• 5.11-rasm. Gazogeneratorning ishlash printsipi
  • Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
  • Mexatronika tizimlarini avtomobil transportlarida qo`llash




    Download 1,81 Mb.
    bet7/7
    Sana21.11.2023
    Hajmi1,81 Mb.
    #102405
    1   2   3   4   5   6   7
    4.3. Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimlari
    Avtomobil xavfsizlik podushkasi (airbag). Uning elementlari: inertsion datchiklar mashina modeliga qarab, mashina bamperida, motor to`sig’i oldida, haydovchi tirsak osti joyida joylashgan bo`lib, avariya paytida boshqarishning elektron blokiga signallarni yuboradi (5.10- rasm). Zamonaviy AXBT da frontal datchiklar 50 km/soat dan yuqori tezlikdan paydo bo`lgan zarbada ishlaydi. Yon tomondagilar bundan kichikroq zarbada ishlaydi.
    Elektron blokdan signal gazogenerator bilan ulangan asosiy modulga uzatiladi. Asosiy modul diametri 10 sm va balandligi 1 sm li tabletka shaklida bo`lib, azot generatsiyalovchi moddadan iborat. Elektr impuls tabletkaning patronini yondiradi va kristallar portlash tezligida gazga aylanadi. Ana shu jarayon juda tez amalga oshiriladi va podushka 25 ms ichida gazga to`ladi (5.11-rasm). Keyin podushka 200-300 km/soat tezlikda insonning ko`kragi tomon otilib keladi.

    1 - xavfsizlk kamarini tarang tortish
    qurilmasi; 2
    yo`lovchi uchun xavfsizlik podushkasi; 3 - haydovchi uchun xavfsizlik podushkasi; 4 - boshqarish bloki va markaziy datchik; 5 - ijrochi modul; 6 - inertsiya datchiklari.



    5.10-rasm. Avtomobil xavfsizlik podushkasi





    5.11-rasm. Gazogeneratorning ishlash printsipi


    Avtomobillardan tashqari katta ahamiyat yengil transport vositalari (ETV) ga qaratilgan. Ular asosan elektr yuritmada ishlaydi. Bularga misol: elektrvelosiped, giroskuter, elektroskuter, monog’ildirak, elektromobillar va boshqalar. Bularning ta`minot manbai avtonom (elektrbatareyalar) bo`ladi.
    ETV ichki yonuv dvigatellar bilan ishlaydigan transportga alternativ bo`lib, asosan hozirgi vaqtda davolash maskanlarida, turistik va xiyobon komplekslarda va x.k.da ishlatiladi.
    14 dyumli monog’ildirak Hoverbot S2 ning texnik parametrlari quyida keltirilgan: quvvati 800 Vt, maksimal tezligi 18 km/soat, bitta zaryadkada o’tish yo’li 20 km, gabarit va yoritish lampalari mavjud.
    ETV yaratishning asosini katta momentli elektrdvigatel bazasidagi ―motor-g’ildirak‖ tipidagi mexatronik modullar tashkil qiladi.
    5.1-jadvalda ETV uchun harakatning mexatronik modullarining texnik xarakteristikalari keltirilgan.
    5.1-jadval ETV uchun harakatning mexatronik modullarining texnik xarakteristikalari



    Elektryuritmali ETV

    Texnik ko`rsatgichlar

    Maksimal tezlik,
    km/soat

    Ishchi kuchlanish,
    V

    Quvvat, kVt

    Nominal moment,
    Nm

    Nominal tok,
    A

    Massa, kg

    Kreslo –Kolyaska

    6

    24

    0,15

    25

    8

    10

    Elektr-Velosiped

    15

    24

    0,3

    20

    15

    12

    Giroskuterlar

    20

    24

    0,5

    15

    20

    12

    Minielektrmobillar

    80

    110

    2,5

    30

    28

    25

    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar





    1. Avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimiga tushuncha bering.

    2. Tormozni antiblokirovkalash tizimi (ABS)ning ishlash printsipi.

    3. Adaptiv kruiz-kontrol haqida tushuncha bering.

    4. Ob- havo datchigi va akustik parkovkalash tizimining ishlash printsipi.

    5. Avtomobil xavfsizlik podushkasining ishlash printsipi.





    Download 1,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexatronika tizimlarini avtomobil transportlarida qo`llash

    Download 1,81 Mb.