|
12- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Yo‘lning turli bo‘laklarida yo‘l belgi chiziqlarini qo‘llash Ishdan maqsad
|
Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 376,33 Kb. | | #242442 |
Bog'liq 12-amaliy ish
12- amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Yo‘lning turli bo‘laklarida yo‘l belgi chiziqlarini qo‘llash
Ishdan maqsad: Talabalar berilgan topshiriqga asosan yo‘lning turli bo‘laklarida yo‘l belgi chiziqlarini qo‘llashni o‘rgatish.
Nazariy qism
Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muhim muhandislik jihozlaridan biri yo‘l chiziqlaridir. Yo‘lning qatnov qismi yuzasiga va yo‘l inshootlari hamda jihozlari sirtiga chizilgan chiziqlar, ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilarga yo‘l chiziqlari deyiladi. Ko‘ndalang kesim elementlari me’yoriy talablarga mos kelmaydigan yo‘llarda chiziq bilan belgilangan qatnov mintaqasining kengligi 3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak, harakat tezligiga cheklanish kiritilgandagina faqat engil Avtomobillarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov mintaqasining kengligini 2,75 metrgacha qisqartirish mumkin. Yo‘l chiziqlari yo‘lda mustaqil, hamda yo‘l belgilari va svetoforlar bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin. Barcha yo‘l chiziqlari yo‘l belgilari va ishoralari to‘g‘risida 1968 yilgi Vena Konvensiyasi va uni to‘ldiruvchi 1971 yil Jenevada bo‘lib o‘tgan evropa kelishuvining talablari asosida tuzilgan GOST 13508-74 “Yo‘l chiziqlari” va GOST 23457-86 “Yo‘l harakatini tashkil qiluvchi texnik vositalar” (qo‘llash qoidalari)(Hozirda amalda (O‘z DSt 3419:2022) tasnifiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi: 1 – yotiq chiziqlar, 2 – tik chiziqlar.
1.1 1.5 1.6
1.12 1.14.1 1.14.3
12.1-rasm. Ayrim yo‘l chiziqlari va ularni qo‘llash
1.1 – qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini bildiradi; yo‘lning kirish ta’qiqlangan chegarasini anglatadi; transport vositalarining to‘xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistrallar qatoriga kiritilmagan yo‘lning harakatlanish qismi chegarasini bildiradi.
1.5 – ikki yoki uch bo‘lakli yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan ikki yoki ko‘proq bo‘lakli yo‘llarda bo‘laklarning chegaralarini bildiradi.
1.6 (yaqinlashish chizig‘i – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo‘lgan uzuq-uzuq chiziq) – qarama-qarshi yoki bir yo‘nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
Yo‘l inshootlari va jihozlari yuzasiga ketma-ket chizilgan yo‘l-yo‘l oq-qora chiziqlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning o‘lchamlarini ko‘rsatishda, ko‘z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiluvchi chiziqlar tik chiziqlar deyiladi.
2 .3 2.4 2.5
2.2-rasm. Tik va vertikal chiziqlar
12.3-rasm. Avtomobil yo‘lini yo‘l belgilari va yo‘l belgi chiziqlari bilan jixozlanish sxemasi.
Topshiriq
Talabalar berilgan topshiriqlarga asosan yo‘l belgi me’yoriy hujjatlar asosida loyihalash sxemasini chizishadi, topshiriqni chizmasi va xulosani yozma ravishda topshirishadi.
|
| |