MEXATRONIKA TIZIMLARINI AVTOMOBIL TRANSPORTLARIDA QO`LLASH
Reja:
Mexatronika tizimlarni avtomobil transportida qo`llash.
Avtomobillarning aktiv xavfsizlik tizimlari.
Avtomobillarning passiv xavfsizlik tizimlari.
Tayanch so’zlar: Avtomobil ; avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimi (AVSM); avtiv va passiv xavfsizlik tizimi; tormozni antiblokirovkalash tizimi (ABS); intellektual kruiz-kontrol tizimi (ICCS); ob- havo datchigi; avtomobil xavfsizlik podushkasi (airbag)
4.1. Mexatronika tizimlarni avtomobil transportida qo`llash
Yerusti transport vositalari ichida eng kompyuterlashgani bu avtomobil transportidir (transportlovchi robotlar bu yerga kirmaydi).
Avtomobil (yunon.
autos - o`zim va lot.
mobilis - harakatchan) o`z dvigateli bilan oson harakatlanadigan g'ildirakli yoki yarim gusenitsali rel ssiz transport mashinasidir .
Hozirgi vaqtda yengil avtomobilning 40% narxini elektron komponentlar va dasturiy ta`minot egallaydi. Avtomobillarda texnik yangiliklar kiritishning 90% ni elektron sistemalar tashkil qiladi. Preiyum klassdagi yengil mashinalarda 70
tagacha protsessorlar mavjud, elektron tizimining 50 dan 70% xarajatini dasturiy ta`minot tashkil qiladi. Amalda zamonaviy avtomobil - bu kompyuter, faqatg’ildirakli.
5.1-rasmda zamonaviy avtomobil va uning asosiy boshqarish tizimlari ko`rsatilgan.
Ana shu elektron tizimlarning asosini мexatronika tizimlari (MT) ташкил қилади.
Avtomobil bozoridagi kuchli raqobat mutaxassislarni yangi zamonaviy texnologiyalarni qo`llashga majbur etadi.
Zamonaviy avtomobil MTlari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
Dvigatelni boshqarish;
Uzatmalar korobkasini boshqarish;
Harakat xavfsizligini ta`minlash (tormoz, diagnostika, xavfsizlik podushkalari, kruiz-kontrol, navigatsiya tizimi va h.k.)
Qulaylikni yaratish (klimat-kontrol , audio- va videotizimlarni avtomatik boshqarish) va h.k.