|
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va unga qo‘yilgan talabalar
|
bet | 3/4 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 82,24 Kb. | | #158058 |
Bog'liq Avtomobil yo`llari ekspluatatsiya qilish fanidan mustaqil ishAvtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va unga qo‘yilgan talabalar
Joylarni ko‘kalamzorlashtirish uchun tayyorlash.
Har bir hududni ko‘kalamzorlashtirishga kirishishdan oldin, bu erda joyning muhandislik tayyorgarligi ishlari olib boriladi.
Muhandislik tayyorgarligi ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: vertikal reja tuzish va yuza oqimni tashkil etish, hududni qisman yoki butunlay quritib olish, er osti komunikastiyalarini o‘tkazish va hududni suv toshishidan himoyalash, suv havzalarining nishabliklari va qirg’oqlarini mustahkamlash. Shuningdek, tayyorgarlik ishlari hududni tozalash bo‘yicha sanitar-gigienik tadbirlarni va barcha joyni qisman tekislab chiqishni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarning asosiy vazifasi darxtlar yaxshi o‘sib-rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Muhandislik tayyorgarlikning barcha masalalari loyihalar bilan mutanosib holda ishlab chiqiladi, hamda ko‘kalamzorlashtirish ob’ektining umumiy rejasi bilan muvofiqlashtiriladi. Bu ishlarni yo‘l-qurilish tashkilotlari amalga oshiradilar. Tayyorgarlik ishlarining turlari va hajmlari asosan ob’ekt joylashgan erga, hudud maydoniga, relefiga, shuningdek, ahlat va qurilish chiqindilari bor-yo‘qligiga qarab belgilanadi. Tayyorgarlik ishlari qanchalik puxta va sifatli bajarilsa, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish uchun shunchalik yaxshi sharoit yaratiladi.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlari relefi birmuncha notekis va noqulay joylar sharoitida ham amalga oshiriladi.
Noqulay joylar jumlasiga: keskin nishablikka (150 dan yuqori) ega maydonlar, jarliklar, daryo yoqasidagi kuz va bahorda suv bosadigan adir va botqoqli erlar, daryo bo‘yidagi o‘pirilishga moyil joylar va boshqalar kiradi.
Hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlashdan oldin, er maydoni tozalanadi: toshlar, to‘nkalar, yog’ochlar olib tashlanadi; eski qurilmalar buziladi, eski fundament qoldiqlari va boshqalar olib tashlanadi. Bu ish qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, uni bajarish muhim tadbir hisoblanadi.
Tozalash ishlarini bajarib bo‘lgandan keyin, maydonning unumdor tuproqli qatorini saqlab qolish choralari ko‘riladi. Tuproqning yuza qatlamini yig’ib olib, bir joyda to‘planadi, yoki buldozer bilan surib qo‘yiladi. O‘tlari oldindan o‘rilgan chimlarni chim kesadigan uskuna bilan eni 25-30 sm, uzunligi 40-50 sm va qalinligi 3-8 sm bo‘lgan bo‘laklarga kesib, soya joyga taxlab qo‘yiladi (bir necha qavat qilib). Ularni doimiy maydonga terilgunga qadar vaqti bilan suv berib turiladi. Keyinchalik yig’ilgan tuproq va chim bo‘laklari
ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonga joylashtiriladi. Agar bu ish bajarilmagan bo‘lsa, qurilish chiqitlari qolgan maydon tuprog’i unumli tuproq qavati bilan almashtiriladi. Daraxt va butalar ekiladigan joydagi chuqurchalar tuprog’i butunlay yangilanishi lozim. Hududni birlamchi rejalashtirish ishlari vertikal rejalashtirish loyihasiga to‘liq mutonosib holda bajariladi.
Ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlaridagi er osti inshootlariga: drenaj, er osti suv quvurlari, ochiq va yopiq sug’orish tizimlari, elektr va telefon kabellari kiradi. Er osti inshootlarini qurish ishlari kichik arxitektura shakllarini hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlashdan oldin bajarilishi kerak. Ushbu muhandislik inshootlari barcha maxsus loyihalar asosida bajariladi hamda bir qancha mablag’ sarflashni talab etadi. Yopiq sug’orish tarmog’i kichik va muhim joylarda barpo etiladi.
Keskin nishabliklarni eroziyadan saqlash hamda suv havzalari qirg’oqlarini mustahkamlash maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshiriladi. Bu ishlar hududni muhandislik tayyorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarning bir qismi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘t o‘sadigan chim qoplamasini barpo etish; yuza oqimini to‘xtatib turadigan daraxt va butalarni ekish ishlari. Nishablikning past qismida yo‘nalish bo‘yicha suvni yig’ib, oqizishga mo‘ljallangan ariqchalar o‘tkaziladi.
Ko‘kalamzorlashtirish hududini agrotexnik tayyorlash tadbirlari.
qolish, ularni parvarishlash, tuproqni tayyorlashga oid tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Ushbu tadbirlar tayyorgarlik ishlarining umumiy majmuasiga kiradi hamda muhandislik ishlari bilan mutanosib ravishda bajarilishi lozim.
Hududda ekinzorlar mavjud bo‘lib loyihaga asosan ular saqlanib qolinadigan bo‘lsa, avvalo, ularni parvarishlashga oid ishlar bajarilmog’i lozim. Ko‘kalamzorlashtiriladigan hududdagi ekinzorlarni tahlil qilib chiqish ishlari odatda, loyiha bo‘yicha bajariladigan boshqa kuzatuv ishlari (er tuzish, tuproqni tekshirish va hakozo) bilan bir vaqtda o‘tkaziladi.
Mavjud ekinzorlar va o‘tzorlarni saqlab qolish tadbirlari. Ko‘kalamzorlashtirish hududida avvalo daraxt va butalar ekilgan maydonlar o‘rganib chiqiladi, kesib tashlash mumkin bo‘lgan daraxtlar (zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanganlari, shox-shabbalari singan, qurib qolayotganlari, manzarabopligini qisman yoki butunlay yo‘qotganlari) belgilab chiqiladi. Ularning tomirlari qazib olinadi, daraxtlari kesiladi va yoqib tashlanadi.
Vertikal loyihalash ishlari olib boriladigan, er osti inshootlari o‘tkaziladigan, yo‘lak-xiyobon tarmoqlari o‘tadigan joylardagi daraxt va butalar ekiladigan maydonchalar hamda alohida daraxtlar joylashgan erlar belgilab chiqiladi. Shundan so‘ng bevosita daraxt va butalarni himoyalash va saqlab qolish ishlarini amalga oshirishga kirishiladi.
O‘sib turgan daraxtlar yonida (1,5-2,0 m yaqinida) er osti kommunikastiya ishlari yoki yo‘laklar barpo etiladigan bo‘lsa, o‘simliklarning er osti qismini himoyalash zarurati tug’iladi. Er qazish ishlarida o‘simliklar ildizlari tizimi zararlanadigan bo‘lsa, unda ularning saqlanib qolishi izdan chiqadi. Bunday zararni kamaytirish uchun, daraxtning ildizi shikastlangan tomonidagi shox-shabbasi maxsus ish qurollari yordamida kesib tashlanadi. Shoxlar va novdalarning kesilgan joyiga yog’li bo‘yoq suriladi.
Daraxt ekish uchun loyihalashtirilgan joy qiyalikda bo‘lsa, unda uning atrofidagi aylana bo‘ylab (aylana radiusi taxminan daraxt shox-shabbasi radiusiga teng holda) toshdan tirgovuch devori yasalib, chim tuproq bilan mahkamlanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlarida tuproqni tayyorlash. Tuproq - manzarali o‘simliklar hayoti faoliyatining asosiy muhiti hisoblanadi. Daraxtlar, butalar, gazon o‘tlari va o‘tsimon gulli o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi tuproq unumdorligiga bog’liq. O‘simliklar va ekinzorlarning yashil holatda o‘sishi hududning badiiy qiyofasini hamda muhitning sog’lomlashtiruvchi, sanitar-gigienik ahamiyatini belgilaydi. Ko‘klamzorlashtirishga mo‘ljallangan hududning joylashishiga qarab, bu erning tuproqlari, turi va mexanik tarkibi, unumdorligi, sho‘rlanish darajasi va begona o‘tlar bilan zararlanganligi bo‘yicha farqlanadi.
Insonning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘pincha, shaharlarda va aholi turar joylarida tuproqning tabiiy holati saqlanmaydi. Ko‘p hollarda ko‘kalamzorlashtirish hududlaridagi tuproq asosan chetdan olib kelinadi. Vertikal loyihalashni amalga oshirishda bunday ko‘chma tuproq aralashmalari hududning ko‘p qismini egallaydi. Shuni inobatga olib, loyihalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlashdan oldin, tuproqni o‘rganish zarur. Tuproqning yaroqli darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlash lozim:
oldindan yaxshilash ishlarini olib bormasdan ko‘kalamzorlashtirish mumkin bo‘lgan tuproqlar;
ko‘kalamzorlashtirish uchun yaroqli qilish maqsadida melorativ tadbirlarni o‘tkazishga muhtoj tuproqlar;
ko‘kalamzorlashtirish uchun yaroqsiz erlar, ya’ni daraxtsimon
o‘simliklarning o‘sishi uchun sun’iy sharoitlar yaratiladigan tuproqlar.
Ko‘p hollarda ko‘kalamzorlashtiriladigan hududlarda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidan bo‘shagan tuproqlar bo‘ladi (bog’lar, sabzavot tomorqalari, ekinzorlar va shunga o‘xshash). Ba’zi hollarda esa ko‘kalamzorlashtirsh uchun axlat va chiqindilar to‘plangan maydonlar ajratiladi. Bu joylarni maxsus holda o‘zlashtirish
lozim bo‘ladi. Shunday qilib, har qaysi holatda ham, tuproqning turi va unumdorligini aniqlash hamda u erda yashil ekinzorlar barpo etish maqsadga muvofiqligi aniqlanishi kerak. Tuproqning agrokimyoviy va mexanik tarkibi bo‘yicha tahlil natijalari, uning batafsil tavsifini ta’minlaydi. Ushbu natijalarga muvofiq tuproqni tayyorlash tadbirlari belgilab olinadi. Bu tadbirlar ko‘kalamzorlashtirladigan hududni loyihalashtirish jarayonida ishlab chiqiladi va ular o‘simliklarning ildiz tizimi o‘sishi va rivojlanishi bakteriologik jarayonlarning to‘g’ri ketishi, shu bilan birga, o‘simlik ildizlari ozuqa moddalarining o‘zlashtirib olishiga zamin yaratmog’i lozim.
Agarda ko‘kalamzorlashtiriladigan hududlardagi tuproqlar loyqa strukturali, kam unumdor, yaxshi drenajlanmaydigan bo‘lsa, avvalo bunday tuproqqa qum bilan mineral o‘g’itlar aralashmasi solinadi.
Kam unumdor, qumloq erlarda esa avvalo loyqa aralashmali kampost solinadi, undan so‘ng mineral o‘g’itlar ishlatiladi. Botqoqli tuproqlar hududida bir yo‘la quritish ishlari o‘tkazilib, keyin butun maydon chuqur haydab chiqiladi, ohak solinadi, organik va mineral o‘g’itlar beriladi. Og’ir strukturali sho‘rlangan tuproqlar gipslanadi. Gips tarkibida kalstiy bo‘lib, u tuproqdagi natriyni siqib chiqaradi. Gipslashda tuproq chuqur haydaladi (60 sm gacha), keyin gips solinib, undan so‘ng organik va mineral o‘g’itlar qo‘llaniladi.
Tabiiy tuproqlarni tayyorlashda barcha maydon haydalib, mineral o‘g’itlar solinadi (faqat ekinzor bo‘ladigan joyga emas, balki butun maydonga ishlov beriladi). Shuni nazarda tutish kerakki, daraxtlarning ildizlari o‘sib, tarmoqlanadi va ekilgan joyidan uzoqroqqa tarqalib ketadi. O‘g’itlarni qo‘llash me’yorlari turlicha bo‘lib, ular tuproq turiga va muayyan sharoitlarga qarab o‘zgaradi. Tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minalanish darajasini maydondagi o‘simliklarning tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlash mumkin. Tuproqda azot moddasi etishmasa, daraxt va butalar barglari kam rivojlangan bo‘lib, ranglari och - yashil va sarg’imtir tusda bo‘ladi. Fosfor etishmasligida barglar kulrang qiyofada bo‘lib, ularning pastki qismi ko‘kimtir - binafsharang bo‘lib qoladi. Kaliy tanqisligida - barglarda sarg’imtir - 45
jigarrang dog’lar paydo bo‘ladi va ular tez to‘kilib ketadi, kalstiy miqdori kamligida - barglar nuqtasimon sarg’ayadi va jigarrang dog’lar paydo bo‘ladi, temir moddasi etishmasligida - barglar sarg’ayadi, magniy tanqisligida -barglar yashimtir - sariq rangga kiradi, marmarsimon tusli bo‘lib qoladi.
Mineral o‘g’itlarni kerakli miqdorda ishlatish uchun, qo‘llash me’yori tegishli o‘g’it tarkibidagi oziq moddasiga ko‘paytiriladi. Mineral o‘g’itlar tarkibidagi ta’sir etuvchi moddaning foizidagi miqdori, hamda o‘g’itni qo‘llash me’yorini aniq bilib, har bir muayyan holatda qancha mineral o‘g’it ishlatilishi kerakligini hisoblab chiqish mumkin. Masalan, 20% ammoniy sulfat o‘g’it bor tuproqqa 80 kg azot solinishi kerak.
Ammoniy sulfat va fosforli o‘g’itlarni (superfosfat, fosfor uni va boshqalar) kuzgi shudgorlash paytida solish lozim, selitra va kaliyli o‘g’itlar bahorda boronalash oldidan solinadi. Sekin ta’sir etuvchi o‘g’itlarni fosfor uni, sulfofosfat, kaliyli o‘g’itlarni ko‘proq me’yorlarda ishlatiladi.
O‘g’itlarni qo‘llash ikki bosqichda amalga oshiriladi: oldin tuproqni tayyorlash vaqtida, uning mexanik tarkibini yaxshilash, sho‘rlanishini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish mahalida organik o‘g’itlarning asosiy qismi, shuningdek sekin ta’sir etuvchi fosforli va kaliyli mineral o‘g’itlar sepiladi. Shudan so‘ng tuproq haydaladi, boronalanadi va maydon bir qancha muddatga dam oldiriladi. Ko‘p hollarda er maydoni ekish oldidan haydaladi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlari oldidan tuproqqa o‘g’itlar ko‘rsatilgan (ya’ni, daraxt va butalar, gullar va gazonlar ekiladigan joylar) erga solinadi. Buni ekish oldidan tuproqni o‘g’itlash tadbiri deyiladi.
Tuproqni oldindan tayyorlash ishlarida organik o‘g’itlar o‘rta unumdor, qumloq va qumoq tuproqlarda gektariga 40-50 tonna, engil qumoq, kam unumdor tuproqlarda esa gektoriga 60-80 tonna miqdorida solish tavsiya etiladi.
Toshli tuproqlar ham ozuqa moddalar bilan ta’minlanmagan, hamda, o‘simliklar ildizlari tizimining rivojlanishi va tuproqqa yoyilib o‘sishini, shuningdek, ko‘kalamzorlashtiriladigan erga ishlov berishni qiyinlashtiradi. Bunday 46
sharoitda o‘simliklar o‘sib-rivojlanishi uchun er maydonidagi tuproq qisman almashtiriladi.
Kuchuvchi qumliklar sharoitida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlashdan oldin qumni mahkamlash tadbirlari o‘tkazilishi kerak (o‘tlar ekish: saksovul, cherkez, qandim va b.). Qumlar mustahkamlangandan keyin uzun bargli tol va kaspiy toli, turang’il ekib bo‘lgandan keyin shu joyga mos yirikroq daraxtlar ekishga kirishiladi.
Oldin chiqindi to‘plangan joylarda tuproqni tayyorlash ishlarini boshlash oldidan, sanitariya inspekstiyasidan ruxsatnoma olinishi kerak, chunki bu joylar yuqumli epidemiologik kasalliklar manbayi bo‘lishi mumkin. Shunday ruxsatnoma olingan taqdirda, ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan chiqindi to‘plangan erlar 12 yil mobaynida o‘zlashtirib olinadi. Avvalambor butun maydon pardozlanadi, tekislanadi va yirik chiqindilardan tozalanadi. So‘ngra plantaj plug bilan butun maydonda chuqur (50-60 sm) egatlar olinadi, ular oralig’i 0,5 metrdan oshmasligi lozim. Bunday tadbir tuproq aerastiyasini yaxshilash hamda zararli gazonlardan voqif bo‘lishi uchun amalga oshiriladi. Kelgusi bahor mavsumida hudud yuzasi buldozer yordamida tekislanib, 25-30 sm chuqurlikda haydaladi va boronalanadi. Organik va mineral o‘g’itlar qo‘llanilmaydi, chunki chiqindilar to‘plangan tuproq tarkibida ozuqa moddalar ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Tuproqlarni yaxshilash yoki madaniylashtirish jarayonida deyarli barcha holatlarda organik o‘g’itlarga ehtiyoj tug’iladi. Bularning biri kompost bo‘lib, hisoblanadi. Kompost quyidagicha olinadi: Baland joyda quruq ochiq maydon tanlanib, loy bilan qoplanadi. Uning ustidan barglar, o‘simliklar poyalari, chim, somonni 15-20 sm qalinlikda taxlanadi. Kompost yaratuvchi materiallar orasiga 1015 sm oralab chim tuproq yoki tuproq solib chiqiladi. Ustki va chetki tomonlaridan 15-20 sm tuproq yopiladi. Kompost tayyorlash shtabellarda balandligi 1-1,5 m bo‘ladi. Shtabel uzunligi xo‘jalik imkoniyatlari, er maydonining hajmi, shuningdek, kompost qilinadigan materiallar miqdoriga bog’liq. Misol uchun shtabel uzunligi 10 metr bo‘lib, ko‘ndalang kesimi yuzasi 4,5 m2 bo‘lganida, 45 m3 kompost (50 tonnaga 47
yaqin) olish mumkin. Kompost tayyorlash jarayoni 1 yilgacha davom etadi. Bu jarayonni tezlashtirish uchun shtabel ustidan suv yoki go‘ng “sharbati” qo‘yish tavsiya etiladi. Kompost qilinadigan materiallarga fosfor uni va maydalangan ohak (umumiy massaga nisbatan 2-3 %) qo‘shish yaxshi natija beradi. Havo yaxshi o‘tishini ta’minlash hamda nordonlashishning oldini olish maqsadida har 3-4 oyda kompost to‘plamlari ag’darib chiqiladi. Tarkibidagi tashkil etuvchi qismlarini ajratish mumkin bo‘lgan davrda kompost tayyor bo‘lgan hisoblanadi.
Tuproqni tayyorlash bilan bog’liq tadbirlar nihoyasiga etganidan so‘ng, daraxt va butalarni ekish joylari tayyorlanadi hamda ekish materiali hozirlab qo‘yiladi.
Daraxt va butalarni ekish.
Daraxt va butalarni ekish-asosiy ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, uning qanchalik to‘g’ri va bekamu-ko‘st bajarilishi ko‘kalamzorlashtirish
muvaffaqiyatini belgilaydi. Daraxtlar va butalarni qisqa muddatlarda ekishda mashina va mexanizmlardan foydalanish ko‘zga ko‘rinarli manzarani vujudga keltirish va shahar qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirishga yordam beradi.
Ekish materialining asosiy turlari va manbalari. Shaharni ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llaniladigan ekish materialining asosiy manbasi quyidagilar hisoblanadi:
- manzarali o‘simliklar ko‘chatxonalari, botanika bog’lari.
Ikkilamchi manbalari:
shahar atrofidagi o‘rmon o‘simliklari, istirohat va boshqa turdagi ekinzorlar bo‘lib, bu joylardan ekish materiali bir xil daraxtlar ekilgan joylardan va massivlardan ularni siyraklashtirish yo‘li bilan olinadi;
qurilish ishlarini o‘tkazishga mo‘ljalangan hududlardagi mavjud tabiiy va sun’iy ekinzorlar;
har xil turdagi ko‘chatxonalar.
Manzarali o‘simliklarni etishtiradigan ko‘chatxonalar quyidagi ekish materiallarini tayyorlaydi:
3-5 yoshli butalarning standart ko‘chatlari (guruhli ekinlar va yashil devorlar uchun);
6-10 yoshli ko‘chatlar (alohida yoki belgilangan joylarga guruhlab ekish uchun);
14 yoshgacha bo‘lgan daraxtlar alohida, ommaviy va guruhli ekinzorlar uchun;
5-11 yoshgacha bo‘lgan ko‘chatlar (3-5 yoshli-tez o‘sadigan ekinlar, 6-11 yoshli - sekin o‘sadigan ekinlar);
barg tashlaydigan daraxt turlarining nihollari ko‘chatxonalardan ildizi ochiq holda olinadi va maydonga bahorgi va kuzgi mavsumda ekiladi. Qayin daraxt turlari, eman va ninabarglilar - ildiz atrofidagi tuprog’i bilan birga (o‘ralgan holda) olinadi, bu daraxtlar turlaridan o‘rmon parklari, bog’lar va istirohat bog’larida ommaviy ekinzorlar barpo etish uchun va cheklangan tartibda - xiyobonlarda ekish uchun foydalaniladi;
12-16 yoshli daraxtlar (12-14 yoshdagi - tez o‘suvchi ekinlar, 15-16 yoshdagi - sekin o‘suvchi ekinlar). Bu ko‘chatlar maxsus agrotexnik talablarga rioya qilingan holda ildizini tuprog’i bilan birga o‘rab, ko‘chatxonalardan olinadi, hiyobonlarda qatorlab va alohida ekish uchun qo‘llaniladi;
25 yoshgacha bo‘lgan, uzoq muddat o‘stiriladigan yirik daraxtlar. Faqatgina ildiz atrofi turpog’i bilan birga, maxsus agrotexnik talablarga binoan ko‘chirib ekiladi, ko‘chirib ekish ishlarini yil davomida amalga oshirish mumkin. Tez samara olish uchun, ko‘chalarni, istirohat bog’lari, xiyobonlarni ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi;
har xil turdagi va shakldagi noyob daraxt va butalar, manzarabopligi bo‘yicha yuqori qimmatga ega ekzotik o‘simliklar faqatgina ildiz atrofi tuprog’i bilan birga hamda agrotexnik talabalarga yuksak darajada rioya qilingan holda ko‘chirib ekiladi. Maxsus muhim ob’ektlarni ko‘kalamzorlashtirishda alohida va guruhli ekinlar qo‘llaniladi.
Mahalliy ko‘chatxonalar sharoitida o‘stirilgan ekish materiallari tabiiy sharoitlarga chidamli bo‘ladi. Joylarda ko‘chatxonalar bo‘lmagan taqdirda, urug’ko‘chatlar va ekish materiallari boshqa joylardan olib kelinadi. Bunda ko‘chatlar kelib chiqishini inobatga olish zarur. Ekish materialini o‘ta janubiy va o‘ta namligi yuqori bo‘lgan hududlardan olib kelish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda ular qishga chidamsiz va havoning nisbiy namligi past, quruq havoga tez moslasha olmaydi.
Urug’ko‘chatlar deb urug’dan o‘stiriladigan va bevosita
ko‘kalamzorlashtirish maydoniga yoki ko‘chat tayyorlash uchun ko‘chirib o‘tkaziladigan o‘simliklarga aytiladi. Ko‘chirib o‘tkaziladigan va yana parvarishlab o‘stiriladigan material ko‘chatlar deb ataladi.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida foydalaniladigan ko‘chatlar obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan daraxt - buta o‘simliklarining ekish materialiga qo‘yiladigan texnik talablarga javob berishi kerak.
Ko‘chatlarni tashish va ishlarni olib borish muddatlari.
Daraxt va butalarni ko‘chatxonalardan ko‘kalamzorlashtirish hududlariga ko‘chirib o‘tkazish nihoyatda murakkab jarayon va o‘simliklar uchun noxush va qiyin kechadi. Ularni qazib olish, tashish va doimiy joyiga ko‘chirib ekish keyingi yillar davomida ularning o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Daraxt va butalarni qazib olishda ularning ildiz tizimiga shikast etadi, bunda eng faol bo‘lgan mayda ildizchalar nobud bo‘ladi. Shu sababdan, o‘simliklarni qazib olishda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yondoshish, ularni tashishda esa qurib qolishidan, ildizlarining zararlanishidan hamda er ustki qismini shikastlanishidan asrash zarur. O‘simliklarni ildiz qismini ochiq holda tashish ta’qiqlanadi.
Ko‘chatlarni ko‘chatxonalardan ko‘kalamzorlashtirish joyiga tashishda quyidagi qoidalarga rioya etish zarur:
ko‘chatlarni yuklash oldidan mashina kuzovi tubiga brezent, yumshoq materiallar (somon, qipiq va b.) to‘shaladi;
daraxt va butalarni alohida yoki guruhlab yuklanadi;
daraxt tanasining mashina chetlariga qadalib turgan joyiga yumshoq matolar, somon to‘shamasi va boshqalar qo‘yiladi;
o‘simliklar yuklanganidan keyin, ularning ildizlari brezent bilan o‘raladi;
ko‘chat ustidan o‘tish yoki uning tepasidan yuk solinishi qat’iy man qilinadi.
Ekish joyiga olib kelingan daraxtlar, agar ular shu kunning o‘zida ekiladigan bo‘lsa, soya joyga olinib, brezent bilan yopib qo‘yiladi. Ekish kechiktiriladigan bo‘lsa, o‘simliklar ariqqa ko‘mib qo‘yiladi. Ariqning bir tomoni 45 gradus nishablikda qiyalatib qaziladi. O‘simliklarni ariqqa joylab, yumshoq tuproq bilan ildiz bo‘yinidan yuqoriroqqa yopib qo‘yiladi. Ustidan tuproq bostiriladi, agar er quruq bo‘lsa, unga suv quyiladi.
O‘zbekistonda olib borilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, shahar sharoitlarida 6-10 yoshli yirik hajmli manzarabop daraxtlarning ko‘chatlari kamroq shikastlanadi, tez o‘sib moslashadi va yaxshi ko‘karadi. Bizning sharoitda daraxt va butalarning kuz va bahorda, qish yumshoq kelganida esa oktyabr oyidan aprel oyigacha ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Ninabargli daraxt ekinlari, ildiz tuprog’i bilan birga ekilganida, erta kuzda (sentyabr oxiri - noyabr) yoki erta bahorda (fevral-mart) ildizlarning kuzgi va bahorgi o‘sish davrida ko‘chirilsa, yaxshi o‘sib rivojlanadi. Yaproq bargli daraxt va butalarning erta bahor mavsumida (fevral - mart) ekish kuzgi muddatda ko‘chirib ekishga nisbatan yaxshi natija beradi. Kuzda ekilgan daraxtlar ildiz otmagan ko‘chatlari ko‘p hollarda iliq kelgan qishlarda bahorgi o‘suv davriga qadar qurib qolishi kuzatiladi. Lekin, O‘zbekistonda bahor erta boshlanib, jadal kechadi. O‘simliklar tez o‘sib, kurtaklar ochilib barglar o‘sadi, bu esa o‘simliklar tutib ketishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bahorgi ekishda eng asosiysi vaqtni o‘tkazib yubormaslik.
Bahorgi - yozgi mavsumda ko‘chatlarni faqatgina zarur bo‘lgan mahalda va albatta tuprog’i bilan ekishga ruxsat etiladi. Bunda shoh-shabbalarning 70 % kesilishi va barglarni 50 % olib tashlash kerak bo‘ladi.
Muntazam sug’orish va shoh-shabbalariga suv purkash (ertalab yoki quyosh botishi bilan) o‘simliklarning yaxshi tutib ketishini ta’minlaydi. Ekish muddatini ta’minlash o‘simliklarni sun’iy ravishda o‘sishini to‘xtatib turish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun kuzda qazib olingan o‘simliklarni ko‘milgan holda erto‘lalarda yoki sovutgichli kameralarda +5 °S dan oshmagan haroratda saqlanadi. O‘zbekiston sharoitida kuzgi ekish davrini cho‘zish mumkin, agar qishki oylarning ob-havo sharoitlari bunga imkon bersa.
Katta maydonlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etishda katta yoshdagi daraxtlarning ko‘pligi sababli, ekish muddatlari cho‘zilib ketadi. Ildiz atrofi tuprog’i bilan har qanday ekin turini ko‘chirib ekish mumkin, ammo iqtisodiy tomonini hisobga olib, faqatgina ko‘chirishda sekin tutib ketadigan, nozik ekin turlarini ko‘chirib ekish amalga oshiriladi. Bunday ekin turlariga: 6-10 yoshli daraxtlardan: eman, juqa, kashtan, qayin, bunduk, lola daraxti, 4-8 yosh va undan katta bo‘lgan barcha ninabarglilar; butalardan - buksus, magoniya, beresklet kiradi.
So‘ngi yillarda, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ekish muddatlarining mavsumiylik davriga chek qo‘yishga, ya’ni “o‘lik mavsum”ni bartaraf etishga bir qancha sharoitlar yaratilmoqda. Buning uchun hozirda tashkil qilinayotgan katta yoshdagi ekish materialini tayyorlaydigan ko‘chatxonalarni rivojlantirish, ko‘chirib ekishda yangi texnologiyalarni qo‘llash: bunda o‘simliklarni maxsus konteynerlarda o‘stirish. Konteynerlarda o‘stirilgan o‘simliklarni ko‘chirib ekishda ildiz tizimi shikastlanmaydi va natijada yil davomida, uzluksiz ravishda, ko‘kalamzorashtirish ob’ektlariga ko‘chat etkazib berish imkoni tug’iladi.
Daraxt va butalarni ekish.
Ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlaridagi yangi ko‘chirib ekilayotgan daraxt - buta ekinlarining yuqori darajada tutib ketishi agrotexnik talablarga qanchalik amal qilinishiga hamda ekinlarni qazib olish bilan ekish vaqti oralig’ini qisqartirishga bog’liq. Daraxt va butalarni ekish usullari, bunda kerakli uskunalar va asboblarni tanlashda ekish materialining hajmi (yoshi), o‘simlik turi va ekish maqsadlari inobatga olinadi.
Loyihada ko‘rsatilagan daraxt va butalarni ekish joylari qoziqchalar bilan belgilab chiqiladi, bunda ekiladigan burchaklariga qoziq qoqiladi. Yakka daraxtlar ekiladigan joylar esa - ekiladigan chuqur diametrini belgilash uchun uning markaziga qoqilgan qoziqqa ip bog’lanib, shu ip yordamida qoziq atrofiga aylana chiziladi.
Tuproqsiz ildizli ko‘chatlarni ekish uchun o‘ralar aylana yoki kvadrat shaklida qaziladi. Qazib bo‘linganidan keyin, uning tubini 0-12 sm chuqurlikda yumshatib chiqish lozim. Yangi qazilgan o‘ralarga ko‘chat ekish mumkin, yaxshisi, o‘ralarni 5-7 kun oldin qazib olib, keyin ekish tavsiya etiladi. Bu o‘tgan vaqt davomida tuproqning pastki qatlamlari kislorod bilan to‘yinadi. Ekish o‘ralarining hajmi, chuqurlarning kattaligi daraxt va butalarning o‘lchamlariga bog’liq.
50-100 sm diametrdagi stilindirsimon chuqurlarni qazish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. Ekskavator yordamida to‘g’ri burchakli o‘ralar qaziladi, o‘ra devorlari egilgan bo‘lib, eni 0,7 m bo‘ladi. O‘ra markaziga 15-20 sm chuqurlikda maxsus qoziq qoqiladi, u ekilgan ko‘chatni mahkam ushlab turish uchun o‘rnatiladi. Bu qoziq balandligi 2 m, yuqori qismining diametri 3 sm. Ekish oldidan, o‘raning to‘rtdan bir qismiga unumdor tuproq tashlanadi, va unga oyoq bilan ozgina bostiriladi. Tuproqda katta bo‘laklar bo‘lmasligi kerak.
Quyoshli kunlarda o‘simliklarni ko‘chirishda, ularning ildizlarini 15 daqiqadan ortiq ochiq holda qoldirmaslik kerak. Ko‘chatlarni o‘raga joylash oldidan ko‘zdan kechiriladi, zararlangan shohlari va ildizlari kesib tashlanadi. Ildizni oldindan tayyorlab qo‘yilgan tuproq, torf va loyning suv eritmasiga botirib olinadi.
Bunday qorishmaga ildizlarni botirib olinsa, ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi, hamda ildizlar va tuproqning bir-biriga tez moslashuvini ta’minlaydi. Geteroauksin moddasining 0,001 % eritmasini qo‘shish yoki ildizlarni suvda bir sutka davomida ivitish yangi ildizlarning o‘sishini jadallashtiradi va o‘simliklar tutib ketishini tezlashtiradi
Ko‘chatni chuqurga joylashda, er sathidan 2-3 sm baland qilib ildiz bo‘yni tuproq bilan to‘ldiriladi. Ko‘chat ildizlarini chuqurga oldin solingan yumshoq tuproq ustiga qo‘yib, ildizchalari sinchiklab to‘g’rilab chiqiladi, bunda qayirilib yoki buralib qolgan ildizlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. So‘ngra, asta-sekinlik bilan, ildizni atrofiga tuproq tashlanadi, o‘raning markaziy qismidan yoniga, diametr bo‘ylab, tuproq mahkamlanib boriladi. Tuproq bilan ildizlar yaxshi jipslashishi uchun ko‘chat silkitib qo‘yiladi. Shundan so‘ng, tuproqni chuqur yuzasigacha solinadi va oyoqlar bilan (chuqur chetidan markaz tomonga) zichlanadi. Ko‘chatni ip bilan qoziqqa bog’lab qo‘yiladi. Ko‘chat atrofida sug’orish uchun o‘yiqcha qoldiriladi va yaxshilab sug’oriladi. Bunday tezkor sug’orish o‘simlikni suv bilan ta’minlash, ayniqsa nam tuproq joylashib, ildizlar bilan jipislashib ketishi uchun zarurdir.
Yashil devorlarni barpo etish uchun xandaqlar ariq qazuvchi uskunalar va maxsus ekskavatorlar yordamida tayyorlanadi. Xandaqlarni qazishdan olingan unumdor tuproq alohida to‘planib, ko‘chatlarni ekish vaqtida ildizlarni ko‘mishda ishlatiladi.
1 ga maydonga ko‘chatlarni ekish o‘rtacha me’yori: daraxtlar - 200-400 dona; butalar -1500-2000 dona; yashil devorlar 1 km joyga -10000 donani tashkil etadi.
Shuni nazarda tutish kerak-ki, daraxtlar, hatto tez o‘sadiganlari ham, manzarabop xususiyatlarini ekilganidan keyin kamida 5-6 yilda, sekin o‘suvchilari esa faqat 10-12 yildan so‘ng namoyon etadi. Gullaydigan manzarali butalar manzaraboplik xususiyatiga ekilganidan so‘ng ikkinchi va hatto, birinchi yilda ham erishishi mumkin.
Avtomobil yo‘llarida manzarali daraxtlarni ekish va parvarishlash.
Ko‘kalamzorlashtirish sohasida ko‘p yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar asosida manzarali daraxtzorlarda ko‘chatlarni turlicha ekish sxemasi tavsiya etiladi. Shaharlarda va avtomobil yo‘llari chekkalarini ko‘kalamzorlashtirish uchun yirik shtambli ko‘chatlardan foydalaniladi.
Xulosa
Аvtomobil yoʼllarini koʼkalamzorlashtirish usullari bir qaraganda oson va keraksiz ishdek tuyuladi lekin bu haqida men mustaqil ish yaratib shuni angladimki bu juda murakkab va sabr talab qiladigan jarayondir chuni buni asosiy sabablaridan birini aytishimiz mumkinki tabiatdagi yamon havolarni o`z ichiga qamrab olib toza havo chiqarib beradi va yana qor va jala ko`chkilaridan insoniyatni asrab keladi tabiatni chiroyli qiladi insondi ko`zini quvontiradi va yana shuni qoshimcha qilish keraki Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish ob’ektlari relefi birmuncha notekis va noqulay joylar sharoitida ham amalga oshiriladi. So‘ngi yillarda, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ekish muddatlarining mavsumiylik davriga chek qo‘yishga, ya’ni “o‘lik mavsum”ni bartaraf etishga bir qancha sharoitlar yaratilmoqda. Buning uchun hozirda tashkil qilinayotgan katta yoshdagi ekish materialini tayyorlaydigan ko‘chatxonalarni rivojlantirish, ko‘chirib ekishda yangi texnologiyalarni qo‘llash: bunda o‘simliklarni maxsus konteynerlarda o‘stirish
|
| |