|
Avtomatik boshqarish sistemalari
|
bet | 8/15 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,83 Mb. | | #239918 |
Bog'liq Neft mahsulotlarini sathini, bosimini va temperaturasini avtomatikAvtomatik boshqarish sistemalari. Boshqariluvchi ob’ekt (rostlanuvchi ob’ekt) – bu shunday qurilmaki, uni talab qilingan ish rejimi tashqaridan maxsus tashkil etilgan boshqaruvchi ta’sirlar orqali ushlab turiladi. Boshqarish – boshqariluvchi ob’ektni talab qilingan ish rejimini ta’minlovchi boshqaruvchi ta’sirlar xosil qilishdir. Rostlash – boshqarishni bir ko’rinishi bo’lib, u boshqariluvchi ob’ektni chiqish miqdorini ma’lum qiymatini ushlab turishdir. Avtomatik boshqarish – bu odam ishtirokisiz boshqarish demakdir. Boshqaruvchi qurilma – (avtomatik boshqarish qurilmasi) bu belgilangan ish rejimini ta’minlash uchun boshqariluvchi ob’ektga ta’sir ko’rsatuvchi qurilma. Avtomatik sistema – AS (ABS, ARS) – o’zaro ta’sirlanuvchi boshqariluvchi ob’ekt va boshqaruvchi qurilma yigindisi.
Ta’sirlar va signallar.
Tashqi ta’sir – tashqi muxitni avtomatik sistemaga ta’siri. Ichki ta’sir – avtomatik sistemani bir qismini boshqa qismiga ta’siri. Boshqaruvchi ta’sir (U, u)–boshqaruvchi qurilmani boshqariluvchi ob’ektga ta’siri. Nazorat ta’siri – boshqariluvchi ob’ektni boshqaruvchi ob’ektga ta’siri. Topshiriq ta’siri (X ,x) – avtomatik sistemani kirishiga rejalashtirilgan ta’sirni xarakterlovchi kattalik. CHiqish (boshqariluvchi, rostlanuvchi) koordinatlari (U, u) – rostlanuvchi ob’ekt xolatini belgilovchi kattaliklar. Quzgatuvchi ta’sirlar (pomexi) – F, f, N ,n – avtomatik sistemani tashqi muxit bilan o’zaro ta’siri natijasida xosil bo’lib, chiqish koordinatalarini rejasiz o’zgarishiga olib keladigan ta’sirlar.
III. BOB. Texnologik bug` ishlab chiqarishda bosim va sarf datchiklarini qo`llanilishi
3.1. Texnologik bug`ishlab chiqarish texnologiyasida elektron qurilmalar va ularni programmalashtirish tizimi (Trase Mode 5)
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda qo’llanilgan instrumental programma paket xisoblangan Rossiyada faoliyat ko’rsatayotgan “AdAstra” guruxi tomonidan yaratilgan «TRACE MODE» programma paketini maksad va imkoniyatlari tug’risida to’xtalmoqchimiz. CHunki biz loyixalagan va xozirda mamlakatimizni bir necha korxonalarida qo’llanilayotgan avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari shu paket yordamida amalga oshirilgan.
«TRACE MODE» programma paketini xozirgacha bir necha versiyalari mavjud. «4.10» versiyagacha bo’lgan paketlar DOS muxitida, keyingi «5.0» versiyadan boshlab esa Window muxitida ishlaydi.
«TRACE MODE»programma paketi kompleks programma bo’lib u, texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalarini yaratish, sozlash va real vaqtda ishga tushirshni taominlaydi. «TRACEMODE» paketi tarkibiga kiruvchi programmalar ikki gruxga bulinadi:
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sistemalari (TJ ABS) ni loixalash instrumental sistemasi;
TJ ABS ni bajarish moduli(runtime).
Instrumental sistema o’z ichiga uchta redaktorni oladi.
Ular quydagilar:
Kanallar bazasi redaktori;
Ma’lumotlarni ifodalash redaktori;
SHablonlar redaktori.
Bu programmalar yordamida texnologik jarayonlarni borishini kompyuter ekranida ifodalash(vizualizasiya), real ma’lumotlar bazasini tashkil etish, texnologik jarayonlarni boshqarish, olingan ma’lumotlarni boshqarish, texjarayonni vaqt bo’yicha arxivini tashkil etish va zaruriy ko’rinishlarda xisobot formalarini tayyorlash kabi operasiyalar amalga oshiriladi.
Instrumental sistemalar bir biridan kayta ishlay oladigan informatsiya olish va chiqarish umumiy nuktalari soni bilan farqlanadi. Litsenzion programmalar bitta prektda(avtomatlashtirilgan sistemada) informasiya kirish-chiqish kanallar soni 128, 1024talik bo’ladi.
Bu yerda kirish signallari(nuktalari) deyilganda avtomatlashtirilgan sistemani texnologik jarayondagi qurilmalarda foydalanilayotgan datchiklaridan olinadigan signallar tushiniladi. CHiqish signallari deyilganda texnologik jarayonda qo’llanilayotgan bajaruvchi mexanizimlarga va o’lchov asboblariga yuborilayotgan signallar tushuniladi. Datchiklarga temperaturani sezuvchi qurilmalar: termopara, termoqarshilik; bosimni, bosimlar farqini, vakumni sezuvchi qurilmalar – sapfir va metranlar; biror qurilmani ishlayotgan yoki ishlamayotganligi to’g’risida signal beruvchi rele qurilmalari kiradi
|
| |