|
BOB.AUDITORLIK TEKSHIRISHINI TASHKIL ETISH VA REJALASHTIRISH
|
bet | 3/6 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 227 Kb. | | #262327 |
Bog'liq Audit21.BOB.AUDITORLIK TEKSHIRISHINI TASHKIL ETISH VA REJALASHTIRISH
1.1.Auditorlik faoliyatini rejalashtirishning maksadi, vazifalari va bosqichlari
Auditorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadlari: Buxgalteriya hisobining holatini ekspert yo‘li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot malumotlarining haqqoniyligini tekshirish, valyuta muomalalarini taftish qilish, aksiyalar va boshqa qimmatli qoђozlar emissiyasi prokspektining malumotlarini tasdiqlash, korxonaning moliyaviy huquq sohasidagi yangi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha maslahat konsultatsiya o‘tkazish va h.k.
Auditorlik firmalarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichi: birinchi bosqichda tekshirilayotgan korxonani o‘rganish, bayon qilish va o‘tkaziladigan tekshiruvning asosiy parametrlarini aniqlash, ikkinchi bosqichda tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
Birinchi bosqichida auditor quyidagilarni tayyorlashi lozim: tekshirilayotgan korxona faoliyatining bayoni; tekshiriladigan korxona buxgalterlik tizimining bayoni; tekshirilayotgan korxonadagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining /ABT/ bayoni; tekshirilayotgan korxona moliyaviy hisobotining qisqacha tahlili.
Mijoz korxonaning doimiy malumotlar to‘plami.
Doimiy to‘plamda quyidagilar saqlanishi lozim:
Tasis hujjatlarining nusxasi yoki bayoni;
Korxonaning ro‘yxatdan o‘tkazish haqida ma’lumotlar;
Korxonaning maslahatchilari haqida malumotlar;
Korxonaning bankdagi schotlari haqida ma’lumotlar;
Tekshiriladigan korxona tomonidan tuzilgan asosiy shartnomalarning mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan, sug’urta kompaniyalari bilan, xaridorlar va buyurtmachilar, mehnat shartnomalari va b.
Auditordan grajdanlik huquqini talab qilish shartiga Rossiya federatsiyasida ancha erkin munosabat bildirilgan.Ya’ni Rossiya federatsiyasining "Auditorlik faoliyati tugrisidagi konun loyixasiga" ko’ra auditorlik faoliyati bilan ruxsat berish Xuquqiga ega bo’lgan idoralardan shu faoliyat turi bilan shugullanishi uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan fuqorolar, auditorlik firmalari va shu jumladan xorijiy va xorijiy xuquqiy yoki jismoniy shaxs ishtirokida tuzilgan auditorlik firmalari shug’ullanishi mumkin.
Bizning fikrimizcha Uzbekiston respublikasida bu masalaga anchagina extiyotkorlik bilan yondashish lozim.Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish ketayotgan va bunga mamlakatning kelajagi boglik bulib turgan bir davrda xalkaro mikyosida obruga ega bo’lgan bulsa xam uzbek xalkining turmush tarzini, an’analari,urf-odati, kadriyatlarini yaxshi bilmaydigan va uning kelajagi uchun befark bo’lgan xorijiy auditorlik firmalarining xizmatidan foydalanishga uta berilib ketmaslik lozim. Xozirda kuchmas mulk auksionlarini utkazishda respublikada "Prays Uoterxauz" firmasi xizmatidan keng foydalanilmoqda.Shuni xisobga olish kerakki audit tajribasida shu faoliyat bilan shug’ullanuvchi firmalar tomonidan foydali va doimiy buyurtmalar olish uchun davlatning rasmiy shaxslari, siyosiy arboblar va yukori mansabdagi boshka shaxslarini sotib olish xollari, joy yoki millat xususiyatlarini xisobga olmay sifatsiz auditorlik tekshiruvlari utkazish xollari tez-tez uchrab turadi.Bu firmani Buyuk Britaniya va AQSh kompaniyalari tuzganligini eslasak masalaning siyosiy tomoni xam kelib chikadi. Shuni unutmaslik kerakki obruli auditorlik firmalari xam ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida uchinchi bir tomonning manfaatini kuzlab ish kilishi xam mumkin.Fikrimizning dalili sifatida bir kator ma’lumotlarni keltiramiz. AKShlarida chikadigan "Iqtisodchi" (Economist ) jurnalining baxolariga ko’raAKSh ning uzida keyingi 10 yil ichida auditorlik firmalariga nisbatan umumiy summasi 30 mlrd dollar bo’lgan 4000dan ortik ish kuzgatilgan. Bularning ichida dong’i ketgan xalqaro auditorlik firmasi bo’lmish " Ernest end Yang " firmasi xam bor. Bu firma Amerika Kushma Shtatlari xukumatiga "Linkoln Seyvinz end Loan" kompaniyasining tekshiruvi bilan boglik kuzgatilgan ish buyicha 400 mln dollar jarima tuladi. Buyuk Britaniyada esa " kuchli oltilikka " kiruvchi auditorlik kompaniyalaridan biri bo’lgan "Klinseld,Pit,Mervik va Gerler (KPMG) firmasi "Ferranti" kompaniyasi tomonidan unga nisbatan kuzgatilgan da’vo buyicha 71 mln Amerika dollari xisobida jarima tulashga majbur buldi.
Demak auditorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxslar doirasini belgilash davlat axamiyatidagi masalaga aylandi. Chunki u davlatimiz va xalkimiz manfaatlari bilan chambarchas boglik.Shuning uchun miliiy auditorlar katlamini tayerlash,ularni vaqti-vaqti bilan mamlakatimiz ichida va chet davlatlarda malakasini oshirish masalasiga davlat axamiyatidagi muammo deb karash lozim deb xisoblaymiz.
|
| |