• Granatani uloqtirish .
  • Granatalarni o ‘ qlash
  • Granatalarni uloqtirishga tayyorlash




    Download 144.51 Kb.
    bet6/54
    Sana12.12.2023
    Hajmi144.51 Kb.
    #117104
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
    Bog'liq
    Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi-fayllar.org
    Zachotka pul, Amaliy 1
    Granatalarni uloqtirishga tayyorlash
    Granatani uloqtirishdan oldin, trubkasidan probka burab olinadi, uning o‘rniga zapalni qo‘yib, burab oxirigacha qotiriladi. Zarbdor mexanizmning zapal qismi quyidagicha joylashadi: zarbdor mexanizm ko‘tarilib, boshlovchi dastakni yuqoridagi sanchiq qismidan ushlab harakatlanuvchi mexanizm trubkasining qo‘riqlash oldi chekiga birlashtiriladi. Qo‘riqlash oldi chekining oxiri ajratilib, zapaldan mahkam ushlanadi.

    Granatani uloqtirish. Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, bosh-lovchi dastakni granata korpusiga qadab, barmoqlar bilan qisiladi. Dastakni qo‘yib yubormagan holda halqani qo‘riqlash chekidan uzib, granatani ko‘zlangan nishonga uloqtiriladi. Halqani uzib olishda, zapal qism holatlari almashmaydi. Zarbdor yo‘naltiruvchi holatidan boshlovchi dastak qolishida zarbdor mexanizm trubkasi birlashishi bilan ajralib qoladi, lekin qo‘l barmoqlari bilan qisib olinadi. Granatani uloqtirish vaqtida boshlovchi dastak granatadan bo‘linib, zarbdor bo‘shab qoladi. Zarbdor mexanizm jangovar prujina yordamida harakatlanib, pistonni harakatlantiradi va uni tutashtirib yuboradi. Alanga uchqunlari pistonni alangalatish yo‘li bilan alangani kuchaytiradi va undan piston portlagichga ulanadi. Piston kuchli alangalanib, granatani alangalatuvchi zaryadning portlashiga olib keladi. Granata korpusi ko‘tarilib, portlashida parchalar turli tomonlarga tarqaladi. Granatalarni uloqtirish va joylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: uloqtirishgacha tayyorlash hamda granatani uloqtirish. O‘quv mashg‘ulotlarida jangovar granatani uloqtirish paytida po‘lat shlem kiyish tavsiya qilinadi.

    Granatalarni oqlash «Granatalar tayyorlansin» komandasi orqali amalga oshiriladi. Jang vaqtida esa mustaqil harakat qilinadi. Granatani o‘qlash uchun granatalar saqlanadigan sumkadan granatani chap qo‘l bilan olib, o‘ng qo‘lda korpus trubkasini burab, qopqoq chiqarib olinadi. So‘ngra granatani chap qo‘lda ushlab, o‘ng qo‘l bilan sumkadan zapal olinadi. Zapal markazdagi trubkaga aylantirilib, oxirigacha qotirib buralgandan keyin granata otishga tayyor bo‘ladi. Parchalanuvchi qo‘l granatalarini uloqtirish har xil sharoitda bajariladi. Ya’ni tik turgan holda, tizzada o‘tirgan yoki yotgan holatda, shuningdek, BMP (BTR)larda harakat chog‘ida va piyoda hujumga o‘tilganda bajariladi. Granatani uloqtirish uchun qulay joy tanlashni hisobga olish kerak. Chunki uloqtiriladigan granataning mo‘ljalga tushishi uchun daraxt shoxlari, baland o‘sgan o‘simliklar, simlar va boshqa holatlar granatani otishga xalaqit berishi mumkin. Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, barmoqlar bilan boshlovchi dastakni va korpusni qisgan holda boshlovchi qattiq qisishni davom ettirib, boshqa qo‘l bilan qo‘riqlash oldi chekini to‘g‘rilab halqani uzib, nishonga uloqtiriladi (mudofaa uchun qo‘llaniladigan granatalar uloqtirilgandan keyin pana joyga o‘tib, yashirinish lozim bo‘ladi). Granatani uloqtirish jarayonida qadam tashlab yoki yugurib harakatlanish zarur. Granatani o‘ng qo‘lda yarim bukilgan holda ushlab va qurolni chap qo‘lga olib, qo‘riqlash oldi cheki olib tashlanadi. Chap oyoqda qadam tashlanganda, qo‘l granata bilan oldinga, pastga harakat qilinib, o‘ng oyoqda ikkinchi qadamni tashlab harakat qilgan holatda, qo‘lni pastdan yoysimon tutib, granata korpusini o‘ng tomonga qaratib, uchinchi qadam tashlashda chap oyoqni mo‘ljallangan to-monga qo‘ygancha, o‘ng oyoqning tizza qismini egib, korpus burilish holatini yakunlab, qo‘l aylantiriladi. Qadam tezligini oshirib, harakatni jamlagan holda granata korpusi uloqtiriladi. Okop va transheyalarda granatani uloq-tirishda, qurolni okop tepasidagi tuproq uyumi ustiga qo‘yib, granata o‘ng qo‘lga olinadi. Belni eggan holda har ikki oyoqni erkin egib, o‘ng qo‘lni granata bilan oxirigacha qaytarib, chap qo‘lga tayangancha, granatani nishonga to‘g‘rilab uloqtiriladi. So‘ng o‘zi tezlik bilan panaga yoki okopga yashirinadi. Okop va transheyalarda joylashgan dushman kuchlarini yakson etish maqsadida granatani ufqning uchburchak tomoniga o‘rtacha 35°—45° da to‘g‘ri harakatlanishiga keltirib uloqtirish lozim. Chunki granata mo‘ljal-langan joyga aniq tushishi va trayektoriya (harakatlanish yo‘li)ga kamroq zarar yetkazib, atrofga kamroq sochilishi kerak.

    Download 144.51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Download 144.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Granatalarni uloqtirishga tayyorlash

    Download 144.51 Kb.