|
I BOB.
Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida avtomatik nazorat qilish tizimini taxlil qilish
|
bet | 3/15 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,83 Mb. | | #239918 |
Bog'liq Neft mahsulotlarini sathini, bosimini va temperaturasini avtomatikI BOB.
|
Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida avtomatik nazorat qilish tizimini taxlil qilish
|
|
1.1.
|
Neft sanoatining rivojlanishi
|
|
II BOB.
|
Avtomatlashtirilgan texnologiyada ishtirok etuvchi qurilmalarni printsipial sxemalarini taxlil qilish
|
|
2.1.
|
Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnologik qurilmalardagi elektron boshqarish tizimlarini taxlili
|
|
2.2.
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni birlamchi temperatura datchiklari
|
|
III bob.
|
Neft mahsulotlarini sathini, bosimini va temperaturasini avtomatik nazorat qilish tizimini loyihalash
|
|
3.1.
|
Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasida elektron qurilmalar va ularni programmalashtirish tizimi (Trase Mode 5)
|
|
3.2.
|
Mikroprotsesssorli elektron qurilmalarni dasturiy ta’minoti va dasturlash
|
|
3.3.
|
Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini modernizatsiyalash bilan energiya tejamkorlikkka erishish xisob ishlari
|
|
3.4.
|
ENI-100 bosim datchiklarini bug` ishlab chiqarish tizimida qo'llash
|
|
3.5.
|
Bug` ishlab chiqarish tizimida bosim datchiklarini qo'llash
|
|
|
Hulosa
|
|
|
Adabiyotlar ro’yxati
|
|
KIRISH
O’zbekistondagi neft va gazni qayta ishlash sohasini vujudga kelishiga nazar solsak, XIX – asr oxirida Farg’ona vodiysida ochilgan dastlabki konlar asosida 1904-1906 yillarda O’zbekistonda birinchi Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishidan boshlangan. Zavod asosan neftni birlamchi qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, hozirgi vaqtdagi ishlab chiqarish quvvati yiliga 1.5 mln.tonnani tashqil etadi. Hozirda zavodda neft maxsulotlarini 50 dan ortiq xili ishlab chiqariladi. [1]
Jamiyat taraqqiyoining ob’ektiv qonuniyatlari biri ishlab chiqarishni energiya bilan ta’minlash darajasi tinmay o’sib borishini taqazo etishidir. Bunda texnik taraqqiyotning ko’pgina yo’nalishlari ishlab chiqarishda energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirishga, ya’ni energiya tejamkorligiga qaratiladi. Ishlab chiqarish sanoatini yangilash va modernizatsiyalashga tashqi investitsiyani, yangi texnologiya va qurilmalarni ishab chiqarishga joriy etilishi muxim axamiyatga ega bo’ladi.
Respublika iqtisodiyotini rivojlanishida yoshlar ham jaxon xamjamiyatidan ortda qolmagan xolda o’z izlanishlari, o’quv maxorati bilan xissa qo’shmoqda. Xozirgi davrga kelib barcha maxsus programmalar, elektronika, mikroelektoronika va qolaversa nanotexnalogik qurilmalari yuqori darajadagi texnologiyalarga tayangan bo’lib, ularni yoshlar mustaqil o’rganib, ilm fan miqyosida yangiliklar yaratishga xarakat qilmoqda.
Ishlab chiqilgan loyixa, kompyuterli avtomatika soxasiga ta’luqli bo’lib, korxona ish unimdorligini oshiribgina qolmasdan bevosita, iqtisodiy saloxiyatini ortirishga xizmat qiladi. Neft mahsulotlarini sathini, bosimini va temperaturasini avtomatik nazorat qilish tizimini loyihalash mavzusida kurs loyihasida texnologik jarayon tavsifi, o’lchov va nazorat qilish qurilmalari bo’yicha tahliliy ma’lumotlar keltirilib, neftni qayta ishlash zavodlarida neftga birlamchi ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirish bo’yicha ishlar bajarilgan.
1-Bob. Texnologik bug` tushunchasi
Bug’ sanoatning turli sohalarida qo'llaniladi. Bug'ni qo'llashning umumiy sohalari, masalan, zavod va fabrikalarda bug' bilan isitiladigan jarayonlar, elektr stansiyalardagi Bug’ turbinalari bo'lishi mumkin, ammo uni ishlatish bu bilan cheklanmaydi.
Bug’ uchun sanoat maqsadlarida foydalanishning bir necha tipik usullari mavjud:
Isitish / Sterilizatsiya
Harakat / harakatlantiruvchi kuch
Ish maydoni
Atomizatsiya
tozalash
Nemlendirici
Namlik bilan to'yinganlik
Keyinchalik, biz bug'ning turli xil qo'llanilishi haqida gapiramiz, shuningdek, bug' uskunasiga bir nechta misollar keltiramiz va ko'rsatamiz.
|
| |