• Tugmalar ( buttons )
  • Bayroqchalar ( chekboxes )
  • Menyular ( menus )
  • Fayl selektori ( file selest )
  • Formalarga doir misol




    Download 52,87 Kb.
    Sana15.03.2017
    Hajmi52,87 Kb.
    #122

    6-Labaratoriya mashg’uloti.

    Mavzu:Formalar bo’yicha Web sahifalar yaratish.

    HTML formalar, foydalanuvchilar tomonidan, ma’lumotlarni kiritish va kiritilgan ma’lumotlardan keyinchalik foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Formalar – matnli oynalar, tugmalar, bayroqchalar, ulagich(pereklyuchatel)lar va menyular kabi boshqariladigan elementlardan tashkil topishi mumkin. Formalar va teglari orasida joylashadi.

    Ba’zi xollarda foydalanuvchi bilan brauzer о‘rtasida aktiv muloqat qilishga tо‘g‘ri keladi, ya’ni ma’lumotlarni kiritishga va tahrir qilishga tо‘g‘ri keladi. Bunday hollarda biz yuqorida aytganimizdek HTML hujjatning formalar deb ataluvchi bо‘limidan foydalanamiz. Foydalanuvchi yuqorida kо‘rsatilgan formalarni ma’lumotlar bilan tо‘ldiradi va uni qayta ishlash uchun serverga jо‘natadi. Server bu odatda Web-server yoki elektron pochta serveri bо‘lishi mumkin.

    Elementning boshlang‘ich qiymati uning birinchi hosil qilinishida yoki uning qaytadan о‘rnatilishida (initsializatsiya) ekranda tasvirlanadi. Keyinchalik foydalanuvchi bu qiymatlarni о‘zgartirishi mumkin. Foydalanuvchi tomonidan tо‘ldirilgan formaning qiymatlari «nom=qiymat» juftlik kо‘rinishida qayta ishlanish uchun jо‘natiladi.

    HTML formalar quyidagi boshqariladigan elementlardan foydalanadi:

    Tugmalar (buttons)

    Uchta turdagi tagmalar mavjud:



    • Jо‘natuvchi tugmalar – bu tugmalar yordamida formalar serverga qayta ishlash uchun jо‘natiladi.

    • Inkor etuvchi tugmalar – bu tugma bosilsa formaning hamma qiymatlari qaytadan boshlang‘ich xolatiga о‘rnatiladi.

    • Umumiy tugmalar – bunday turdagi tugmani bosganda shu tugmaga bog‘langan protsedura ishga tushadi.

    Bayroqchalar (chekboxes)

    Bayroqcha – bu ikkita (tanlangan yoki tanlanmagan) holatga ega bо‘ladigan element. Bayroqchalar input elementi yordamida hosil qilinadi.



    Ulagichlar (radiobuttons)

    Ulagichlar ham bayroqchalarga о‘xshaydi, ammo bitta farqi shundaki hamma elementlari bitta nomga ega bо‘ladi va shulardan bittasi tanlanadi. Ulagichlar ham input yordamida tashkil qilinadi.



    Menyular (menus)

    Menyu foydalanuvchiga bir nechta variantlardan bir yoki bir nechtasini tanlash imkoniyatini yaratadi. Menyu selest elementi yordamida optgrup va option lar bilan birgalikda tashkil qilinadi.



    Matn kiritish maydoni (text input)

    Matnni foydalanuvchi tomonidan kiritilishini amalga oshiruvchi ikkita element mavjud. input elementi bitta qatorli kiritishni ta’minlaydi. textarea – kо‘pqatorli kiritishni amalga oshirish uchun ishlatiladi.



    Fayl selektori (file selest)

    Bu element yordamida biz serverga yuboradigan faylni tanlaymiz. Fayl selektori ham input elementi yordamida amalga oshiriladi.



    10.2.
    teglari

    Formalar tashkil qilish form elementi yordamida amalga oshiriladi va biz uning umumiy kо‘rinishi bilan tanishib chiqamiz.

    Umumiy kо‘rinishi:

    Sintaksis : <FORM>… (Blokli element)



    Atributlar: id, class, style, title, lang, dir,xodisa

    action = URL (formalarni qayta ishlash uchun kо‘rsatilgan URL manzil)

    method = get | post (formalardagi ma’lumotlarni jо‘natish uchun HTTP metodi)

    enctype = fayl tipi(formaga murojat qilish uchun)

    accept = fayllar tiplari (bо‘lishi mumkin bо‘lgan fayllar tiplari)

    accept-charset = kodlashtirishlar (bо‘lishi mumkin bо‘lgan simvollarni kodlash usullari)

    name = CDATA (ssenariya uchun forma nomi)

    target = freym (natijalarni hosil qilish uchun freym)

    onsubmit = ssenariya (formani jо‘natish)

    onreset = ssenariya (formani qaytadan о‘rnatish)
    Misol 10_1.





    Formalarga doir misol















    erkak


    ayol






    Download 52,87 Kb.




    Download 52,87 Kb.