|
-rasm. Ultratovushli datchiklarni o`rnatish sxemasi
|
bet | 6/7 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #102405 |
5.6-rasm. Ultratovushli datchiklarni o`rnatish sxemasi
5.7-rasm. Avtomatik parkovkalash sxemalari
Xo`sh avtomobilda ideal holatda qancha ―ko`rish organlari‖ bo`lishi kerak? Eng rivojlangan tizim hozircha Tesla avtomobillarida mavjud. Unda aylana bo`yicha ko`rish uchun 8 ta videokamera (uchtasi oldinga qaraydi: asosiysi
mashinadan 150 m masofani ko`radi, ikkinchisi – 250 m ni va uchinchisi katta burchakni ko`radigan kamera 60 m ni ko`ra oladi). Yon va orqa tomonlarda yana 5 ta kamera joylashgan. Bundan tashqari 160 m masofani ko`ra biladigan asosiy radar va mashina atrofi bo`yicha joylashgan 12 ta ul tratovushli datchiklar bor.
5.8-rasm. Tesla avtomobilining atrofni “ko`rish” imkoniyati
5.9-rasmda ―Bosh‖ firmasining ob-havo datchigi ko`rsatilgan. Mashina modeli turiga qarab ichkarida bitta IQ yorug’lik diodi va 1-3 ta foto qabul qiluvchi joylashtiriladi. Yorug’lik diodi ko`z ko`rmas nurni mashina shamol shishasi yuzasiga nisbatan o`tkir burchak ostida tarqatadi. Agar ob- havo quruq bo`lsa barcha nurlar tesqariga qaytarilib foto qabul qiluvchiga tushadi (shunday optik tizim ishlangan). Nurlar impuls shaklida berilganligi sabab datchik boshqa nurga reaktsiya qilmaydi. Agar shamol shishasi yuzasiga tomchi yoki suv qatlami bo`lsa, nurlarning shishadan qaytish sharoiti buziladi va nurning bir qismi atrof-muhitga tarqaladi. Buni sensor sezadi va kontroller shisha yuvuvchi uchun ishlash rejimini tanlab, uni ishga tushiradi. Agar kerak bo`lsa, bu qurilma mashina tomidagi elektrolyukni ham yopadi, eshiklardagi shishalarni ko`taradi. Yana 2 ta fotodiod bu tizimda mavjud. Ulardan biri faralarni avtomatik tarzda yoqadi (kech tushganda yoki mashina tunnelga kirganda), ikkinchisi ―dalniy‖ va ―blijniy‖ faralarni o`zgartirib turadi. Bu funktsiyalarning ishlashi mashina modeliga bog’liq.
5.9-rasm. "Bosh" firmasi ob- havo datchigining ishlash printsipi
|
| |