Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi “Sohaning texnoligik o’lchashlari va asboblari” fanidan




Download 2,09 Mb.
bet2/9
Sana26.09.2024
Hajmi2,09 Mb.
#272589
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xxxxxxxxxxxxxxx

5

5

5




To‘palangan













Komissiya raisi: _______________________________


Komissiya a’zolari: _______________________________
_______________________________

MUNDARIJA:


KIRISH......................................................................................................................
NAZRIY QISM……………………………………………………………………
1.1 O‘lchash. O‘lchash usullari haqida ma’lumotlar……………………….
1.2.O‘lchash xatoliklari haqida ma’lumotlar……………………………….
1.3. GAZLARNING TARKIBINI TAHLIL QILISH, va uning texnologik jarayonlardagi ahamiyati………..………………………………………………..
III. TEXNIK QISM………………………………………………………………
2.1. АКИП-9104 analizatorning ishlash prinsipi va qo‘llanilish sohalar…………………………………………………………………………...
2.2. АКИП-9104 analizatorning metrologik xarakteristikalarini o‘lchash diapazoni, aniqlik sinfi va yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarini hisoblash……..
2.3. АКИП-9104 analizatorning o‘rnatish uchun qo‘yiladigan talabla…………………………………………………………………
IV. Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki komponentlar yig‘indisi konsentratsiyasi haqida ma’lumot beradigan qurilmalardir. Gaz anlizatorlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida keng ishlatiladi. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e’tibor berilayotganligi munosabati bilan sanoat korxonalari chiqindilari tarkibidagi zarari qo‘shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish xonalari va atmosferadagi zararli qo‘shilmalar miqdorini nazorat qilishga mo‘ljallangan gaz analizatorlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish keskin kengaydi. Aholi yashaydigan hududlar havosining sifatini nazorat qilish uchun havoni ifloslantiradigan is gazi, azot qo‘shoksid, chang va boshqa shu kabi moddalar konsentratsiyasi o‘lchanadi.Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko‘pchiligi gaz aralashmalaridagi bitta komponentning konsentratsiyasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi aniqlanadigan komponent o‘lchanayotgan aralashmaning fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va konsentratsiyasidan qat’i nazar, ularning xossalariga ta’sir qilmaydi va aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko‘p komponentli gaz aralashmalarining tashkil etuvchilarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan gaz analizatorlari ham mavjud.Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (tahlil qilish usuli), tahlil qilinayotgan muhitning xossalari, aniqlanayotgan komponentlar soni, ishlanish turi, chiqish signalini unifikatsiyalash usuli va o‘lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga ko‘ra tasniflanishi mumkin.Eng oddiy holda namunani o‘zgartirmasdan tahlil qilish mumkin, bu erda, tahlil qilinayotgan aralashma tarkibi to‘g‘risida o‘lchanayotgan parametrga qarab bevosita xulosa chiqariladi. Tahlil qilishda namunani o‘zgartirish analitik o‘lchash tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. Namunani o‘zgartirish uchun fizik usullardan ham, kimyoviy usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga ta’sir qilish uning fizik xossalarini tubdan o‘zgartirib yuborsa, bunday o‘zgartirish fizik o‘zgartirish deb ataladi. Agar namunaga ta’sir qilish uning tarkibining tubdan o‘zgarishiga olib kelsa, u kimyoviy o‘zgartirish deb ataladi.Gaz analizatorlari hajmiga nisbatan %, g/m3, mg/l larda darajalanadi. Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining foiz hisobidagi miqdori harorat va bosim o‘zgarganida doimiyligicha qoladi.Gaz analizatorlari tarkibiga datchik va chiqish signallarini o‘lchagichdan tashqari, asbobning normal ishlashini ta’minlovchi bir qancha qurilmalar ham kiradi. Asosiy, yordamchi qurilmalar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, tozalovchi, uzatuvchi va tahlilga tayyorlovchi qurilmalardir.Gaz analizatorlarining mavjud tasnifi aralashmaning aniqlanadigan komponentlarining konsentratsiyasini o‘lchashga asos qilib olingan fizik-kimviy xossalarga asoslanadi.Quyida sanoatda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.


Download 2,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi “Sohaning texnoligik o’lchashlari va asboblari” fanidan

Download 2,09 Mb.