|
Fazoda buyumlarni orientasiyalash
|
bet | 60/83 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #107865 |
Bog'liq AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob6.2 Fazoda buyumlarni orientasiyalash.
Orientasiyalash usullari va texnik vositalari zagotovkani dastgohning ish zonasiga yoki tekshirish moslamasiga uzatish uchun uni ma’lum vaziyatga keltiradigan mexanizm; orientatorlar har hil bo’ladi.
Zagotovkalar paz, bortcha, kallak, teshik, shakldor o’yiq, tirqishga moslab orientirlanadi. Ko’pincha zagotovkalarning og’irlik markazini siljitishdan va ularni assimetrik joylashtirishdan foydalaniladi. Orientator ba’zi hollarda qamragich sifatida ham ishlaydi. Bunker ichida tartibsiz holatda turgan zagotovkalarni olish uchun ta’minlash mexanizmlarida qamragichlar nazarda tutilgan. Qamragichlar konstruksiyasi jihatidan ilmoqlar, shtirlar, trubkalar ko’rinishida ishlanadi. Tirqishli qamragich (6.2-rasm, g) bolt shaklidagi zagotovkalar (kallaqli zagotovkalar) uchun ishlatiladi. Teshikli zagotovkalar uchun qamragichlar ilmoqlar ko’rinishida (6.2–rasm, d), brusoklar tipidagi yassi zagotovkalar uchun - kesikli disklar ko’rinishida (6.2–rasm, e) ishlanadi.
6.2-rasm. Yuklash qurilmalarining elementlari:
a – qaytma-ilgarilanma ta’minlagich, b – aylanuvchi diskli ta’minlagich, v – kaskadli orientator, g – tirqishli qamragich, d – ilmoqli qamragich, j – diskli tushirgich.
Uzatish jarayonida novlarda noto’g’ri orientirlangan yoki ortiqcha zagotovkalar uchrashi mumkin. Ular olib tashlanishi zarur. Bu ishni tushirib Yuborgichlar bajaradi. Plunjerli, richagli, g’ildiraqli (Yulduzchali), pnevmatik tushirib yuborgichlar bo’ladi. 6.2-rasm j da brusoklar 2 tipidagi detallar uchun mo’ljallangan diskli tushirib yuborgich 1 ko’rsatilgan.
Titkich - bunkerga kirish teshigi oldida zagotovkalarning turib qolishini bartaraf etish uchun ularni titib turadigan qurilma. Titkich ba’zan orientator va qamragich bo’lib ham hizmat qiladi (6.2-rasm, d).
Surgichlar, burish qurilmalari, kantovatellar ham ta’minlash mexanizmlari jumlasiga kiradi. Ular ko’p pozitsiyada ishlov beriladigan murakkab shaklli korpus detallar uchun zarurdir.
|
| |