|
Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi “Sohaning texnoligik o’lchashlari va asboblari” fanidan
|
bet | 3/9 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 2,09 Mb. | | #272589 |
Bog'liq xxxxxxxxxxxxxxxNAZARIY QISM.
1.1O‘lchash. O‘lchash usullari haqida ma’lumotlar.
O‘lchash — fizik kattaliklar qiymatlarini tajribada maxsus texnik vositalar yordamida aniqlash.Ko‘p hollarda o‘lchash jarayonida o‘lchanayotgan kattalikni shunday fizik kattalik bilan takqoslanadiki, unga 1 ga teng bo‘lgan qiymat beriladi va u fizik kattalik birligi yoki o‘lchov birligi deyiladi.
O‘lchash natijasi — kattalikning o‘lchash usuli bilan, masalan, kattalikni o‘lchov birligi bilan taqqoslash yordamida topilgan qiymatidan iborat. O‘lchash natijasini tenglama ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:
(1)
bu yerda, Q—o‘lchanayotgan fizik kattalik, U — o‘lchash natijasi yoki o‘lchanayotgan kattalikning son qiymati, q — fizik kattalik birligi.
tenglama o‘lchashning asosiy tenglamasi deyiladi. Uning o‘ng tomoni o‘lchash natijasi deb yuritiladi. O‘lchash natijasi doimo o‘lchamli kattalik bo‘lib, u o‘z nomiga ega bo‘lgan q birlikdan hamda ayni birlikdan o‘lchanayotgan kattalikda nechta borligini anglatadigan U sondan tashkil topgan.O‘lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita, bilvosita, birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullari yordamida topiladi. Laboratoriya amaliyotida va ilmiy tekshirishlarda birlashtirib va birgalikda o‘lchash usullaridan foydalaniladi.Bevosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma’lumotlaridan bevosita aniqlanadi. Masalan, haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan, uzunlikni chizg‘ich bilan o‘lchash va hokazo bevosita o‘lchashdan iborat.
Bevosita o‘lchash tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
(2)
bu yerda, Qbev — o‘lchanayotgan kattalnkning uning uchun qabul qilingan o‘lchov birliklaridagi qiymati; S—raqamli hisoblash qurilmasi shkalasi bo‘linmalarining yoki bir marta ko‘rsatishining o‘lchanayotgan kattalik birliklaridagi qiymati; n — shkala bo‘linmalarining hisobida indikatorli qurilma bo‘yicha olingan sanoq.
Bilvosita o‘lchash deb shunday o‘lchashga aytiladiki, unda o‘lchash natijasi o‘lchanayotgan kattalik bilan ma’lum munosabat yordamida bog‘langan kattaliklarni bevosita o‘lchashga asoslangan bo‘ladi. Bilvosita o‘lchash tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
(3)
bu yerda, Qbil. — o‘lchanayotgan kattalikning izlangan qiymati; Q1,Q2,…,Qnbev — bevosita o‘lchanadigan kattaliklarning son qiymatlari.
Bilvosita o‘lchashga o‘tkazgichning solishtirma elektr qarshiligini uning qarshiligi, uzunligi va kundalang kesimini yuzi bo‘yicha topish; modda zichligini uning massasi va xajmini o‘lchash natijasi bo‘yicha topish va boshqalar misol bo‘la oladi. Bilvosita o‘lchashlar bevosita o‘lchashlarning iloji bo‘lmagan ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda keng qo‘llanadi.Birlashtirib o‘lchash bir necha bir nomli kattaliklarni bir vaqtda o‘lchashdan iboratki, unda izlangan kattaliklarning qiymatlari bevosita o‘lchashda hosil qilingan tenglamalar tizimidan topiladi.Bir vaqtda ikki yoki bir necha nomli turli kattaliklarni, ularning orasidagi funksional munosabatlarni topish uchun olib borilgan o‘lchashlar birgalikda o‘lchash deyiladi. Jumladan o‘lchash rezistorining 20°S dagi elektr qarshiligi va harorat koeffitsientlari uning qarshiligini turli haroratlarda bevosita o‘lchash ma’lumotlari bo‘yicha topiladi.O‘lchashlar yana mutlaq va nisbiy o‘lchashlarga bo‘linadi.Bitta yoki bir necha asosiy kattaliklarni fizik konstantalar qiymatlaridan foydalanib yoki foydalanmasdan bevosita o‘lchash mutlaq o‘lchash deb ataladi. Masalan, shtangensirkul yordamida bajarilgan o‘lchashlar mutlaq o‘lchashdir, chunki unda o‘lchanayotgan kattalik qiymatini bevosita olinadi.Biror kattalikning shu ismli birlik vazifasini bajarayotgan kattalikka nisbatini o‘lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattalik deb qabul qilingan kattalik bo‘yicha o‘lchash nisbiy o‘lchash deb ataladi. Masalan, haroratni termoelektr effektdan foydalanishga asoslangan o‘lchash yoki massani tortish usuli bilan, ya’ni massaga mutanosib bo‘lgan og‘irlik kuchidan foydalanish usuli bilan o‘lchash nisbiy o‘lchashdan iborat. Nisbiy o‘lchashdan katta aniqlik zarur bo‘lgan hollarda foydalaniladi.O‘lchashlar o‘lchash asosini aniqlab beradigan fizik hodisalarga asoslanib olib boriladi. Masalan, moddaning kengayishi bo‘yicha haroratni o‘lchash, muvozanatlashtiruvchi suyuqlik ustunining ko‘tarilishi bo‘yicha siyraklanish (vakuum)ni o‘lchash. O‘lchashning biror asosini amalga oshirish uchun turli texnik vositalar qo‘llaniladi. O‘lchashlarda qo‘llaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega bulgan texnik vositalar o‘lchash vositasi deyiladi. O‘lchash asosi va vositasini belgilab beradigan usullar majmui o‘lchash usuli deyiladi.O‘lchashlarda bevosita baholash, differensial, o‘lchov bilan taqqoslash va nol (kompensatsion) usullar keng tarqalgan.Bevosita baholash usuli o‘lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o‘lchash asbobining hisoblash qurilmasi bo‘yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan, bosimni prujinali manometr bilan, massani siferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr bilan o‘lchash va hokazo. Bu usulda o‘lchash aniqligi uncha katta bo‘lmasa ham, o‘lchash jarayonining tezligi uni amalda qo‘llanishda tengi yuq usulga aylantiradi.Differensial usul o‘lchanayotgan va ma’lum kattaliklarning ayirmasini o‘lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning issiq o‘tkazuvchanligiga taqqoslash yo‘li bilan issiq o‘tkazuvchanlik bo‘yicha o‘lchash.G‘oyatda aniq o‘lchashlarda o‘lchov bilan taqqoslash usuli qo‘llanadi. Bunda o‘lchanayotgan kattalik o‘lchov yordamida topilgan kattaliklar bilan takqoslanadi. Masalan, o‘zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi normal element EYUK iga teng bo‘lgan taqqoslash kompensatorida o‘lchash yoki massani pishangli tarozlarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o‘lchash. Bu usul ta’sir etuvchi kattaliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.Nol (kompensatsion) usul o‘lchanayotgan kattalikni qiymati ma’lum bo‘lgan kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma’lum kattalikni o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan ko‘priklar va boshqalar nol usulga asoslangan asboblarga misol bo‘la oladi. Nol usul o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi.
|
| |