Avtomobil agregatlarining avtomatik elektron boshqarish tizimlari




Download 476.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.05.2023
Hajmi476.7 Kb.
#61957
  1   2   3   4
Bog'liq
13-мавзу
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari


168 
AVTOMOBIL AGREGATLARINING AVTOMATIK ELEKTRON 
BOSHQARISH TIZIMLARI 
 
7.1. UMUMIY MA’LUMOTLAR 
 
XX asrning oxirida elektronika va mikroprotsessor texnikasining katta sur’atlar bilan 
rivojlanishi, ularning avtomobillarda keng joriy qilinishiga, xususan dvigatel, 
transmissiya va qo‘shimcha jihozlarning ishini elektron boshqarish tizimlarinini (EBT) 
yaratilishiga olib keldi. Elektron boshqarish tizimlarning qo‘llanilishi yonilg‘i sarfini va 
chiqindi gazlarning zaharliligini kamaytirish, dvigatel quvvatini va avtomobil xavfsizlik 
darajasini oshirish, haydovchining ishlash sharoitlarini yaxshilash imkoniyatini beradi. 
Oxirgi yillarda dunyoda sodir bo‘layotgan energetik va ekologik tanglik ko‘pgina 
rivojlangan mamlakatlarda avtomobil chiqindi gazlarining toksinligini va yonilg‘i sarfini 
cheklovchi me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi elektron boshqarish tizimlarining 
kengroq qo‘llanilishiga kuchli turtki bo‘ldi. Chunki, bu me’yoriy xujjatlarga ko‘ra, 
dvigatelning deyarli barcha ish rejimlarida yonilg‘i aralashmasi stexiometrik tarkibda 
ushlab turilishi, majburiy salt ishlash rejimida dvigatelga yonilg‘i uzatilishining 
to‘xtatilishi, o‘t oldirish yoki yonilg‘i purkash daqiqasini aniq va optimal rostlanishi talab 
qilinadi. O‘tkazilgan ko‘p ilmiy tadqiqotlar yuqoridagi talablarni faqat elektron 
boshqarish tizimlari yordamida amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. 
Dvigatellarning elektron boshqarish tizimlaridan eng keng tatbiq topganlari - yonilg‘i 
purkash va o‘t oldirish (benzinli dvigatellarda) jarayonlarini boshqarishdir. Bu 
boshqarish tizimlari mustaqil va birgalikda ishlashi mumkin. Zamonaviy benzinli 
dvigatellarga o‘rnatilayotgan elektron boshqarish bloklari yonilg‘i purkash jarayonini 
boshqarish bilan birgalikda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini belgilash, majburiy salt 
ishlash ekonomayzeri va konditsioner ishini boshqarish kabi bir qator qo‘shimcha 
vazifalarni ham bajaradi. 
Elektron boshqariluvchi antiblokirovkali tormoz tizimi sirpanchiq yo‘lda 
avtomobilning tormozlanish masofasini deyarli ikki marta qisqartiradi va uning yoni bilan 
surilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu og‘ir ob-havo sharoitlarida(yomg‘ir, qor, yaxmalak) 
ko‘p yo‘l-transport hodisalarining oldini oladi. 
Elektron boshqarish tizimi qo‘shimcha jihozlardan oynatozalagich, burilish relesi
avtomobil darakchilarining ishini va bosh yoritish faralarning holatini ham boshqaradi. 

Download 476.7 Kb.
  1   2   3   4




Download 476.7 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil agregatlarining avtomatik elektron boshqarish tizimlari

Download 476.7 Kb.
Pdf ko'rish