|
Yoritish va ogohlantirish anjomlarining
|
bet | 6/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 73,5 Kb. | | #243183 |
Bog'liq Avtomobil elektr jihozlariga txk vaYoritish va ogohlantirish anjomlarining nosozliklarini kelib chiqishi lampochkalarning kuyishi, uzgich-ulagichlarning ishdan chiqishi natijasida ro'y beradi. Eng asosiy nosozliklar faralarning nosozligidan iborat. Yaqin yoritish chiroqlari 30 m. ni, uzoq yoritish chiroqlari 100 m. masofani yoritishi kerak. Ular mahsus optik priborlar yordamida yoki avtomobildan ma'lum masofada devorga o'rnatilgan mahsus ekran yordamida sozlanadi.
Rostlash vaqtida bitta farani yorug'lik nuri o'tkazmaydigan g'ilof bilan yopib qo'yiladi. Agar yorug'lik sharpasining ellipssumon shakli markazi bilan ekrandagi vertikal va gorizantal chiziqlarning kesishish nuqtasi mos tushmasa, rostlash vintlari orqali hamma faralar burab moslanadi. Shunday tartibda ikkinchi fara ham rostlanadi.
Agarda farani rostlashda ekrandan foydalanilsa, u holda ekran, avtomobilning turiga qarab, undan 5-12 m gacha uzoqlikda joylashtirilishi mumkin. Yoritish jihozlarining yaroqsiz detallari almashtirish yo'li bilan ta'mirlanadi.
Tekshiruv-nazorat priborlarini ishlay bilish qobiliyati, ko'rsatish to'g'riligi tekshiriladi. Ularning nosozliklari sim chulg'amlarining kuyishi, simlarning uzilishi, noto'g'ri ko'rsatishi bo'lib, tuzatib bo'lmasa, ular yangisiga almashtiriladi.
Moy bosimi, suv harorati va yonilg'i sathining ko'rsatgichlari datchik va qabul qiluvchilarning ishchanligini tekshirish uchun, ular avtomobildan yechib olinadi va mahsus jihozlar yordamida me'yor ko'rsatgichlariga taqqoslab tekshiriladi. Agar bu ko'rsatgichlar me'yor chegarasida bo'lsa, asboblar soz holda hisoblanadi.
Qaytarish uchun savollar
1.AKB uchraydigan nosozliklar va uning alomatlari.
2. AKB ni diagnostikalash ko'rsatkichlari
3.AKB TXK texnologiyasi.
4.AKB larni joriy ta'mirlash va unda qo'llaniladigan jihozlar.
5.O't oldirish tizimidagi uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari.
6.O't oldirish tizimini diagnostikalash
7. O't oldirish tizimiga TXK texnologiyasi.
8.Elektr jihozlarida uchraydigan nosozlik va buzuqliklar, ularning alomatlari.
1. AKB nosozliklari
2. AKB ga TXK
3. O't oldirish tizimiga TXK
4. O't oldirish tizimi nosozliklari
5.Tranzistorli-kontaktli o't oldirish tizimiga TXK
|
6. Tranzistorli-kontaktsiz o't oldirish tizimiga TXK
7. Uzgch taqsimlagichga TXK
8. Sham, rele-sozlagich va o't oldirish g'altagiga TXK
9. Generatar turlari va ularga TXK
10. Starterga TXK
|
|
| |