4.2. Avtomobillarning aktiv xavfsizlik tizimi (AAXT)
AAXTning asosiy vazifasi avariyali vaziyatlarning oldini olish hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, AAXTning vazifasi xavfli vaziyatlarni ― his qilish‖ va to`qnashuvlarning
oldini olish, yoki, minimum, tezlikni kamaytirishdir.
AAXTning
asosini tormozni antiblokirovkalash tizimi (ABS) tashkil qiladi. Yangi avtopilotlar qo`llanilayotgan bir paytda ABS juda oddiy bo`lib va uning himoyalash xususiyati juda past bo`lib ko`rinishi mumkin. Lekin bu xato fikr hisoblanadi. Shu kunlarda ABSning boshqarish tizimi va datchiklari boshqa elektron tizimlarning asosi bo`lib kelmoqda. Yillar bo`yicha ABS yangi qo`shimcha modullar bilan ta`minlanib
kelinmoqda, chunki aktiv xavfsizlik ABSdan boshlanadi.
Tormozlashda g’altaklarning blokirovkasi bilan 100 yil oldin kurashish boshlangandi. Bu muammoni boshlanishida temir yo`llarda sezdilar (g’altagi blokirovkalangan vagonlar rel sdan tushib ketish holatlari bor edi). XX asr o`rtasida tormozlashda g’altaklar blokirovkalashini oldini olish sistemalari aviatsiyada keng tarqaldi. Birinchi marta seriyali
ishlab chiqarilgan elektronli ABSi bo`lgan avtomobil 1978 yilda S-klassdagi Mercedes (W116) avtomobili bo`ldi.
2 http://systemsauto.ru/passive/passive.html