ishlab chikilgan kasb etikasi koidalari esa yukorida keltirilgan shaxslarni auditorlik tekshiruvlarini utkazishni maksadga muvofik emas deb xisoblaydi.
Auditorning mustakilligi masalasi bu faoliyat yunalishi yuzaga kelgandan boshlab davlat idoralari, nazarietchi olimlar va amalietda faoliyat kursataetgan mutaxassislar urtasidagi tortishuvlarga sabab bulmokda.Jumladan professor Dj.Robertsonning fikricha :
1) agar kompaniya raxbariyati diplomli jamoatchi buxgalterga nisbatan uning auditorlik yoki boshka attestatsiya ishlaridagi kamchiliklariga ishora kilgan xolda sud jarayoni boshlagan yoki boshlayman deb pupisa kilayotgan bulsa xam ;
2)diplomli jamoatchi buxgalter kompaniya raxbariyatining firibgarlik yoki aldovda ayblab unga nisbatan sud jarayonini boshlagan yoki boshlayman deb pupisa kilayotgan bulsa xam auditorning mustakilligini buzilgan deb xisoblash lozim (3.69-70b).
Ingliz olimi professor R.Dodjning takidlashicha, mijoz-firma raxbariyati yoki uning xodimlari bilan kalin dustlik, karindoshlik alokalari va er-xotinlik munosabatlari bo’lganda; bitta mijozdan olinayotgan mexnat xaki auditorning umumiy daromadini 15 % dan ortigini tashkil kilganda xam auditorning mustakilligi buzilgan xisoblanadi (4. 53-54b).
Germaniyada bu daraja 25% kilib belgilangan.( 5.39b)
Shvesiya auditorlarining etik prinsiplari buyicha yukorida keltirilgan xolatlardan tashkari agar auditor mijozdan unga xurmat belgisi yoki oddiy buyum deb xisoblab bulmaydigan sovga olgan bulsa xam mustakillik prinsipini buzgan xisoblanadi va u tekshiruvdan voz kechishi lozim (1.68b).
Agar auditor mustakil bulmasa, u tomonidan bajarilgan barcha ishlar umumiy tarzda kabul kilingan andozalarga mos emas deb xisoblanadi va bu auditor shu tarzda tuzilgan xisobotlarga xulosa tuzishdan chetlashtiriladi. Bu xolat "Jamoatchi diplomli buxgalterni moliyaviy xisobotlar bilan alokasi"nomli audit andozasida anik ifodasini topgan (3.52b).
Auditorlik kasbining mustakilligi uni tekshiruv jarayonida tugrilik va xolislik bilan xarakat kila olish va moliyaviy xujjatlarga birovning tasirisiz fikr bildira olish kobiliyati bilan xam belgilanadi.
Tugrilik-auditorga nisbatan bo’lgan ishonchga tasir kursatuvchi muxim belgi bulib xisoblanadi.
Xolislik-auditorni mijozning, uchinchi shaxslar va uz xissiyotlarining tasiriga berilmagan xolda korxona faoliyati va uning moliyaviy xisobotiga nisbatan mustakil fikr bildira olish kobiliyatidir.
Tekshiruv jarayonida auditorning tugrilik, xolislik va demakki mustakillik darajasiga tasir utkazishga xarakat kilish xolatlari yuz berishi mumkin. Bu sharoitda auditor uzini uchinchi shaxslar va davlat oldida xam manaviy, xam moddiy javobgar ekanligini yoddan chikarmasligi va tekshiruvning oxirigacha mustakil, tugri va xolis bulishga xarakat kilmogi zarur. Agar buning iloji bulmasa tekshiruvni davom ettirishdan voz kechishi va uz xarakatini yozma ravishda izoxlab berishi kerak buladi.
2.Umumiy va texnik andozalar
AICPA Kengashining umumiy andozalarni xarakati tugrisidagi 201 koidasiga ko’raauditorlar faoliyat davomida kuyidagi talab larga javob berishlari lozim:
A.Uz kasbining ustasi bulish.
Auditorlar va ularning firmalari uzlari yaxshi biladigan va chukur tushunib yetgan yunalishlar buyichagina xizmat kursatishlari lozim. Axborotlar kulamining keskin ortib borayotganligi, yangi-yangi xujalik muammolarining yuzaga kelayotganligi, tashki siyosat va solik masalalaridagi uzgarishlar auditordan uz faoliyatini yuritishda chukur bilim va akl talab kiladi. U buxgalteriya xisobi va xisoboti buyicha yuz berayotgan uzgarishlarnigina emas balki davlatning ichki va tashki siyosati, mijozining faoliyat yunalishlari, uni bozorni egallash buyicha kilayotgan xarakatlari, mamlakatda konunchilik soxasida va auditorlik faoliyati bilan boglik boshka yunalishlarda yuz berayotgan uzgarishlar tugrisida boxabar bo’lishi, ularni chukur urganib borishi va amaliyotda kullay bilishi lozim.
Mutaxassislik fanlari buyicha yetarli darajada nazariy bilim va amaliy ish tajribasiga ega bulish xam auditor etikasi koidalarida muxim urin tutuvchi xolat xisoblanadi.Chunki 10 yillab, 15 yillab bosh xisobchilik kilaetgan shaxslarni tekshirish uchun auditorda manaviy jixatdan xam xuquqi bo’lishi lozim.Boshkacha kilib aytganda u tom manoda uzini MUTAXASSIS deb xisoblay olishi kerak.
B.Yetarli darajada etiborli bulish.
Kasbga oid xizmatlarni kursatayotganda auditor tekshirilayotgan vokea va xodisa, xar bir xujjatni sinchkovlik bilan urganib chikishi lozim. Bundan tashkari u shaxsiy kuzatuvlar olib bora yotganda, yoki javobgar shaxsdan tushuntirish xatlari olayotganda, yoki joylarda buxgalteriya xodimlarining ishlarini tekshirayotganda ularning xar biriga etibor bilan munosabatda bo’lishi va tekshiruv natijasida ularning orasiga sovuklik tushirib kuyish yoki bir -biriga ishonchsizlikni tugdirib kuyishdan extiyot bo’lishi lozim.
V.Rejalashtirish va nazorat.
Moliyaviy xisobot va korxona balansini sifatli va uz vaktida tekshiruvdan utkazish, vakt fondini va vazifalarni taksimlash xamda tekshiruv xarajatlarini aniklash uchun auditor uz ishini rejalashtirib olishi va uning bajarilishini nazorat kilib borishi lozim.
Tekshiruv jarayonini oldindan rejalashtirib olish birinchidan, ishni sistemali ravishda olib borilishini taminlasa, ikkinchidan unga ketadigan vakt sarfini optimallashtiradi.
G.Yetarli mikdorda tegishli malumotlarga ega bulish.
Auditor biror bir vokea yoki xodisa tugrisida fikr bildirishi yoki kursatma berishi uchun bu tugrida yetarli malumotga ega bo’lishi lozim.Uning korxona faoliyatidagi zaif buginlarga kilgan ishorasi xam, tekshiruv jaraenida aniklagan konundan chetga chikish xollari xam, xamda ularni bartaraf kilish yoki tasir kuchini kamaytirish bilan boglik aytilgan fikrlari xam,barcha-barchasi
mavjud xujjatlarga asoslangan bo’lishi shart.
Bundan tashkari audit andozalariga rioya kilish xolatini tartibga soluvchi 202 koidaga ko’ra(3.72b) auditor faoliyatining barcha (audit,nazorat va malumotlar yigish,boshkaruv,solik masalalari buyicha maslaxatlar berish va kasbiga oid boshka xizmatlar kursatishi) tomonlarini kamrab olgan auditning texnik andozalarini suzsiz bajarishi lozim.
Auditning texnik andozalarini yaxshi bilish va unga faoliyat jarayonida katiy rioya kilish birinchidan, tekshiruvni sifatli amalga oshirilishini taminlasa, ikkinchidan, auditorni ish jarayonida va undan keyin yuzaga keladigan kelishmovchiliklardan ximoya kiladi. Auditning texnik andozalariga kullanmaning 2.4 bandida batafsilrok tuxtalib utamiz.
3.Mijoz oldidagi majburiyatlar
Audit-tadbirkorlik faoliyatidir. Auditor mijoz bilan tuzgan shartnomasi asosida faoliyat yuritadi. Shunday ekan u imkoni boricha mijozining konuniy manfaatlarini ximoya kilish, unga sifatli xizmat kursatishga xarakat kilishi lozim. U xar kanday xolatda xam salbiy malumotlarni yiguvchi, fosh kiluvchi va ayblovchiga aylanib kolmasligi kerak (5.35b).Tekshiruv natijasida aniklangan zaif buginlar, xatoliklar va kamchiliklarni auditor mijoziga imkoni boricha uning nafsoniyatiga tegmaydigan shaklda, yani tilaklar, maslaxatlar, kursatmalar va xokazolar xolida yetkazishga xarakat kilmogi lozim. Aniklangan kamchiliklar va xatolarni tugrilash yoki ularning salbiy tasirini kamaytirishning imkoni bulsa auditor bu borada mijoziga yordam berishi kerak. Ammo, auditor xar kanday xolatda xam mijozining nokonuniy xarakatlarini yoklamasligi, uni berkitishga xarakat kilmasligi, moliyaviy xisobot malumotlarini soxtalashtirishga yul kuymasligi lozim.
Korxonani keskin rakobat kurashi mavjud bo’lgan bozor munosabatlariga utishi ishlab chikarish va tijorat faoliyati bilan boglik sirlarni saklashni taminlash tadbirlarini ishlab chikishni talab kiladi. Mamlakatdagi konunchilik esa uning bu xuquqini ximoya kilish tizimini ishlab chikadi. Shunga ko’ramijoz bilan auditor urtasida tuzilgan shartnomada xam korxona faoliyati bilan boglik sirni saklash va korxona raxbariyati yoki javobgarlikka tortish Xuquqiga ega bo’lgan idoralarning ruxsatisiz uni oshkora kilmaslik shartlari kuzda tutiladi. Xarakatdagi qonunarga ko’raushbu shartlarga rioya kilmaslik manaviy, moddiy va jinoiy javobgarlikni kuzda tutadi.
Lekin bu, auditor xamma sharoitda xam yakkol kuzbuyamachilik, nokonuniy xarakat va katta xajmda davlat yoki jamiyat mulkini talon-taroj kilish xolatlariga kuz yumishi kerak, degan gap emas. Auditor konunchilikka ko’rajinoiy javobgarlik kuzda tutilgan konunbuzarliklarni aniklagan vaktida mijozga bu tugrisida sud-tergov idoralarini tegishli tartibda xabardor kilishni maslaxat berishi lozim. Agar mijoz bundan bosh tortsa, auditor tekshiruvni davom ettirish va moliyaviy xisobot tugrisida xulosani tayyorlashdan voz kechishi va uz xarakatini yozma ravishda asoslab berishi kerak buladi.
Auditor mijoz bilan bo’lgan munosabatini va tekshiruv jarayonida tuplangan malumotlarni uz manfaati yulida foydalanishi mumkin emas.
Nemis auditorlarining kasb etikasi meyorlarida tijorat sirini saklash koidalari katta urinni egallaydi. Jumladan, auditor, kasam icha turib, uz mijozlarining sirini saklabgina kolmasdan, uziga karashli yordamchilari va boshka xodimlaridan ularga ishonilgan sirni xar kanday sharoitda oshkora kilmasliklari tugrisida yozma tilxat olishi kerak. Germaniya qonunariga ko’ra"tijorat siri tugrisidagi konun"ni buzganligi uchun auditor bir yilgacha kamok jazosiga xukm kilinishi yoki katta mikdordagi jarima bilan jazolanishi mumkin( 5.39-40b).
Bundan tashkari xarakatdagi konunchilikka ko’ratekshirish tu-gallanib, xulosa chikarilgunga kadar auditor uzrsiz sabablarsiz uz faoliyatini tuxtatib kuymasligi lozim.
Auditor tekshiruv natijalariga ko’ramijozga moliyaviy xisobot va buxgalteriya balansining tugriligi tugrisida xulosa tayyorlab beradi. Agar auditorlik xulosasidagi mavjud noanik malumotlar asosida mijoz, uchinchi shaxslar va davlatga ziyon yetsa ukonun oldida manaviy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.
4.Xamkasblarga nisbatan majburiyatlar.
Auditor uz xamkasblari bilan dustona alokalarni urnatishga xarakat kilishi lozim.
Auditorlar doimo uz amaliy tajribalarini oshirishga xarakatkiladilar, lekin mijoz uchun rakobat kurashi xamkasblarining insoniylik kadri va kasb obrusini tushirmaydigan yullar bilan olib borilishi kerak.
Auditor ustoz sifatida bilimi, tajribasi pastrok xamkasblariga yordam berishi,katta xajmdagi buyurtmalarni bajarishda yordamga chakirishi,yoki buyurtmani sifatli bajarishga kuzi yetmasa uni boshka tajribalirok auditorga topshirishi lozim.
Agar auditor korxonaga yangi tayinlangan bulsa, u mavjud xolat tugrisida malumot olish uchun mijozining avvalgi auditoriga murojaat kilishi mumkin.Avvalgi auditor shu xolatda uz xamkasbiga firmadagi xolatni obektiv yoritib berishi, lozim topsa raxbariyat bilan ishlash buyicha maslaxatlar bilan yerdam bersa maksadga muvofik buladi.
Auditor nourin xarakat yoki xato kilgan xamkasbiga nisbatan tankidiy fikr aytishdan avval mana shu xolat yuz bergan barcha sharoitlarni yaxshilab urganib chikishi lozim. Shundan keyin xam agar tankidni aytish zaruriyati tugilsa, uni xamkasbining nafsoniyatiga tegmaydigan shaklda va uzgalarning ishtirokisiz aytishi lozim. Agar tankid jiddiy bulib auditorning firma raxbariyatiga yozma ravishda berilishini kuzda tutadigan bulsa,uni topshirishdan avval auditor xamkasbini xatning mazmuni bilan tanishtirishi maksadga muvofik buladi.
5. Boshka majburiyatlar va koidalar.
Auditor uzining maxorati, sidkidil mexnati, yangilikka intilishi, uz bilimini doimo oshirib borishi va ibratli shaxsiy xayoti bilan uz kasbining obrusini oshirishga xarakat kilmogi lozim.
Auditorlar uzlarining irki, dini va jinsidan katiy nazar barcha uchun bir xilda imkoniyatlar yaratilishi va ijtimoiy ximoya koidalari kullanishiga erishmoglari lozim.
Auditor uz kasbiga mos kelmaydigan,uning obrusini tushirishga olib keluvchi faoliyat bilan shugullanmasligi lozim. Ammo u auditorlik faoliyatining xarakatdagi andozalariga ko’rauzining bilimi, tajribasi doirasida buxgalteriya xisobi, soliklar, boshkaruvni tashkil kilish va shunga yakin soxalarda maslaxat berish bilan shugullanishi va ukuv yurtlarida buxgalteriya xisobi va u bilan boglik,boshka fanlardan dars berishi mumkin.
Audit andozalarining tavsifi tugrisidagi 502 koidaga ko’ra"ijtimoiy amaliyot bilan shugullanayotgan diplomli jamoatchi buxgalter kishilarni fikrini chalgituvchi reklama yoki xizmatning boshka turlari vositasida mijozlarni jalb kilmasligi kerak. Bundan tashkari majburlash, firibgarlik yuli bilan xizmatlarni tikishtirish yoki uz xizmatini uta tirishkoklik bilan taklif kilish xam man kilinadi" (3.77-78b).
Auditorlik firmasining uz faoliyati va xizmat turlari tugrisidagi reklamasi axborot tarzida bo’lishi va obektiv xolatni aks ettirishi lozim.
Audit azolarining tavsifi tugrisidagi 503 koidaga ko’raauditorni biror bir kimsaga mijoz topib bergani uchun xak tulashi xam man kilinadi(3.78b).Chunki mijoz uchun kurashish auditorning mustakilligiga va obektivligiga salbiy tasir kursatishi mumkin.
Xarakatdagi koidalarga ko’raauditor tekshiruv utkazayotgan firmani aksiyalari va obligatsiyalariga ega bulmasligi yoki uning egalaridan biri bulmasligi kerak.
Auditorning mexnat xaki uning bilimi, tajribasi, ishning masuliyati va xajmidan kelib chikib belgilanadi. Lekin auditor uzining ish xakki xajmini oshkora kilmasligi lozim. Bundan tashkari u agar auditorlik firmasi nomidan faoliyat kursatayotgan bulsa mijoz bilan mexnatga xak tulash shartlarini muxokama kilishi yoki u bilan pulli xisob-kitob ishlarini amalga oshirishi mumkin emas.Chunki professor Ya.V.Sokolovning yozishicha mijoz bilan xisob -kitob ishlarini fakatgina firma mamuriyati amalga oshiradi va mijozdan kancha pul olayotganini fakat mamuriyat va mijoz bilishi kerak xolos va bu tugrida auditorlarga axborot berilmasligi xam mumkin. Auditorlar firmani kancha pul topayotgani va shundan kanchasi ularga berilayotganligini xisoblab utirmasliklari va muxokama kilmasliklari lozim ( 6. 13b ).
Faoliyat davomida auditor uz xizmat burchini bildirish bilan boglik bulmagan sovgalar kabul kilmasligi kerak. Mabodo auditorga mijoz xurmat ramzi sifatida sovga topshirsa, auditor uni kabul kilishi, takdim kiluvchiga minnatdorchiligini bildirib, sovgani auditorlik firmasining mamuriyatiga topshirishi lozim.
Bulardan tashkari professor Ya.V.Sokolovning fikricha auditor faoliyat davomida yana kuyidagi xolatlarga xam etibor berishi lozim:
1) tekshiruv tugamasdan turib uzi ishlayotgan firma bilan mexnat shartnomasini buzmasligi;
2) auditorlik firmasi talabiga ko’rautkazilayotgan ukishdan bosh tortmasligi;
3) mijozlarga kasb doirasidan chikuvchi xizmatlar kursatmasligi;
4) mijozning nokonuniy xarakatlarini kuvvatlamasligi lozim (6.13b).
Professor S.A.Stukovning yozishicha amerikaning elektr vagaz sanoati kompaniyalarida yukorida keltirilgan umumiy koidalardan tashkari bu tarmoklar uchun xususiyatli bo’lgan koidalar korxona ishchi xizmatchilari kabi auditorlarga xam tegishlidir. Jumladan, ushbu tarmok korxonalarida tekshiruv olib borayotgan auditorlar uz ish joylarida ut ochar kurollar, portlovchi va zaxarli moddalarni saklamasliklari va axlokiy buzuklik kilmasliklari lozim ( 5. 42b)
Bozor munosabatlarini Rossiya va sobik ittifok tarkalgandan keyin yuzaga kelgan boshka davlatlarga chukurrok kirib borishi bu mamlakatlarda xam auditorlar faoliyatini tartibga soluvchi koidalar ishlab chikish zaruriyatini tugdirdi.
Buxgalteriya xisobi, moliyaviy nazorat va xujalik faoliyati taxlili bilan shugullanuvchi olimlar bu boradagi uz fikrlarini matbuotda elon kilinayotgan makolalar, risolalar, ukuv kullanmalari va ilmiy nashrlarda bayon kilib turibdilar.
Rossiya Moliya Vazirligi xuzuridagi nazorat taftish boshkarmasining boshligi professor Yu.A.Danilevskiyning fikricha jaxonaudit andozalaridan kelib chikkan xolda Rossiya Federativ Res-publikasida kuyidagi etik normalardan foydalanish mumkin:
1) auditorlar "Auditorlar faoliyati tugrisidagi Konun" talablariga katiy rioya kilishlari kerak. Ular erkin kasblar uchun xususiyatli bo’lgan mustakillik tamoyiliga tugri kelmaydigan xar kanday xarakatlardan uzlarini saklashlari lozim;
2) auditorlar ishni uz nomidan bajaradilar; agar uz faoliyatlarini bir necha kishi birgalikda olib borgudek bulsa, ularning birlashmasi auditorlik firmasi deb atalishi lozim. Xar kanday turdagi reklama man qilinadi Uz vazifasini bajarish chogida, auditorlar reklama deb kurilishi mumkin bo’lgan boshka bilimlardan foydalanmasliklari yoki boshka kasblar buyicha ilmi borligi, va boshka mutaxassislikka ishora kilmasliklari lozim.
3) auditorlar kompaniyani bevosita yeki bilvosita boshkarishda katnashishdan bosh tortishlari lozim, bu xatto oilaviy kompaniya bulsa xam; u savdo-sotik faoliyati bilan bevosita yoki vositachi orkali shugullanmasligi yoki auditorlik faoliyati soxasiga kirmaydigan boshka ishlarni bajarmasligi lozim.
4) auditorlar uz faoliyatlari bilan tugri yoki bilvosita boglik bulmagan vositachilik yoki dallollik xizmatlari uchun belgilangan takdirlovni olishga va boshka kimsaga utkazib berishga xakki yuk.
5) auditorlarni kasb faoliyatidan olayotgan daromadlari oz sondagi mijozlardan tushayotgan yoki ular bajarayotgan vazifa yoki topshiriklar bitta gurux yoki bitta bulimdan chikayotgan bulmasligi lozim; auditor uz zimmasiga faoliyatini sofdillik bilan bajarishga tuskinlik kiluvchi majburiyatlar olmasligi kerak;
6) auditor uzi yoki uning biror bir xamkori, malakali xizmatchisi yoki ish urganuvchisi,yoki bulmasa firmasining biror bir xodimi tomonidan tekshirilib chikmagan xisobotlarning tugriligi tugrisidagi xulosaga imzo chekmasligi kerak ( 7.94-95b).
Yu.A. Danilevskiyning tajribali amaliyotchi va olim sifatida Rossiya auditorlari uchun taklif kilinayotgan xarakat koidalari auditorlik amaliyotining katta kismini kamrab olgan va Rossiya auditorlari uchun kasb etikasi meyorlarini tayyorlashda katta axamiyatga ega. Ammo bizning fikrimizcha u ayrim kamchiliklardan xam xoli emas.Yu.A. Danilevskiy auditorlar uchun xar kanday reklamani man kilmokda. Bizningcha bu tugri emas. Albatta reklama jaxon audit andozalarida takidlanganidek mijozning fikrini chalgitish, uni aldov yuli bilan jalb kilishga xizmat kilmasligi kerak. Lekin firma tugrisidagi axborot, tanishtiruv, xizmatni xolisona taklif kilish mazmuniga ega bo’lgan reklama xar kanday kasb kabi auditorlar uchun xam juda zarurdir. Bundan tashkari bu koidalarda auditorni mijoz, uchinchi shaxslar va davlat oldidagi masuliyati, uning uz xamkasblariga munosabati, korxona sirini saklash masalalari, auditorlik kasbining obrusini oshirish borasidagi auditorning xarakatlari aks etmagan.
Professor V.P.Suys auditor etikasi masalasiga uz munosabatini bildirib, ular uchun muxim bo’lgan 4 ta koidani ajratib kursatadi. Bular:
1. yaxlitlik, masuliyat, mustakillik;
2. sir saklash;
3. maxorat va chukur bilimga ega bulish;
4. mustakillik ( 8. 26b)
Bizning fikrimizcha professor V.P.Suysning taklifida xam kamchilik mavjud. Birinchidan, u audit amaliyotiniing xamma tomonini kamrab olmagan.Ikkinchidan, ajratib kursatilgan koidalarga tulik va anik tarif berilmagan va uchinchidan, unda kaytarish mavjud. Yani birinchi va turtinchi koidada mustakillik tamoyili ajratib kursatilgan. Birinchi xolatda u audit natijalariga fikr bildirishda mustakillikni kuzda tutadi, ikkinchi xolatda esa uz faoliyatini yuritishda mustakil bulishni takozo kiladi. Lekin bizningcha bu xolatlarni ajratib kursatish shart emas, ularni bitta "mustakillik" deb atalgan koidaga birlashtirish kifoya kiladi.
Bizning fikrimizcha, auditorlar uchun xarakat koidalari ishlab chikish jarayonida, xar bir xarakatga tulik malumot berish, ni buzilishiga olib keluvchi sabablarni kursatish va bu xolatda auditorning xarakatini anik kursatib berish zarur. Auditor, ayniksa faoliyatini yangi boshlayotgan shaxs unga nima mumkinu, nimamani kilinganligini, malum xujalik xolatlariga tushganda kanday xarakat kilsa maksadga muvofik bo’lishini oldindan yaxshi bilishi lozim. Chunki auditorlik faoliyati uta masuliyatli, katta tavakkalchilikka asoslangan va malum darajada xavfli biznes turidir.
Bu borada professor S.A.Stukovning fikrlari anchagina tulik deb xisoblaymiz. U uzining "Auditga kirish" nomli kitobidaauditorlik faoliyatining asosiy tamoyillari sifatida kuyidagi koidalarni ajratib kursatadi:
buxgalter-auditorlarni fikrlash va xulosa berish jarayonidagi mustakilligi;
chukur bilim va yuksak maxorat;
mijozga nisbatan yaxshi munosabatda va betaraf bulish;
xulosalarning obektivligi va tugriligi;
mijoz bilan munosabatlar va uning moliyaviy xolatiga tegishli tijorat sirini saklash;
auditorlik tekshiruvi natijalari asosida berilgan kursatmalar va xulosalar uchun buxgalter-auditorning masuliyati;
auditorlik kasbining obrusini oshirishga xar taraflama xarakat kilish ( 5. 34-35b)
Umuman olganda xisob xodimlarining etikasi masalasi rus olimlari orasida ancha uzok vaktdan buyon muxokama kilib kelinadi. 1836-1916 yillarda yashab utgan buyuk rus olimi F.V.Yezerskiy birinchilar katorida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan shaxs obektiv va mustakil bo’lishi lozim deb yozib ketgan edi. Rus olimlarining keyingi yillardagi muxokamalari asosida 1996 yilning 4 dekabri kuni Rossiya Auditorlar Palatasi tamonidan "Auditorlarning kasb etikasi Kodeksi" kabul kilindi ( 9.11-15b).
Kodeks auditorlardan kuyidagi koidalarga rioya kilishni talab kiladi:
1.Auditorlar uz xarakatlari va karorlarida umuminsoniy axlok va odob koidalariga rioya kilishi,vijdonan yashashi va ishlashi lozim.
2.Tashki auditor nafakat uz mijozi,balki buxgalteriya xisoboti malumotlarining barcha foydalanuvchilari manfaatlarini ximoya kilish doirasida xarakat kilishi lozim.
3.Auditor uz ishida obektiv va etiborli bo’lishi lozim.
4.Auditor mustakil bo’lishi lozim.
5.Auditor yukori malakali mutaxassis bo’lishi lozim.
6.Auditor mijozining malumotlarini sir saklanishi taminlashi lozim.
7.Auditorlar solik konunchiligiga katiy rioya kilishlari va uz daromadlarini solikdan yashirmasliklari lozim.
8.Solik konunchiligining buzilishi aniklangan xollarda tekshiruv utkazilaetgan korxona raxbariyatiga bu xakda va uning
okibatlari tugrisida yezma axborot berishi lozim.
9.Auditorning xizmat xaki ish xajmi va kursatilaetgan xiz-
matning sifati bilan belgilanishi lozim.
10.Auditor uz xamkasblariga dustona munosbatda bo’lishi va
ularning faoliyatini asoslanmagan tarzda tankid kilishdan uzini
tiyishi lozim.
11.Xodimlar va auditorlik firmasi raxbariyati urtasida munosabatlar kasb majburiyatlarini bajarishdagi uzaro masuliyat, sodiklik, katiylik, auditorlik xizmatlari kursatishni doimo takomillashtirib borish, uning mazmunini boyitish borasida kaygurish tarzida tashkil kilinishi lozim.
12.Auditorlik xizmatlari reklamasi axborot tarzida tashkil kilinishi, tugri va xakkoniy bo’lishi, yaxshi tab bilan tuzilgan bu-lishi, xamda unda potensial mijozlarning aldanib yoki ikkilanib kolishi va boshka auditorlarga nisbatan ishonchsizlik tugilishiga sabab buluvchi malumotlar bulmasligi lozim.
13.Auditor uzining obektivligi va mustakilligiga salbiy tasir kursatishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari bilan shugullanmasligi lozim.
14.Auditorlar natijalari keyinchalik kupchilikka elon kilinishi kuzda tutilayogan kiesiy tadkikod va reytinglar utkazishdan va uzlari tiyishlari lozim va boshkalar.
Rossiya auditorlarining kasb etikasi Kodeksini yaratishda faol katnashgan "Soyuzaudit" xissadorlik jamiyatining prezidenti, professor V.F.Paliyning fikricha, ushbu meyoriy xujjatda katta axamiyat berilgan auditorning mustakilligi tamoyili,
a) agar u mijozining topshirigi asosida maslaxat berish, xisobotlarni tuzish va buxgalteriya xisobini yuritish buyicha xizmatlar kursatayotgan bulsa;
b) agar u ishlaetgan auditorlik firmasi sobik vazirlik, kumita, boshkarma koshida tashkil kilingan va u avvallari ushbu vazirlik, kumita va boshkarmaga buysungan tashkilotlarga xizmat kursatayotgan bulsa xam buzilgan xisoblanadi.
Uning fikricha,agar auditor tekshiruvni 3-5 kun ichida utkazib, yani mijozining faoliyati tugrisida yetarli mikdorda malumot yigmay turib xulosa bergan takdirda xam kasb etikasi koidalari buzilgan xisoblanadi (10.16-20b).
Bu koidalarning kupchiligini audit amaliyotining jaxon andozalarini xisobga olgan xolda Uzbekiston Respublikasi auditorlari uchun xam xarakat koidalari sifatida kabul kilish mumkin. Bizning fikrimizcha, Uzbekistonda auditorning xarakat koidalari va andozalari kursatilgan maxsus auditorlik kodeksi ishlab chikish jarayonini tezlatish zarur. Uzbekiston auditorlarining kasb etikasi koidalari bizningcha ikki kismdan iborat bo’lishi lozim. Birinchi kismda auditorning xarakat koidalari umumiy xolda berilib uning mazmuni tushuntirilsa, ikkinchi kismda esa xar bir koidani tarmok xususiyatlaridan kelib chikadigan xarakat doirasi va bu koidani amalga oshirishda tayanish lozim bo’lgan konun va konuniy xujjatlar, ularga rioya kilishda duch kelishi mumkin bo’lgan tusiklar va bu xolatlarda auditorning xarakatlari uchun tavsiyalar keltirilsa maksadga muvofik buladi deb xisoblaymiz. Uzbekiston respublikasi auditorlarining kasb etikasi koidalari buyicha muloxazalarimiz kullanmaning 5.4 bobida kengrok tarzda yoritiladi.
Audit amaliyotidagi muxim xolatlardan biri auditorlik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishdir.
Xar kanday biznesda bo’lgani kabi auditorlik faoliyatida xam obektiv va subektiv omillar tasiri ostida konunbuzarliklar, nomakbul xarakatlar, xatoliklar, firibgarlik va tashkiliy jinoyatchilikda katnashish va shu kabi yana bir kator nokonuniy xarakatlar yuz berishi mumkin. Mana shu xatolarning oldini olish, kamaytirish va xujalik yurituvchi subektlarga ularning tasirini susaytirish maksadida auditorlik faoliyati ustidan davlat nazorati olib boriladi.
Misol uchun AKShda auditorlarni kasb koidalariga rioya kilishini Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar instituti, Amerika Kushma Shtatlari bosh budjet nazorat boshkarmasi va kompyuter auditi buyicha mutaxassis-auditorlarning assotsiatsiyasi nazorat kilib boradi. Shvesiyada bu vazifa mustakil auditorlar assotsiatsiyasi kengashiga yuklatilgan. Angliyada auditorlar xarakati koidalarini ishlab chikish va ularning bajarilishi ustidan nazorat kilishni Angliya va Uels oliy martabali buxgalterlar instituti uz zimmasiga olgan.
Fransiyada nomakbul xarakatlar kilgan auditorlar bilan 1969 yili tashkil topgan Milliy intizom palatasi yoki shu palataning joylardagi idoralari shugullanadi. Ular auditor tomonidan amalga oshirilgan nokonuniy xarakatning mazmuni va yetkazishi mumkin bo’lgan salbiy tasiridan kelib chikkan xolda uni oddiy xayfsan, shaxsiy varakasiga yozish sharti bilan xayfsan, vaktinchalik kasb bilan shugullanishdan chetlatish va nixoyat auditorlar ruyxatidan chikarish tugrisida karor bilan jazolashi mumkin. Auditorning xarakatlari intizom doirasidan chikib jinoiy javobgarlik tasiriga utgan bulsa, bu xolat Fransiya qonunariga ko’rabaxolanadi (5.40-41b).
Auditorlik kasbi etikasi koidalarini buzish Germaniyada auditorlar palatasi tamonidan kurib chikiladi. Palata auditorning notugri xarakatlarini tasdiklovchi barcha xujjatlarni dikkat bilan urganib chikkach, agar u jinoiy javobgarlik doirasiga kirmaydigan bulsa, auditorga kuyidagi uch jazoning birini kullaydi: ogoxlantirish; 20000 marka mikdorida jarima va nixoyat auditorlar safidan chikarish (5.str.40b).
Rossiya, Estoniya, Belorussiya respublikalarida xozirda xarakat kilayotgan konun va konun kuchidagi boshka xujjatlarga ko’raauditorning nomakbul ishlari yetkazgan zararni undirish va uni litsenziyadan maxrum kilish bilan jazolanadi.
Rossiyada bu xolatni Rossiya auditorlar palatasi, Moskva shaxri auditorlar palatasi va ulka,viloyat auditorlar palatlari nazorat kilib boradi.
Estoniyada kasb etikasi koidalariga rioya kilishni nazorat kilish ishi Respublika Moliya vazirligi xuzurida faoliyat kursatayotgan "Auditorlik faoliyati buyicha kengash" tamonidan amalga oshiriladi.
Belorussiya va Uzbekistonda bu vazifani amalga oshirish respublika Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Auditorlar palatasiga yuklatilgan.
Xulosa
3-bosqich. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha konsultatsion xizmatlar (maslahatlar) va tavsiyalar.
Pudrat shartnomasi asosida chetdan mutaxassislar jalb etilishi. Pudrat shartnomasi auditorlik firmasining direk-siyasi bilan taklif qilinayotgan mutaxassis (yoki u ishlaydigan korxona) o‘rtasida tuziladi. Pudrat shartnomasining namunaviy shakli.
4. Buxgalterlik tizimini bayon qilish. Auditor korxona schotlarini tekshirishni boshlashdan oldin korxonada buxgalterlik xisobini qanday tashkil etilganligini va yuritilayotganligini tushunishi lozim.
Buxgalterlik hisobi tizimini bayon qilish quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi mumkin: auditor axborot olishni rejalashtirishi asosiy xodimlar familiyalari ko‘rsatilgan korxona buxgalteriyasining tashkiliy tarhi; tashkiliy tarzda ko‘rsatilgan xodimlardan har birining mas’uliyatlari bayoni; xisob siklining muhim uchastkalari bo‘yicha hujjatlar aylanish farqi; hisob sikllari yo‘nalishida namunaviy muomalalar bo‘yicha provodkalar bayoni; bir martalik muomalalar va xato bo‘lish extimoli yuqori bo‘lgan muomalalar. «O‘zining» firmalari, mavozalar, komissiya va konsignatsiya shartnomalari, qo‘shma faoliyat shartnomalari, lizing bo‘yicha korespondensiyalar bayoni; hisob yuritish siyosatidagi yoki ayrim schotlarni yuritish qoidalarida normativdan chetga chiqishlar; isobot varaqalarini tekshirishning nazorat varaqasi.
5. Nazorat tizimini ko‘rib chiqishda, auditor avvalo korxona ma’muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya’ni korxona rahbarining fikrlash xususiyatlarini, ularning rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy hisobotga munosabatini o‘rganadi. Auditor korxona at-rofidagi ishchanlik muhitini, inkor qilmasligi lozim. O‘rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan xavf-xatarlarni baxolashda to‘plagan ma’lumotlardan foydalaniladi. Lekin, u agar barcha auditning xavf-xatarini qulay deb baxolagan bo‘lsa, shuningdek korxonaning ichki nazorat tizimi ham ishonchli deb bilmasligi lozim. Rejalashtirish paytida nazorat tizimini va faoliyatning barcha tomonlarini batafsil tahlil qilib chiqishi lozim. Auditor olingan ma’lumotlarni sistemalashtirish uchun qisqacha hisobot tayyorlab, unda quyidagilarni bayon qiladi: korxonaning faoliyat qilish sohasi va prinsiplari; rahbariyat ishonchli hisob va nazorat tizimini yaratishga oid majburiyatlari; rahbariyatning korxona faoliyatini nazorat qila olish layoqati.
|