-rasm. Adaptiv kruiz-kontrol tizimining asosiy vazifalari




Download 1,81 Mb.
bet5/7
Sana21.11.2023
Hajmi1,81 Mb.
#102405
1   2   3   4   5   6   7

5.5-rasm. Adaptiv kruiz-kontrol tizimining asosiy vazifalari


ACC tizimi tarkibiga masofa datchiklari, boshqarish bloki va ijro qurilmalari kiradi. Masofa datchiklari oldinda harakatlanayotgan avtomobilning tezligi va ungacha bo`lgan masofani o`lchash uchun xizmat qiladi. Masofa datchiklari sifatida radar va lidarlar ishlatiladi.
Radar (ingl. Radar, Radio Detection and Ranging – radioaniqlash va masofani o`lchash)3 – ob`ektga elektrmagnit to`lqinlarni yuboradi va qaytish signali - aks-sado (exo)ni qabul qilib oladi. Oldinga ketayotgan avtomobilning tezligi qaytgan to`lqinning chastotasi o`zgarishi bo`yicha, avtomobilgacha masofa esa - signal qaytish vaqti bo`yicha aniqlanadi. Olingan parametrlar elektrik





3 Bowen, Edward George. Radar Days. — CRC Press, 1998.
signalga o`zgartiriladi va boshqarish blokida yuboriladi.
Lidarda (ingl. Lidar, Light Identification Detection and Ranging –nur yordamida masofani aniqlash va o`lchash)4 infraqizil lazer nurlaridan foydalaniladi. Ular ishlash printsipi radarga o`xshash va radarga nisbatan arzon turadi, lekin ish faoliyati aniqligi ob- havo sharoitiga bog’liq, shuning uchun premium-klass avtomobillarda radarlar ishlatiladi. Masofa datchiklari asosan oldingi bamperda yoki radiator panjarasida o`rnatiladi. Faoliyat radiusi 150 m ni tashkil qiladi.
Parkovkani nazorat qilish –Parking distance control (PDC). Akustik parkovkalash tizimi ultratovushli datchikli tizim bo`lib, asosiy maqsadi parkovka vaqtida avtomobil va to`siqlar orasidagi distantsiyasini nazorat qilishdir. Ul tratovushli datchiklar mashina va yaqin turgan to`siqlar orasidagi distantsiya o`lchaydi va bu distantsiya kamayishi bilan akustik signallar xarakteri o`zgaradi va displeyda haydovchi uchun ogo hlantirish signali paydo bo`ladi.
2003 yilda parallel parkovkalash imkoniyatiga ega avtomobil chiqdi.
Birinchi bo`lib bu ishni Toyota Prius uddaladi.
Zamonaviy avtomobillarda avtomatik parkovkalash tizimlari mavjud. Ular quyidagicha ishlaydi:

  1. ultratovushli datchiklar (ultrasonic sensor) mashina perimetri bo`ylab joylashtiriladi. Ular soni qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi. Ular atrof-mu hit haqidagi vaziyatni skanirlab boshqaruv blokiga signalni etkazishadi. Faoliyat masofasi o`rtacha 4 m dan ko`proq. elektr energiyani ul tratovush to`lqinlariga (chastotasi 20 kGts dan ortiq bo`lgan mexanik tebranishlarga) o`zgartirib beruvchi sensorli qurilma ul tratovushli datchik deyiladi. Uning ishlash printsipi radarga o`xshash;

  2. sistemaning ―bosh miyasi‖ bo`lgan boshqarish bloki ultratovushli datchiklardan signallarni qabul qilib olib, qayta ishlaydi va samarali parkovkalash uchun kerakli barcha boshqa boshqaruv tizim va modullarni ishga tushiradi;

  3. mashinaning kurs bo`yicha barqarorlik sistemasi avtoparkovka rejimida boshqarish blokidan nazorat qilinadi va mashinani berilgan traektoriyada saqlab turish uchun javob beradi;

  4. dvigatel to`liq avtoparkovka rejimi nazoratiga o`tadi. Bunda aylanishlar soni rostlanib, yonilg’i berish jadalligi nazorat qilinadi;

  5. rul boshqaruvi – rul g’altagi aylanishi ul tratovushli datchiklardan olingan signallar asosida amalga oshiriladi. Uning aylanish jadalligi real vaqt rejimidagi avtoparkovka sistemasi tomonidan boshqariladi. Haydovchi ishtiroki kerak bo`lmaydi.

  6. uzatmalarni avtomatik korobkasi avtoparkovka nazoratiga olinadi.

parking‖ va ―to drive‖ rejimlarini o`zaro almashtirish elektronika boshqaruvi bilan bajariladi.
Xavfsizlik va avariya holatini yo`qotish maqsadida haydovchi xoxlagan vaqtida parkovkalashni o`z qo`liga olish imkoniyatiga ega. Lekin oxirgi yillardagi ko`plab testlar bu tizimni ishonchli ekanligini ko`rsatdi. Bu tizimlar xavfsiz va



4 Middleton, W. E. K, and Spilhaus, A. F., Meteorological instruments, University of Toronto, 3rd ed.-2002, 402 р.
ishlatish uchun qulaydir.
Keyingi qadam – avtomobilni butunlay avtonom boshqarish sistemasiga o`tish. 2015 yil kuzida Tesla kompaniyasi Autopilot dasturiy ta`minotini yaratdi. Bu butunlay pilotsiz harakatlanish bo`lmasdan, balki rivojlangan kruiz-kontroldir (adaptiv kruiz-kontrol ). Bunday ishlarni Volvo S90 Pilot Assist sistemasi bilan va E-klassdagi yangi Mercedes Drive Pilot jihozi bilan birga bajardi.
Avtomobilni boshqarish uchun har tomonga qarab turuvchi ko`proq
―ko`rish organlari‖ – radarlar va datchiklar kerak bo`ladi. Bu asboblardan kelayotgan ma`lumotlarni ―sun`iy intellekt‖ qabul qilib, harakat yo`lidagi barcha ob`ektlarni, yo`l chiziqlarini, burilishlarni, yo`l belgilarni ―ko`ra oladi‖, va bu ma`lumotlar asosida elektronika yo`l marshruti va rejimlarini belgilaydi va ularni bajarish uchun ijro mexanizimlariga komanda beradi.



Download 1,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Adaptiv kruiz-kontrol tizimining asosiy vazifalari

Download 1,81 Mb.