|
Ishlab chiqarishda datchiklarni ahamiyati
|
bet | 25/83 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #107865 |
Bog'liq AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitobIshlab chiqarishda datchiklarni ahamiyati.
Parametrik datchik noelektrik kattalikning o’zgarishini elektr zanjiri parametrini o’zgarishga aylantirib beradi. Masalan, aktiv qarshilikni, induktiv qarshilikni, sig’im qarshilikni va xokazo. Ushbu datchiklarga tenzometrik, sig’im, induktiv, qarshilik termometrlari hamda potensiometrik datchiklari kiradi. Bu datChiklarda elektr zanjirning aktiv, reaktiv, sig’im qarshiliklari o’zgarishi mumkin. Bu esa zanjirdagi tokning qiymatini o’zgartiradi.
Generator datchik noelektrik kattalik o’zgarishini elektr yurituvchi kuchning (EYUK) o’zgarishiga aylantirib beradi. Bu datchikka misol qilib fotoelektrik, pezoelektrik kabi o’zgartkichlar hamda termoparalar va taxogeneratorlar kiradi.
Datchikning asosiy tavsifiga uning statik tavsifi, sezgirligi kiradi.
Kontakt datchiklarga yo’l datchiklari kiradi. U surilishni elektr impuls signaliga o’zgartirib beradi. Bu datchik normal yopiq (NYO) va normal ochiq (NO) kontaktlardan iborat. Surilish ma’lum qiymatga etganda datchik kontaktlari ulanib yoki o’zi lib elektr zanjirida signal hosil bo’ladi.
Potensiometrik datchik mexaniq surilishni reostatning aktiv qarshiligi o’zgarishiga asoslangan. Bunda reostat surilgichi boshqararilayotgan ob’ekt mexanizmi bilan bog’langan holda bo’ladi.
Tenzometrik datchik qattiq jismlarning elastik deformatsiyasini (cho’zilishi yoki siqilishi hamda egilishi va buralishi momentlarini) o’lchash uchun qo’llaniladi.
Har xil tipdagi relelar boshqarish sistemalarida keng avtomatika elementlari sifatida ishlatiladi. Rele — avtomatik qurilma elementi bo’lib, unga tashqi fizik hodisalar ta’sir qill ganda chiqish kattaligining oxirgi qiymatini sakrash tarzida qabul qiladi.
Vaqt relesi, akustik rele, himoya relesi, mexaniq, qalqovichli, magnitli, kodli, pnevmatik, optik relelar bo’ladi. Releda tashqi ta’sirga bog’liq ravishda zanjirni tutashtiradigan yoki ajratadigan kontaktlar bo’ladi. Misol tariqasida mexaniq rele, issiqlik, o’lcham relelari va elektromagnitli relelarning ishlash prinsipini ko’rib chiqamiz (1.25-rasm).
1.25-rasm. Mexaniq (a), o’lcham (b), issiqlik (v), tortilma o’zaqli (g), burilma yakorli elektromagnitli (d) relelarning sxemalari.
Mexaniq rele siljish, tezlik, tezlanish, sarf, kuch, moment kat- taliklarining o’zgarishini sezadi. Mexaniq tezlik relesida (1.25-rasm, a) markazdan qochma prinsipdan foydalanilgan. SHtok 4 aylanganda Yuklar 3 markazdan qochirma kuch ta’sirida qarama-qarshi tomonlarga suriladi. Bunda xomutlar yaqinlashadi, oqibatda richag 2ning holati o’zgaradi: u burilib navbat bilan kontaktlar 1 ni ajratadi va tutashtiradi.
Chiziqli o’lchamlar relesi chiziqli o’lchamlar yoki chiziqli siljishlarni o’lchash uchun ishlatiladi. Qo’sh chekli richagli rele (1.25-rasm, b) o’lchash shtogi 1, gilza 2, korpus 3, prujina 4, kontaktli richag 5, sozlash vintlari 6, qo’zg’almas 7, 9 va surilma 8 kontakt- lardan to’zi lgan. Surilma kontaktlar 8 tirakning yassi prujina- siga mahkamlangan richag 5 ga o’rnatilgan. Qo’zg’almas kontaktlar 7 va 9 sozlash vintlari 6 va 10 ning uchlarida joylashgan. SHtok 1 surilganda richag 5 va kontakt 8 harakatga keladi, bunda kon- taktning qo’zg’almas kontaktlaridan biri tutashadi, bu esa tekshi- rilayotgan o’lchamning chekli qiymatlariga mos keladi. Bunday relelar ba’zan o’lcham datchiklari deb ham ataladi.
Issiqlik relesi (1.25-rasm, v) temperaturaning o’zgarishini sezadi. U kontaktlar 1, richag 2, shkala 3, prujina 4, naycha 5 va sterjen 6 dan to’zi lgan. Naycha va sterjen chiziqli kengayish koeffi- sienti turlicha bo’lgan materiallardan ishlangan. Ular dilatometrik elementlar deb ataladi. Temperatura o’zgarganda sterjen 6 va naycha 5 har xil kattalikda uzayadi. Sterjen richag 2 ni bosadi, u esa navbatma-navbat kontaktlar 1 ni tutashtiradi.
Elektromagnitli relelarning chulg’amlardan tok o’tishiga sezgirligi yakor yoki o’zakni o’ziga tortishida namoyon bo’ladi. Elektromagnitli relening qabul qiluvchi organi chulg’am va qo’zg’aluvchan qismli (yakorli yoki o’zaqli) magnit sistemadir, ijroChi organi esa kontaktlardir. Tortilma o’zaqli rele (1.25-rasm, g) kontaktlar 1, yo’naltiruvChi metallmas vtulka 2, qo’zg’aluvchan o’zak 3, chulg’am 4, yarmo 5 va qo’zg’almas o’zak 6 dan tashkil topgan. Chulg’am 4 orqali tok o’tayotganda qo’zg’aluvchan o’zak yo’naltiruvchi vtulka bo’ylab harakatlanadi va kontakt 1 ni tutashtiradi.
Burilma relelarda (1.25-rasm, d) qo’zg’aluvchan yakor 4 o’zak 3 ga tor- tiladi va kontaktlar 2 ni tutashtiradi. Kontaktlar ajralgandan so’ng yakor qaytarish prujinasi 1 ta’sirida dastlabki vaziyatiga qaytadi.
|
| |