|
O’lchashlar birliligini ta`minlash sohasidagi idoraviy me`yoriy hujjatlari
|
bet | 12/16 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #125371 |
Bog'liq Kurs ishiO’lchashlar birliligini ta`minlash sohasidagi idoraviy me`yoriy hujjatlari
Idoraviy me`yoriy–texnik hujjatlari – texnikaviy shartlar va korxonalar standartlari buyurtmachi bilan kelishuv bo’yicha ishlab chiquvchi tomonidan yoki buyurtmachi bilan birgalikda ishlab chiquvchi tomonidan tasdiqlanadi, korxona standartlari esa korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. TSH loyihalari standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitalar (TQ) tomonidan ishlab chiqiladi. Asoslangan hollarda TSH loyihalari tegishli TQ bilan kelishuvga ko’ra vazirliklar, idoralar, konsernlar va boshqalar tomonidan ishlab chiqiladi.
TSH mazkur mahsulotga taaluqli MDH dalatlararo standartlari, Respublika standartlari va texnikaviy shartlar bo’lmaganda ishlab chiqiladi.
TSH da belgilanadigan talablar mazkur mahsulotga taaluqli amaldagi standartlar talablaridan past bo’lmasligi kerak.
Korxona standartlarini korxonalar:
- chet iste`molchilarga yetkazib berish uchun yaratilayotgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga va ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarga;
- yaratilayotgan va faqatgina ushbu korxonada qo’llanilayotgan mahsulotga, jarayonlar va ichki ishlab chiqarish xizmatlariga, jumladan metrologik faoliyat sohasidagilarga ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Korxonalar KST ni agar bunday standartlar talablari davlatlararo standartlar va O’zbekiston Respublikasi standartlari ko’rsatkichlaridan oshsa qayta yaratilayotgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarga ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Ushbu mavzuda sanab o’tilgan hujjatlar yordamida qonunlashtiruvchi metrologiya boshqaruvning barcha darajalarini: davlat darajasidan to alohida korxonalar va tashkilotlarni boshqarish darajasigacha qamrab oladi, shu bilan birga standartlashtirish metrologik faoliyatning barcha turlarining me`yoriy huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi. SHu tufayli, muvofiq kelishuv bo’yicha belgilangan metrologik qoidalar, talablar va me`yorlarni kuzatishga erishilmoqda va mamlakatda o’lchashlar birliligi ta`minlanmoqda.
|
| |