Avtomobil transportida yuklarni tashishda zamonaviy tizimlarini joriy etish samaradorligi




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana25.05.2024
Hajmi0,71 Mb.
#253308
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
avtomobil-transportida-yuklarni-tashishda-zamonaviy-tizimlarini-joriy-etish-samaradorligi

Ключевые слова: 
логистика сроки доставки, транспортная инфраструктура, 
организация международных перевозок, система навигации, поток автомобилей, 
грузооборот, направление движения, интеллектуальная транспортная система, 
автомобильный транспорт, безопасность дорожного движения. 
Keywords: 
logistics delivery times, transport infrastructure, organization of international 
transport, navigation system, traffic flow, cargo turnover, direction of movement, intelligent 
transport system, road transport, road safety.
 
 
KIRISH. 
Biz bugun axborotlashgan jamiyatlar dunyosida, tobora rivojlanayotgan 
globallashuv jarayonlari, axborot kommunikatsiya va internet texnologiyalari hamda intellektual 
taraqqiyot hal qiluvchu rol oʻynayotgan bir jamiyatda yashamoqdamiz. Respublikamizda davlat 
miqiyosida ushbu sohalarga alohida axamiyat berib kelmoqda. Hozirgi kunda inson faoliyatida 
ma’lumotlar bazasi kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim 
oʻrin tutmoqda. Raqamli va axborot kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot 
oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez oʻzgarishi kabi holatlar insoniyatni bu 
ma’lumotlarni oʻz vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga 
undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini 
yaratish, soʻngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb boʻlib qolmoqda [1-3]. 
 
Logistikada iqtisodiy rayonlar, kompaniyalar, korxonalar va firmalarni bogʻlash uchun 
transport alohida muhim rol oʻynaydi. Moddiy resurslar va tayyor mahsulotlarni ishlab 
chiqarishdan sanoat yoki shaxsiy iste’mol sohasiga oʻtkazib, transport moddiy ne’matlarni ishlab 
chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida 
davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-
fevraldagi PF-5647-son farmonida “Mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari 
sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, transport 
sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni 
tayyorlashga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi” – deb takidlaganlar 
va sohani yanada rivojlantirish uchun Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi negizida 
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil qilindi [1]

Download 0,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil transportida yuklarni tashishda zamonaviy tizimlarini joriy etish samaradorligi

Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish