1 – Nomlangan ko‘rinishlar (
Named Views
);
2 ÷ 7 - 6ta standart ustdan, tagdan, chapdan, o‘ngdan, olddan va orqadan asosiy ortogonal
ko‘rinishlar;
8 ÷ 11 - 4ta standart izometrik ko‘rinishlar;
12 – Kamera (
Camera
) – ko‘rish yo‘nalishini kamera va ko‘rish nuqtalari yordamida belgilaydi.
Ko‘rinishni o‘zgartirishning yana bir imkon
3DORBIT
buyrug`i yordamida amalga oshiriladi. Bu
buyruq chaqirilganda, ekranda orbitali aylana paydo bo‘ladi. Kursorni uning kvadratlari bilan bog`lab,
sichqonchani chap tugmasi yordamida surilsa, ko‘rish yo‘nalishini o‘zgartirib, ob`ektni ko‘rinmas
tomonlarini ham kuzatish mumkin.
Ma`lumki har qanday murakkab detal va jismlar bir nechta o‘zaro birikkan oddiy jismlardan iborat bo‘ladi.
Bunday jismlarga ob`ektning primitivlari deb ataladi.
Murakkab uch o‘lchamli ob`ektalar oddiy «g`ishtlar»dan yasaladi. Bu oddiy «g`ishtlar» qattiq jismli
primitivlar deyiladi. Chizmachilikda ko‘p uchraydigan qattiq jismli primitivlarning asosiylariga kub,
tsilindr, shar, konus, torlar kiradi. Ularga