|
-bob. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari
|
bet | 39/83 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #107865 |
Bog'liq AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari.
3.1 Samadorlik nazariyasining asosiy mazmuni. Texnologik mashinalarning samadorlik nazariyasi.
Avtomat va avtomat liniyalarda ishlov beriladigan har qanday mahsulotni, universal avtomatlashmagan dastgohlarda ham ishlov berilishi mumkin.
Avtomatlashtirishdan maqsad mashinani unumdorligini oshirish va hizmat ko’rsatuvchi ishchilar sonini kamaytirish, natijasida avtomatlashmagan ishlab chiqarishga nisbatan iqtisodiy samara olishdir.
Avtomatning ish sikli.
Avtomatlashtirilgan texnologik operatsiyalar, avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarishlarga nisbatan o’ziga xos harakterga ega bo’lib, avtomat dastgohda yoki yarim avtomatda bajariladigan har bir operatsiya to’liq va aniq tartib bo’yicha ishlab chiqilgan. Avtomatlashtirilmagan kam miqyosda yoki keng miqyosda mahsulot ishlab chiqarishda operatsion kartalarda amalda asosan operatsiyalarning asosiy harakatlarigina ko’rsatiladi (xomaki tayyorlash sxema bazasi, ishlov beriladigan yuzaga ishlov berish aniqligi, yuza g’adir-budurligi va boshqalar). Boshqa masalalar yechimi (ishlov berish ketma-ketligi, ishlov beruvchi asbobning bir ish yo’lidan bir aylanishdagi masofa qiymati, ishlov berish rejimi, abrazivni berilish soni, ishlov berish vaqti, masalan linzani silliqlashda va boshqalar) ishchi ihtiyoriga beriladi.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uchun mahsulot ishlab chiqarish miqyosidan qat’iy nazar, texnologik operatsiyalar to’liq va aniq ishlab chiqilishi zarur. Shakl hosil qiluvchi asboblarning ketma-ket ishlashi, uning tezligi va harakat traektoriyasi, shpindelning zaruriy aylanish chastotasi va boshqalar aniqlanishi shart va zarur.
Ushbu ma’lumotlar jamlanmasi ma’lum detalga ishlov berish uchun avtomatni dastursini tashkil etadi. Ushbu dasturlar zaruriy obrazda qayta ishlab chiqilgan, kodlangan va dastur uzatgichda mustahkamlangan, bajariladigan operatsiyada avtomat ish siklini aniqlaydi. Har bir operatsiya uchun avtomatning o’z ish sikli mavjud. Bunda mexanizmlar ishining ketma-ketligi va ishlov berish sifati ishchiga bog’liq emas, barchasi dastur bo’yicha uning dastgoh ishchi organlari, ish bajarish aniqligi, sozlash aniqligi va boshqa faktorlar bilan aniqlanadi.
Avtomat ish sikli tarkibini, oddiy mayda ishlov berish sikllarini ketmaketligi va davomiyligini tasvirlovchi shartli grafik tasvir, ya’ni siklogrammadan ko’rishimiz mumkin. Amaliyotda ikki turdagi siklogramma: aylanma (polyar koordinatalarda) va to’g’ri burchaqli (to’g’ri burchaqli koordinatalarda) foydalaniladi. Aylanma faqat taqsimlash vali mavjud bo’lgan avtomatda foydalaniladi. To’g’ri burchaqli esa universal bo’lib, uning ishtirokida har qanday avtomat, avtomatik tizim ishini yo’lga qo’yish mumkin.
To’g’ri burchaqli siklogrammalarda asosiy maydonda (o’ngda) gorizontal o’q bo’yicha sekundlarda vaqt joylashgan. Ushbu maydon shkalasi uzunligi operatsiya’ni bajarish sikli davomiyligiga mos keladi. Siklogramma vertikal bo’yicha oddiy sikllar soniga to’g’ri keluvchi bir qator bo’limlarga ajratiladi. Har bir bo’lim chap tomonida ishchi organ nomi yoziladi, o’ng tomonida esa ushbu organ oddiy sikli ifoda etiladi. Oddiy siklni tasvir etish uchun shartli belgilardan foydalanish mumkin, yoki grafikdan. Keyingisida vertikal bo’yicha ma’lum masshtabda ishchi organ siljishi qo’yiladi.
Rotorli mashinaning unumdorligi texnologik tezlik vtex ga, ya’ni operatsiya’ni bajarilish davomiyligiga bog’liq emas, faqat shakl beruvchi asboblar orasidagi masofa h, rotorlar o’lchami bilan aniqlanad igan transportlovchi tezlik va uning aylanish chastotasiga bog’liq. Rotorli mashinaning ushbu ahamiyatiga molik xossasi turli davomiylikka ega bo’lgan operatsiyalarni uzluksiz avtomatik tizimga biriktirishga imkon beradi.
Rotorli mashinalar asosida avtomatik rotorli tizimni hosil qilish nisbatan avtomatlashtirishga nisbatan kompleks texnologik jarayonlarni, ya’ni detallarga mexaniq va termik ishlov berish, nazorat va yig’ishni o’z ichiga olgan va tashkil etish oson amalga oshiriladi.
Unumdorlik nazariyasi asosini mashinani unumdorlik ko’rsatgichlari va dastgohhni konstruktiv, texnologik, strukturaviy, qiymati va boshqa ko’rsatgichlari orasidagi bog’lanishni aniqlovchi tenglama tashkil qiladi. Shu sababli unumdorlik nazariyasi uslublari nafaqat mashinani unumdorligi miqdorini aniqlash va uni qo’llashdan olingan samarani hisoblash bilan bog’liq, balki avtomatlashtirilgan dastgohlarni bo’lishi mumkin bo’lgan har xil variantlarini taxlil qilish hamda eng ko’p unumdorlik va iqtisodiy samarani aniqlashga imkoniyatini beradigan, maqvul variantni parametrlarini aniqlash uchun hizmat qiladi.
Umuman olganda mashinalar sinfini uchta asosiy sinnfga: bir turdagi energiya’ni boshqa turga aylantiruvchi mashina dvigatellari (elektrodvigatellar, generatorlar, trubinalar, ichki yonish dvigatellari va boshqalar); ma’lumotlarni aylantirishga hizmat qiluvchi hisoblash mashinalari (sonli va analogli hisoblash mashinalari), va energiya’ni konkret ishga aylantiruvchi ishchi mashinalarga ajratish mumkin. Ishchi mashinalar yordamida detallarni formasi, hususiyati, holati va ishlov berish ob’ektining ko’rinishlari ishlab chiqariladi. Har qanday ishchi mashinasi dvigatel’, uzatish va ish bajaruvchi mexanizmlardan iborat bo’ladi. Har qanday mashinani asosini ish bajaruvchi mexanizmlar tashkil etadi. Ularning tarkibi mashinalar nomlarini (tokarlik dastgohi, har xil qurilmalar yordamida texnologik jarayonlarni bajarish, pechatlovchi mashina va boshqalar), texnologik sharoit va universallik darajasini aniqlash imkonini beradi. Har qanday mashinada ishlov berish jarayoni insonni ishtirokisiz amalga oshiriladi, ammo ishlov berish jaryonidagi ish qurolini mashinani o’zi boshqaradi.
|
| |