• Tanani orqadan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish.
  • Tanani old tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish.
  • Raqibni yelka uzra yerga uloqtirish.
  • 3-savol
  • Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi O’tiladigan




    Download 144,51 Kb.
    bet49/54
    Sana12.12.2023
    Hajmi144,51 Kb.
    #117104
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
    Bog'liq
    Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi-fayllar.org
    Zachotka pul, Amaliy 1
    III. Yangi mavzuni tushuntirish.

    Reja: 1) Tanani orqadan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish.

    2) Tanani old tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish.

    3) Raqibni yelka uzra yerga uloqtirish.
    Tanani orqadan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish.
    Tananing orqadan tutilishi. Tovon bilan dushman oyoqlari orasiga zarba beriladi.
    Qo‘llarini yuqoriga keskin harakatlantirib, dushman siquvidan xalos bo‘linadi va raqib qo‘lidan mahkam tutgan holda uni yelka uzra yerga qulatiladi.

    Tanani old tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish.
    Tananing old tomondan tutilishi. Tizza bilan dushman oyoqlari orasiga zarba beriladi. Tana biroz pastga tushiriladi-da, keskin siltanish bilan dushman qo‘llari siquvidan xalos bo‘linadi. Shundan so‘ng, oyoq bilan takror zarba beriladi.
    Raqibni yelka uzra yerga uloqtirish.
    Dushman qo‘lidan tutib, kuch bilan siltab o‘zingizga tortasiz. Ayni paytda, raqib tomonga orqangiz bilan tez aylanib, uning qo‘lini qattiq tortib, yelkangiz ustiga o‘rnatasiz va oyoqlarni biroz bukasiz. Oyoqlaringizni keskin to‘g‘rilab, tos suyagingiz bilan raqib soniga zarba bergan holda uning oyoqlarini yerdan uzasiz. Qo‘llaringizni kuch bilan keskin siltab, raqibni yelkangiz uzra oshirib, yerga uloqtirasiz va unga og‘riq keltiruvchi harakatlarni amalga oshirasiz.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

    1-savol: Tanani orqadan tutib olgan dushman siquvidan qanday xalos bo‘linadi?

    2-savol: Tanani old tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish uchun qanday harakatlar amalga oshiriladi?

    3-savol: Raqibni yelka uzra yerga uloqtirish uchun qanday harakatlar amalga oshiriladi?

    V. Darsni yakunlash.
    O’quvchilar baholash.


    VI. Uyga vazifa.
    O’tilgan mavzuni o’qib kelish(CH.Q.B.T. Toshkent “ILM ZIYO”-2017. 179-180 betlar).
    Konspekt qilish.


    Download 144,51 Kb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




    Download 144,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi O’tiladigan

    Download 144,51 Kb.