• Matematik model tarkibiga quyidagi parametrlar kiradi
  • Samadorlik nazariyasining asosiy mazmuni




    Download 13,28 Mb.
    bet41/83
    Sana29.11.2023
    Hajmi13,28 Mb.
    #107865
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

    Samadorlik nazariyasining asosiy mazmuni.
    Samaradorlik nazariyasi asoslari 1932-33 yillarda G.A.Shaumyan tomonidan ishlab chiqilgan. G.A.Shaumyan uslubi mashinani texnik va iqtisodiy ko’rsatgichlar orasidagi matematik bog’lanishlarni aniqlash bilan bog’liq. Bunday matematik modellar avtomatik va avtomat liniyalarni unumdorligi va samaradorligini o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniqlaydi. Bu bilan har qanday texnik-iqtisodiy parametrlarni o’zgarishi, taxlil etilayotgan variantlar samaradorligiga ta’sirini miqdor jixatdan aniqlash mumkin bo’ladi.
    Matematik model strukturasi quyidagi rasmda keltirilgan.

    3.2-rasm. Matematik model strukturasi.
    Matematik model tarkibiga quyidagi parametrlar kiradi:

    1. Boshlang’ich parametrlar. Mashinani konstruksiyasi, kompanovkasi va ishlatilayotgan texnologiyalarni tavsiflaydi. Mashinalar unumdorligining boshlang’ich parametrlariga quyidagilar kiradi: ishlov maromi va ishlov vaqti t=tu; sikldagi salt yurishlar vaqti tc; sikldan tashqari yo’qotishlar tù; ishchi pozitsiyalar soni 0; bo’limlar soni nb lardan tashkil topadi. Ular miqdoriy jixatdan umumiy ishlov sikli T va sikldan tashqari yo’qotishlar yig’indisi tù ni aniqlaydi.

    2. O’zgaradigan aniqlovchi parametrlar – qiyoslanuvchi variantlarni unumdorligini , qiymati , hizmat ko’rsatuvchi ishchilar soni , ekspluatasiya harajatlari ulushlari , hizmat muddati N va boshqalardan iborat bo’lgan texnik iqtisodiy ko’rsatgichlar.

    3. Doimiy parametrlar – formulaga konstant (doimiy) sifatida kirgan parametrlar.

    Masalan, amortizasiyaga ajratmalar 1 va ta’mirlash sarf-harajatlari 2.

    1. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatgichlari – samaradorlikni oshishi , kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffisienti E, keltirilgan sarf harajatlar.

    Bunday matematik modelni yaxshi tomoni uni ayrim o’zgaruvchilarini o’zgartirish bilan uni ta’sirini aniqlashdir. Aniqlovchi parametrlarni miqdorini bilgan holda iqtisodiy ko’rsatgichlarni aniqlash bilan texnik mumkin bo’lgan maqbul variantni aniqlash mumkin. Shuning bilan birga maqbul iqtisodiy ko’rsatgichlar (masalan, minimal hizmat muddati) asosida tenglamani teskari hisoblab texnik iqtisodiy ko’rsatgichlarni boshlang’ich parametrlarini aniqlash mumkin. Shunday qilib, samaradorlik nazariyasi uslublari quyidagi masalalarni xal qiladi:

    1. Eng yaxshi iqtisodiy samara beradigan variantni, qiyoslanadigan variantlarni texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari (samaradorlik, ishonchlilik qiymati, hizmat ko’rsatuvchi ishchilar soni va boshqalar)ni muxandis nuqtai nazardan taxlili asosida aniqlash.

    2. Talab etilgan iqtisodiy samaradorlik asosida, loyixalanayotgan avtomat yoki avtomatliniya’ni texnik harakteristikalari qanday bo’lishi kerakligini aniqlash.

    3. Iqtisodiy kriteriyalar asosida loyixalanayotgan mashinani texnik harakteristikalarini optimallashtirish.

    Samaradorlik nazariyasi matematik modeldan foydalanilgan holda texnologiya va loyixalashni u yoki bu rivojlanish yo’nalishini miqdoriy taxlil qilish va bu asosida avtomatlashtirishning har xil yo’nalishlarini kelajagini aniqlash mumkin bo’ladi.

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




    Download 13,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samadorlik nazariyasining asosiy mazmuni

    Download 13,28 Mb.