|
Sinxronlashtirilgan majburiy transport tizimlari
|
bet | 55/83 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #107865 |
Bog'liq AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitobSinxronlashtirilgan majburiy transport tizimlari. Sinxronlashtirilgan transport tizimlari, barcha mashinalardan bir vaqtning o’zida majburiy ravishda harakatlanuvchi qadamli tashuvchi konveerlar asosida yaratilgan (5.6-rasm).
Eng keng tarqalgan qadamli konveerlar shtangali konveyrdir (5.6- rasm. a, b), unda shtangalar orqali dastgohlararo yoki aniq qadamli harakat amalga oshiriladi.
Shtanga 1 da xrapovoy maxkamlab yetaklovchi sobachka 2 lar (5.6-rasm, a) o’rnatilgan bo’lib, ular sekin harakatlanadi (10 m/min dan kam), chunki yuqori tezlikda hakakatlansa detalga ziyon etishi mumkin. Sobachka 2 lar oldinga harakatlanayotganda detal 3 larni bir qadam oldinga suradi. Orqaga harakatlanayotganda esa detallarni siljitmasdan ularning ostidan o’tadi.
Shtanganing tezligi 10 m/min dan yuqori bo’lganida qamrab olish 2 qo’llaniladi (5.6-rasm, b). Ular ikki tomondan detal 3 ni qoplashadi, shtanga ularni kichik burchakga buradi. Bu holatda, konveer harakatlanishi uchun shtanga turgan joyida buriladi.
Greyfer shtangali konveyrlar kamroq tarqalgan (5.6 – rasm, v). Ularda detal 3 lar yaqinlashuvchi rama (greyfer) 2 da joylashib, rolik 1 lar yordamida bir qadamga suriladi va rama bilan tayanchlarga tushiriladi; rama pastga tushishi bilan yana orqaga qaytib ketadi.
Zanjirli qadamli konveyrlar juda kam ishlatiladi (5.6 – rasm, g). Ularda mahkamlagich 2 lar o’rnatilgan zanjir 1 bo’lib, qadamli harakat qiladi.
Bundan tashqari kamdan-kam hollarda rolikli-zanjirli konveyrlardan ham foydalaniladi (5.6-rasm, d). Ularda zanjir 2 qismlarida erkin aylanuvchi rolik 1 larga ega mahkamlagichlar joylashgan, ularda esa detal 3 lar joylashadi, detallarni to’xtash joylarida tayanchlar joylashgan. Tayanch 4 lar olinganda detallar roliklarda harakatlanib keyingi to’xtash joyidagi tayanchga borib to’xtaydi.
.
5.6-rasm. Transport tizimining sinxron konveyerlari.
a – xropovoy mexanizmli shtangali qalamli ushlagich, b – shtangali qadamli
aylanuvchan ushlagich, v – qadamli greferli ushlagich, g – qadamli zanjirli, d – qadamli zanjir-rolikli
Yuklash qurilmalari sifatida manipulyatorlar ham ishlatiladi. Ulardan to’liq avtomatik tarzda foydalanganda yaxshi samara beradi. raqamli dastur bilan boshqariladigan manipulyatorlarni uch turi mavjud:
Elektr yuritmali manipulyatorlarda qadamli elektrodvigatellar yoki servodvigatellar qo’llanilib, mexaniq uzatmalar orqali ish bajaradi. Ularning afzalligi detal hajmi, o’lchamlari va og’irligidan qat’iynazar yuqori tezliklarda ishlashi mumkin.
Gidravlik yuritmali manipulyatorlarda gidrosilindlar, turbinalar, porshenli gidromotorlar ishlatiladi: ularning afzalligi gabarit o’lchamlari kichik, g’osil qiladigan kuchi esa katta bo’lganligidir.
v) Pnevmatik yuritmali manipulyatorlarda pnevmosilindrlar, turli pnevmomatorlar ishlatiladi: ularning afzalligi soddaligi, tez ishlashidir.
Sinxron, yo’ldoshsiz, tarmoqsiz transport tizimilari tana ko’rinishidagi detal 1 larni dastgoh 2 dan dastgoh 3 ga operatsiyalararo tashishda ishlatiladi. (5.7rasm). Qadamli vonveyrda shtanga 5 bilan prujinali sobachka 4 detallarni bir qadamga surib beradi. Shtangaga gidrosilindr 6 yordamida harakat uzatiladi (5.7rasm).
Avtomobil oynalarini ishlab chiqarish jarayonida tashish vositalari sifatida rolikli konveyrlar, tishli tasmali konveyrlar va detallarni vakuumli mahkamlash qurilmalari orqali ko’taradigan manipulyatorlar ishlatiladi. Manipulyatorlar detallarni vakuumli mahkamlashga asoslangan bo’lsada harakatlanish uchun elektr Yuritmalardan foydalanib ishlaydi. Elektr yuritma va vakuumli mahkamlashni birgalikda ishlatilishiga sabab: oyna mo’rt material bo’lganligi uchun qisish kuchinga bardosh bera olmaydi, shuning uchun vakuumli mahkamlash kuchidan foydalaniladi; oynalarni tashish yo’li uzun bo’lganligi uchun pnevmatik yuritmalardan foydalanishning imkoni yo’q.
5.7-rasm. Tana ko’rinishidagi detallar uchun sinxronli yo’ldoshsiz sekin o’tuvchi tarmoqsiz transport tizimi.
|
| |