-rasm. Zamonaviy avtomobilning umumiy ko`rinishi




Download 1,81 Mb.
bet2/7
Sana21.11.2023
Hajmi1,81 Mb.
#102405
1   2   3   4   5   6   7

5.1-rasm. Zamonaviy avtomobilning umumiy ko`rinishi


      1. shinalardagi bosimni nazorat qilish tizimi; 2-pnevmoyuritmali kuzov holatini rostlash tizimi; 3-boshqaruvni nazorat qilish dinamik tizimi; 4-amortizatorlarning qattiqligi (tarangligi)ni rostlaydigan elektron tizim; 5-tormozni antiblokirovkalash tizimi; 6-dvigatelni boshqarish raqamli elektron tizimi; 7-aktiv kruiz-kontrol; 8- dinamik stabilizatsiyalash tizimi; 9-ruldagi uzatmalarni almashtirish tizimi.

Lekin, avtomobillarga asosiy qo`yiladigan talab – ularning xavfsizligidir. Shuning uchun, quyida avtomobillarning xavfsizlik sistemalarini ko`rib chiqamiz.
Hozirgi vaqtda avtomobil ixtirochi-olimlarning asosiy maqsadi yo`l-transport hodisalar (YTH) ni kamaytiruvchi ―aqlli‖ elektron qurilmalarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Bu ishlarning natijasi - avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimi (AXBT)ning yaratilgani bo`ldi. Inglizchada (AVSM -Advanced vehicle safety management). Bu tizim avtomatik ravishda mashinalar orasidagi kerakli oraliqni saqlay oladi, mashinani sfetoforning qizil signalida to`xtatadi, haydovchiga burilish uchastkasida mashina tezligining katta ekanligi haqida xabar beradi va h.k. Hatto, yangi tizimlar to`qnashish bo`lganda maxsus datchiklarning radiosignalizatori yordamida tez yordam mashinasi chaqirish imkoniyatiga ega.
Avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimining 2 ta turi mavjud.

        1. Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi.

        2. Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi.

Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi –YTHni oldini olish va avtomobilning konstruktiv xossalariga bog’liq holda ular kelib chiqish sabablarini yo`qotishga qaratilgan avtomobilning konstruktiv va ishlatish xususiyatlari yig’indisidir. Boshqacha qilib aytganda AAXT – avariya sodir bo`lish sabablarini yo`qotib, avtomobilni xavfsiz ishlatishga qaratilgan barcha tizimlari yig’indisidir1.
Eng ko`p ma`lum bo`lgan va eng ko`p qo`llanidigan aktiv xavsizlik tizimlari quyidagilar:





1 http://systemsauto.ru/active/active.html


(ABS);

  • Tormozni antiblokirovkalash tizimi (TAT) - antilock braking system




  • Etakchi g’ildiraklarni probuksovkalashdan himoyalash tizimi - anti-slip

system (ASS);

    • Favqulodda tormozlash tizimi - emergency braking system (EBS) va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan tizimlar avtomobilning tormozlash va dvigatelni boshqarish tizimlari bilan konstruktiv bog’langan, ular bilan birga o`zaro aloqada bo`ladi. Bu esa ushbu tizimlarning samadorligini oshirishga imkon beradi.
Bundan tashqari zamonaviy avtomobillarda quyidagi aktiv xavfsizlik tizimlari o`rnatilmoqda:

    • adaptiv kruiz-kontrol ;

    • avtomatik parkovkalash tizimi;

    • aylana bo`yicha nazorat qilish tizimi va b.

Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi – YTHsi ro`y berganda, haydovchi va passajirlarning shikastlanishidan himoyalashga qaratilgan avtomobilning konstruktiv va ishlatish xususiyatlari yig’indisidir2.
Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  • xavfsizlik kamarlari - seat belts;

  • xavfsizlik podushkalari - airbags;

  • xavfsizlik kamarlarini tarang tortish qurilmasi - seat belt tensioners va b.

Download 1,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Zamonaviy avtomobilning umumiy ko`rinishi

Download 1,81 Mb.