• 5-bob. Buyumlarni texnologik jihozlarga yuklash, mahkamlash va olish ishlarini avtomatlashtirish. 5.1 Maqsadli mexanizmlar tasnifi
  • Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish




    Download 13,28 Mb.
    bet52/83
    Sana29.11.2023
    Hajmi13,28 Mb.
    #107865
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

    Ishlamay qolishlar oqimi. Ko’rib chiqilayotgan vaqtda yoki bajarilgan ish miqdori uchun tiklanadigan ob’ektning ishlamay qolishlari paydo bo’lishi ehtimolligi zichligiga aytiladi.
    Ishlamay qolishlar oqimi parametrini tajriba ma’lumotlar asosida aniqlash uchun tarkibiy formuladan foydalaniladi.
    Mazkur formulaga asoslanib, ishlamay qolishlar oqimi parametri tiklanadigan (ta’mirlanadigan) ob’ektlarning ko’rib chiqilayotgan ancha kichik vaqt oralig’i uchun qabul qilingan ishlamay qolishlariningg o’rtacha soni ekanligi haqida xulosa chiqaramiz.
    Ishlamay qolgunga qadar bajariladigan ish T tiklanadigan (ta’mirlanadigan) obe’ktlar ishlamay qolishlari o’rtasida qiymati bo’lib, bitta ishlamay qolishga o’rtacha qancha bajarilgan ish (soatda, gektarda, motosoatda, yurilgan yo’l kilometrida, terilgan hosil tonnasida va xakozo) to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Agar bajarilgan ish vaqt birligida ifodalangan bo’lsa, u holda “bo’zi lmasdan ishlashning o’rtacha vaqti” atamasi qo’llaniladi.
    Ishlamay qolgunga bajariladigan ish T - t1 dan t2 gacha bajarilgan ish uchun ishlamay qolishlar oqimi parametriga teskari kattalik bo’lib, quyidagi formula asosida aniqlanadi:
    Mashinalar bo’zi lmasdan ishlashining asosiy iqtisodiy ko’rsatkich ekspluatasion ishlamay qolishlarni bartaraf etishning solishtirma narxida:


    1. 3-rasm.


    4.4 -rasm.
    5-bob. Buyumlarni texnologik jihozlarga yuklash, mahkamlash va olish ishlarini avtomatlashtirish.
    5.1 Maqsadli mexanizmlar tasnifi
    Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdan asosiy maqsad – odam mehnatini engillashtiradigan turli jihozlar, uskunalar, moslamalar va qurilmalar yaratishdir. Bunda odamning vazifasi jihozlar, moslama va qurilmalarni boshqarish, tekshirish, sozlashdan iborat bo’ladi.
    Mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilganda boshqarish va tekshirish ishlarini maxsus mexanizmlar, qurilmalar va priborlar bajaradi, ya’ni avtomatika elementlaridan keng foydalaniladi.
    Xozirgi zamon mashinasozlik texnologik jarayonlaridagi boshqariladigan va tekshiriladigan parametrlarning juda ko’pligi bilan o’ziga xos talablarni keltirib chiqaradi. Bundagi jarayonlarni boshqarish uchun ko’p elementlardan to’zi lgan boshqarish va tekshirishning murakkab sistemalari yaratishni taqozo etadi. Texnologik jarayonlarning har bir elementini bajarish uchun ma’lum maqsadga mo’ljallangan (maqsadli) mexanizmlar hizmat qiladi. Bunday mexanizmlar ishini vaqt va makon bo’yicha bir biriga muvofiqlashtirish texnologik jarayonning avtomatlashtirilishini ta’minlashga, ya’ni kompleks avtomatlashtirishga zamin yaratishga imkon beradi.
    Buyumlarni texnologik jihozlarga yuklash, mahkamlash va olish ishlarini avtomatlashtirish uchun maqsadli mexanizmlardan keng maqsadda foydalanib kelinmoqda. Maqsadli mexanizmlarning ko’p tiplari mavjud. Maqsadli mexanizmlar amalda ikkita katta gruppaga: ish yurishini amalga oshiradigan (ya’ni detal ishlashdagi bevosita operatsiyalarni bajaruvchi) mexanizmlar va salt yurish qiladigan (ish yurishi qilishga tayyorlaydigan) mexanizmlarga bo’linadi. «Ish yurishi maqsadli mexanizmi» terminini aynan tushunish yaramaydi. Ba’zan bu mexanizmlar harakatlanganda ish bajarmasligi ham mumkin, biroq ularning asosiy vazifasi ishlov berish, tekshirish, yig’ish texnologik operatsiyalarini bajarishdan iborat.
    Ish yurish maqsadli mexanizmlari (supportlar, shpindellar, kuch kallaqlari va boshqalar) maxsus kurslarda ko’rib chiqilgan. Oddiy mashinani yarim-avtomat yoki avtomat mashinaga aylantirishga imkon beruvchi maqsadli mexanizmlarning ayrim tiplarini misol tariqasida ko’rib o’tamiz. Ularga, birinchi navbatda, ta’minlash mexanizmlari, sezgir elementlar, oraliq va ijrochi mexanizmlar kiradi.
    Ushbu usulda detallarni transportirovka qilinishi fazoda, tekislikda, lotoklarda bo’lishi mumkin. Fazoda harakatlantirish uchun maxsus qamrovchi qurilmalar, inersiya kuchi, suyuqlik, havo va boshqalar. Lotoklarda va tekistlikda mahsulotlarni harakatga keltirishda qamrovchi va itaruvchi moslamalardan foydalaniladi.
    Gravitasiya va itaruvchi usullarda detallarni transportirovka qilishda sirpanish, tebranish va qurilmalarning qandaydir ko’tarib uzatuvchi qismida uzuliksiz va uzulikli, donalab yoki gruppalab harakatlanishi mumkin. Bu xamma usullar kerak bo’lgan holatda bir-birini to’ldirishi mumkin. Bu o’z navbatida transportirovka usullarini moslanuvchanlik darajasini oshirish imkonini beradi.
    Har qanday transport to’plagich tizimi quyidagi qurilmalarni o’z ichiga oladi: 1) ko’targich, 2) transportyor tarqatuvchi, 3) qaytaruvchi qurilma, 4) lotokli tizim, 5) magazin-to’plagich; shu bilan birga ayrim qurilmalar boshqalar bajaradigan ishni ma’lum bir qismini yoki barchasini bajarishi mumkin. Har qanday qurilmalar o’zida ko’p mexanizmlardan va qurilmalardan tashkil topgan bo’ladi.
    Bular qatoriga: detallarni qabul qilish va chiqarish, ajratib oluvchi, orientasiya qiluvchi, va boshqalar ko’taruvchi qurilmalar detallarni yuqoriga ko’tarib o’z og’irligi bilan sirpanib transport tizimlariga va avtomatik liniya dastgohlariga uzatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida ikki turdagi zanjirli va itargichli ko’targichlardan ko’p foydalaniladi.
    Transportyor-taqsimlagichlar detallarni uzatish va tarmoqlardagi parallel ishlayotgan dastgohlarga ajratish uchun hizmat qiladi. Transpartyortaqsimlagichlar o’zlarining asosiy funksiyalaridan tashqari katta bo’lmagan to’plagichlar vazifasini ham bajaradi.
    Transportyor-taqsimlagichlar va qayta olib ketuvchi transporterlar bir-
    biridan ko’tarib olib ketuvchilarning turlari bilan ajralib turadi: lentali, zanjirli va lotokli. Transportyorlar ishlov beruvchi dastgohlar ishchi zonasidan pastda, pol tagida, polda va polga nisbatan biroz yuqorida o’rnatiladi.
    Moslanuvchan avtomatik liniya’ning transport tizimlarida xalqalarni bir texnologik jarayon bajarilayotgan joydan boshqasida yetkazib berishda lotoklardan foydalaniladi. Ular yordamida xalqalarni bir transport tizimidan boshqasiga, dastgohlardan olib chiquvchi transportyorlarga uzatiladi. Lotoklar oddiy transport qurilmasi hisoblanadi va detallarni harakatlanishi tebranish va sirpanish yordamida bajariladi. Tizimdagi to’plagichlar asosan jarayonlararo detallarni to’plash va ularni ishlayotgan uchastkalarga yoki dastgohlarga uzatish vazifasini bajaradi.

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




    Download 13,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish

    Download 13,28 Mb.