• PR 2.5 proporsional rostlagich.
  • Integral rostlagichlar.
  • Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar.
  • Proporsional rostlagichlar




    Download 412.1 Kb.
    bet2/3
    Sana29.05.2023
    Hajmi412.1 Kb.
    #66825
    1   2   3
    Bog'liq
    Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari

    Proporsional rostlagichlar.
  • Proporsional rostlagichlar deganda rostlovchi organning rostlanuvchi parametri va topshirilgan miqdor orasidagi farqqa nisbatan proporsional siljishi tushuniladi. Rostlanuvchi parametrning vaqt bo’yicha o’zgarishi va rostlovchi organning siljishi bir qonun bo’yicha amalga oshadi. Rostlanuvchi parametrning har bir miqdoriga rostlovchi organning ma’lum bir holatiga mos keladi.
  • PR 2.5 proporsional rostlagich. PR 2.5 rostlagich rostlanuvchi parametrni berilgan kattalikda ushlab turish maqsadida chiqishda ijro etuvchi mexanizmga ta’sir etuvchi uzluksiz signal olish uchun mo’ljallangan. Asbob ikkilamchi asbobning qo’l bilan topshiriq bergichi yoki standart pnevmatik signalli boshqa qurilmadan masofadan turib topshiriq oluvchi rostlagichdan iborat

  • Тopshiriq bergich va o’lchov asbobolaridan kelgan Rt va R3 signallar taqqoslash elementi 1 ning membranalariga ta’sir etadi (manfiy kamera V, musbat kamera B) va teskari aloqa membranalarida havo bosimi hosil qilgan kuch (kamera A) bilan muvozanatlashadi.
    9.1-rasm. PR 2.5 proporsional rostlagichning prinsipial sxemasi.
    Proporsional-integral rostlagichning prinsipial sxemasi.
    9.3. –rasm. Avvaldan ta’sir rostlagichi sxemasi – PF-2.1
    • Тaqqoslash elementi 1 ning R1 chiqish bosim o’tkazuvchanligi  bo’lgan drosselli summator 2 ning rostlanuvchi drosseli orqali taqqoslash elementi 3 ning a kamerasiga boradi, xuddi shu kameraga o’tkazuvchanligi  bo’lgan drosselli summator 2 ning o’zgarmas drosseli orqali Rchiq=RIV chiqish bosimi ham keladi. Тaqqoslash elementi 3 ning chiqish bosimi quvvat kuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi hamda ikkinchi taqqoslash elementi bilan manfiy teskari aloqada bo’ladi. Sistemada hosil bo’ladigan avtotebranishlarni yo’qotish maqsadida taqqoslash elementi 3 ga ikkita teskari aloqa kiritilgan: V kameraga manfiy va B kameraga musbat. Sistema muvozanati buzilgan hollarda ro’y beradigan avtotebranishlar musbat teskari aloqa yo’liga o’rnatilgan o’zgarmas drossel bilan to’xtatiladi. Qo’l bilan boshqarishga o’tish maqsadida rostlagichni uzish uchun o’chiruvchi rele 5 dan foydalaniladi.
    • Integral rostlagichlar.
    • Integral (astatik) rostlagichlar deb rostlanayetgan parametr topshirilgan qiymatdan chetga chiqarish rostlovchi organning rostlanuvchi parametr chetga chiqishiga proporsional tezlikda xarakat qilishiga aytiladi. Astatik rostlagichlar ishlatilganda rostlanuvchi parmetrning muvozanat qiymati nagruzkaga bog’liq emas va statik xato nolga teng bo’ladi. Agar rostlanayotgan kattalik berilgan qiymatidan chetga chiqsa astatik rostlagich rostlovchi organi rostlanuvchi kattalik qiymati topshirilgan darajaga yetguncha xarakatga keltirib turadi.
    • O’zining dinamik xususiyatlari jihatidan integral rostlagichlar turg’un emas, shuning uchun ham ular mustaqil qurilma sifatida ishlab chiqarilmaydi.
    • Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar.
    • PR3.21 rostlagichning vazifasi PR 2.5 rostlagichning vazifasiga o’xshash. U taqqoslash elementlari I, III, VI, droselli summator II, quvvat kuchaytirgich IV, uzuvchi relelar V, VII va sig’im VIII dan iborat (9.2- rasm). Bu rostlash bloki ikkita: proporsional va integral qismlardan tuzilgan. Ularning kirishiga datchikdan rostlanayotgan kattalikning pnevmatik signali Rn va ikkilamchi asbobga o’rnatilgan topshiriq bergichdan rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati kelib, 0,2 ... 1 kg/sm2 oraliqda bo’ladi. Blokning proporsional qismi g’alayonlanishdan so’ng xarakatga kelib, uning o’zi esa summator I, III va drosselli summator II dan tuzilgan. PR3.21 rostlovchi blokining integral qismi summator VI va kuchaytirish koeffitsiyenti K=1 bo’lgan birinchi darajali aperoidik zvenodan tuzilgan bo’lib, pnevmatik integrallovchi zvenodan iborat. Proporsional va integral qismlarning chiqish signallari yacheyka II da qo’shiladi. Buning uchun integrallovchi zvenoning chiqishi yacheyka II ning I va III summatorlari kirishiga berilishi lozim.

    Download 412.1 Kb.
    1   2   3




    Download 412.1 Kb.