|
«Avtomobil texnikasini ishlatish (ekspluatatsiyasi)»
|
bet | 4/4 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 18,21 Kb. | | #239706 |
Bog'liq «Avtomobil texnikasini ishlatish ekspluatatsiyasi» fayllar org 1baxtsiz hodisa deb hisoblanadi
32. Avtomobil texnikasi bilan yuz berishi mumkin hodisalarning oldini olish bo‘yicha asosiy tadbirlarga quyidagilar kiradi:
-harbiy qism va bo‘linmalarda qat’iy nizom tartib, uyushqoqliklik va barcha shaxsiy tarkibning biriktirilgan mashinalar uchun yuqori mas’uliyatini saqlab turish;
-shaxsiy tarkib tomonidan mashinalarni, ularni ishlatish va ta’mirlash qoidalarini muntazam ravishda o‘rganishi;
-haydovchilar tarkibi tomonidan mashinalarni boshqarish ko‘nikmalarini doimiy ravishda takomillashtirish;
-yo‘l harakati qoidalari va mashinalarni kolonnalarda boshqarish qoidalariga aniq amal qilish;
-marshlarni puxtalik bilan tashkillashtirish, yo‘nalishlarni tayyorlash va jihozlash, tungi sharoitlarda harakatlanish hususiyatlarini hisobga olish;
-komandir va boshliqlarning yuqori talabchanligi, mashinalarni ishlatish va ta’mirlash qoidalariga amal qilish hamda yo‘nalishlarda haydovchilarning ishlashi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
-mashinalarni ishlatishga oid belgilangan tartib hamda parklarda ichki xizmatning talabalariga qat’iy amal qilish;
-bayram va dam olish kunlari mashinalardan foydalanishni cheklash;
-mashinalarga o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;
-mashinalarni hodisasiz ishlatishda oid ilg‘or tajribani tizimli umumlashtirish va joriy etish;
-har bir hodisa bo‘yicha muayyan choralar ko‘rish, ularni shaxsiy tarkib bilan puxta muhokama qilish;
-haydovchilarning har tomonlama tekshiruvlarini o‘tkazish, intizomsiz va yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lmagan hamda tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha noloyiq haydovchilarni mashinalar boshqarishdan chetlashtirish;
-mashinalarni hodisasiz ishlatishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun shaxsiy tarkibni rag‘batlantirish;
-harbiy qismlarni, nazorat–texnik punktlarining ishlashini to‘g‘ri tashkillashtirish hamda ularni texnik nuqtai nazardan yaxshi tayyorgarlikka ega va talabchan mutaxassislar bilan butlash;
http://fayllar.org
|
| |