• 6.3 Taxlama yuklash qurilmalari
  • Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish




    Download 13,28 Mb.
    bet61/83
    Sana29.11.2023
    Hajmi13,28 Mb.
    #107865
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
    Bog'liq
    AVTOMATIKA VA ISHLAB CHIQARISH DARSLIK kitob

    Orientasiya mexanizmlari
    Detallarni bir biriga nisbatan o’qdoshligini to’g’rilashda ultratovushli ta’sirga asoslangan orientasiya qiluvchi qurilmaning sxemasi keltirilgan. 36 a rasmda vtulka 2 tayanch 3da erkin harakatlanadi. Valik 1 ham suzuvchi 4 vtulkaga erkin o’rnatilgan. Tebranuvchi 5 yuqoridan pastga qarab tushayotib valikka ta’sir etadi. Vibrasiya natijasida tebrangich valikni tebratib vtulkani teshigi tomon orientasiya qilib unga tushiradi.
    6.3 Taxlama yuklash qurilmalari
    Ta’minlash mexanizmlarining ayrim elementlarini va ularniig mumkin bo’lgan birikmalarini ko’rib chiqamiz.
    Texnikada magazin - bir turdagi donali buyumlar joylanadigan idish, moslama yoki bir korpusda birlashgan bir tipdagi elementlar to’plami.
    Magazinli yuklash qurilmasi yig’gich, uzgich va ta’minlagichdan to’zi lgan; yig’gichga detalni ishchi qo’lda qo’yadi, uzgich detalni bittalab uzatib turadi, ta’minlagich esa detalni ish zonasiga jo’natib turadi. Magazinlarning novli, trubali, shtirli, juvali, tebranma va boshqa tiplari mavjud.
    Gorizontal truba magazinli mexanizm (6.3-rasm.) quyidagicha ishlaydi.
    Surgich 2 ning quloqchasi mexanizm trubasining bo’ylama kesigiga kiradi, shunda Yuk 1 zagotovkani uzgich 3 ga uzatadi. Uzgich ayni vaqtda ta’minlagich vazifasini ham o’taydi. Zagotovka ta’minlagichni yuritma yordamida pastga surish yo’li bilan uzatiladi.
    Magazinli yuklash qurilmasining yana bir tipi podshipniklar xalqalarini avtomatning ish zonasiga uzatish uchun ishlatiladi.

    6.3-rasm. Ikki jo’vali Yuklash qurilmasi.
    Magazinli yuklash qurilmalarida zagotovkalarning majburiy va o’z-o’zidan uzatilish sistemalari ko’zda tutilgan.
    6.4-rasmda zagotovkalar o’z-o’zidan uzatiladigan magazinli qurilmalar sxemalari ko’rsatilgan. Yassi sirtli zagotovkalarni uzatish uchun rolikli qiya transportyordan (6.4-rasm, a), valik tipidagi detallarni uzatish uchun kaskadli (6.4rasm, b), zanjirli (6.4-rasm, v) yoki diskli (6.4-rasm, g) magazinlardan foydalaniladi.
    Avtomatik yuklash qurilmalari detallarni vaqt bo’yicha ham, makon bo’yicha ham o’zi joylaydi. Bunday qurilmalarning o’ziga xos tomonlari, ularda u yoki bu tipdagi bunkerning borligidadir. Bunday qurilmalar bunkerli qurilmalar deyiladi.
    Sochiluvchan materiallarni idishsiz saqlashga mo’ljallangan, yukdan o’zi bushaydigan idish bunker deyiladi. Yukdan o’zi bushashi uchun ko’pincha bunker pastki qismining devorlari qiya qilib ishlanadi.
    Materialning chiqishini rostlash uchun bunkerning pastki qismiga zatvorlar va ta’minlagichlar qo’yilgan.
    Zamonaviy bunker yuqori darajada avtomatlashtirilgan agregat bo’lib, unda yukning ortilishi va bo’shatilishini boshqarib hamda bunkerning to’lish darajasini nazorat qilib turadigan qurilmalar va boshqa zarur elementlar bor. Bunker texnologik jarayonni avtomatlashtirish vositasi sifatida keng qo’llaniladi. Bunker sferik, silindrik va konussimon shaklda bo’lib, po’lat, alyuminiy, qotishmalari va polimer materiallardan ishlanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun bunkerlar zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi. Bunkerning ichki yuzasi silliq bo’lishi lozim.

    6.4-rasm. Zagotovkalar o’z-o’zidan uzatiladigan magazinli qurilma. a – rolikli, b – kaskadli, v – zanjirli, g – diskli.
    Bunkerning sigimini oshirish maqsadida ko’pincha qo’shimcha bunker 3 (6.5-rasm) o’rnatiladi. Zagotovkalar avval qo’shimcha bunkerga yig’ib olinadi, keyin zaslonka 2 ni ochib, asosiy bunker 1 ga o’tkaziladi.
    Zagotovkalar uyub ortiladigan bunkerli Yuklash qurilmalari bunkerdan va detalni kerakli vaziyatda qo’yish (orientirlash) va olish mexanizmlaridan to’zi lgan. Detallarni bir necha o’qqa nisbatan orientirlash zarurligi bunkerli yuklash qurilmasini murakkablashtiradi hamda qo’shimcha orientirlash mexanizmi kiritishga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, ba’zan bunkerning to’lib toshib ketishini, detallarning tiqilib qolishini tekshiruvchi mexanizmlar ham kiritiladi.
    Orientirlash va detallarni qamrab ushlash mexanizmlari bor bunkerli yuklash qurilmalarining turli hillari: diskli, trubali, tebranma, sektorli va boshqa turlari mavjud.
    Bunkerli yuklash mexanizmining sxemasi 6.6-rasmda ko’rsatilgan. Detallar
    5 bunker 4 ga solinadi va ular makonda dastlabki orientirlangandan so’ng yig’gich 3 ga tushadi. Yig’gich orientirlangan zagotovkalarning uzluksiz uzatib turilishini ta’minlaydi. Zagotovkalar nov 2 bo’ylab ta’minlagich 1 ga keladi. Ta’minlagich detalni dastgohning qisish qurilmasiga yoki boshqa funksional mexanizmga uzatadi. Boshqarish sistemasi qurilmalar 6, 7, 8, 9 yordamida zagotovkalarning bir hil vaqt oralig’ida uzatib turilishini ta’minlaydi.
    Bunkerli yuklash qurilmalarida zagotovkalar faqat majburiy uzatiladi. 6.7rasmda bunkerli yuklash qurilmalarida zagotovkalar uzatilishining ba’zi sxemalari keltirilgan. Zagotovkalar qaytma-ilgarilanma sikl bo’yicha (6.7-rasm, a) bunkerga uYub joylanadi. Orientator titkich bunker ichida pastga va yuqoriga harakatlanib, buyumlarni qamrab ushlaydi, orientirlaydi va ta’minlagich noviga uzatadi. Yassi zagotovkalarni yuklashda (6.7-rasm, b) magnitli qamragichlari bor majburiy aylanma harakatlantiriladigan diskli moslamadan foydalaniladi. Disk aylanganida pastki magnit yassi zagotovkani tortib olib, uni aylantiradi va ta’minlagich noviga uzatadi. Magnitli diskka zagotovkalar bunkerdan nov orqali keladi.

    6.5-rasm. Qo’shimcha bunkerli bunker sxemasi.
    Keyingi paytlarda bunkerli tebranma yuklash qurilmalari keng qo’llanilyapti (6.7-rasm, v). Zagotovkalar tebranma bunkerga solingandan so’ng bunker bilan birga tebranib, ta’minlagichga tushadi. Zagotovkalar yuklangan bunkerni elektromagnitli yuritma prujinalar orqali tebratadi. Tebranma bunker sferik segment, kesik konus yoki silindr shaklida bo’lishi mumkin. Spirallarga o’rnatilgan orientirlovchi plastinalar tartibsiz yuklangan zagotovkalarni ish zonasiga aniq bir vaziyatda yo’naltirib turadi.

    6.6-rasm. Dastgohning ishChi zonasiga donali zagotovkalarni uzatib turadigan avtomatik qurilma sxemasi.
    Ba’zan taxlama yuklash qurilmalari yuklash qurilmalarining ayrim turiga ajratiladi. Bunday qurilmalarda ham, magazinli qurilmalardagi kabi zagotovkalar bir-birining ustiga qo’lda taxlanadi. Qurilma (6.8-rasm) idish 1, qamragich 2, ta’minlagich 4 va yig’gich 3 dan to’zi lgan. Idishning pastki qatoridagi zagotovkalar qamragich yordamida yig’gichga, u erdan ta’minlagichga va avtomatning ish zonasiga tushadi.

    6.7-rasm. Qaytma-ilgarilanma (a), magnitli (b), tebranma (v), bunkerli Yuklash qurilmalarining sxemalari.
    Taxlama yuklash qurilmalari yuk o’zi yuklanadigan, qisman o’zi yuklanadigan va majburiy yuklanadigan bo’ladi. (6.9-rasm, a) yuk o’zi yuklanadigan taxlama yuklash qurilmasi ko’rsatilgan. Val tipidagi zagotovkalar o’z og’irligi ta’sirida pastga tushadi va ta’minlagich qamragichiga keladi. Yuklash paytida zagotovkalar oldindan orientirlangan bo’ladi.

    6.8-rasm. Taxlama Yuklash qurilmasi.
    Qisman o’zi yuklanadigan qurilmalarda (6.9-rasm, b) zagotovkalar plastinalari bor trubaga solinadi. Truba aylanganda zagotovkalar truba bo’ylab kesikka tomon suriladi, u erdan ta’minlagichning qamragichiga tushadi. Yuk majburiy yuklanadigan sxemada zagotovkalar taxlami bunkerga joylanadi va zagotovkalarning pastki katori lentali transportyor bo’ylab ta’minlagichning qamragichiga tushadi (6.9-rasm, v).

    6.9-rasm. Taxlama Yuklash qurilmalarining tiplari:
    A – yuk o’zi yuklanadigan; b – yuk o’zi qisman yuklanadigan; v – yuk majburiy yuklanadigan.
    Zagotovkalarning ish zonasiga avtomatik tarzda uzatilish sxemalari turlichadir (6.10-rasm). Zagotovka ortiqcha bosim ta’sirida (6.10-rasm, a) yoki stolning mexaniq tebranma harakati ta’sirida (6.10-rasm, b) surilishi mumkin. 6.10-rasm, a da ko’rsatilgan sxemadan farqli ravishda plunjerli sxemada (6.10rasm, v) ortiqcha bosim ta’sirida plunjer suriladi: u zagotovkani ish zonasiga itarib kiritadi. Bu holda ikkala sxemadan ham foydalaniladi: yuk o’zi yuklanadigan sxemada zagotovkalar plunjerga tomon vertikaliga siljiydi; yuk majburiy yuklanadigan sxemada-zagatovkalarni plunjer surgichi ish zonasiga itarib kiritadi. 6.10-rasm, g va d dagi sxemalarda zagotovkalarning vibrasion va friksion usullarda surilishi ko’rsatilgan.

    6.10-rasm. Zagotovkalarni avtomat ishchi zonasiga ortiqcha bosim ta’sirida (a), mexaniq tebranma harakatlar ta’sirida (b),
    plunjer yordamida (v), vibrasion (g), friksion (d) usullarda majburiy uzatilish sxemalari.
    Vibrasion usulda qiya yuza titraganida zagotovka pastga suriladi, ikkinchi usulda esa podshipnik xalqasi tipidagi zagotovkalar ishqalanish kuchi ta’sirida ta’minlagich tomonga suriladi. Inqalanish kuchi xalqa sirti bilan tayanch roliklarda harakatlanayotgan taranglash tasmasi orasida hosil bo’ladi.

    6.11-rasm. Pnevmatik bunker sxemasi.
    Zagotovkalarni novdan bevosita dastgoh shlindeliga yoki nazorat avtomatning o’lchov pozitsiyasiga uzatish uchun ta’minlagichlar deb ataladigan mexanizmlardan foydalaniladi (6.11-rasm). Ta’minlagichda qamragich bo’lib, u orientirlangan zagotovkani oladi va uni ish pozitsiyasiga o’rnatadi. Ta’minlagich mexanizmining shakli va konstruksiyasi juda hilma-hildir. Harakat harakteriga ko’ra ta’minlagichlar qaytma-ilgarilama, tebranma, aylanma va kombinatsiyalangan tarzda harakatlanadigan ta’minlagichlarga bo’linadi. 6.11rasm a da qaytma-ilgarilama va aylanma harakatlanadigan ta’minlagichlar ko’rsatilgan.
    Ba’zan taxlama yuklash qurilmalari yuklash qurilmalarining ayrim turiga ajratiladi. Bundan qurilmalarda ham, magazinli qurilmalardagi kabi zagotovkalar bir-birining ustiga qo’lda taxlanadi. Qurilma (6.11-rasm) idish 1, qamragich 2, ta’minlagich 4 va yig’gich 3 dan to’zi lgan. Idishning pastki qatoridagi zagotovkalar qamragich yordamnda yig’gichga, u erdan ta’minlagnchga va avtomatning ish zonasiga tushadi.
    Bunker diametri detallarning o’lcham va kostruksiyasi hamda bir martalik yuklanish qiymatidan kelib chiqib tanlanadi. Bir biriga mexaniq kiyishib va ulanib qolmaydigan detallar uchun silindr bunkerning ichki diametri quyidagiga teng
    1,5..2Q¢ðòWT
    812lä Dâ
    Hç (6.3)
    bu yerda Qo’rt – yuklash qurilmasining hisoblangan unumdorligi; Qo’rt=62 dona,

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




    Download 13,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish

    Download 13,28 Mb.