|
O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
|
bet | 10/16 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #125371 |
Bog'liq Kurs ishi3.1 O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI.
2019-2023-YILLAR DAVRI UCHUN O‘LCHASHLAR BIRLIGINI TA’MINLASH MILLIY TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2019 ― 2023-yillar davri uchun O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
2019 ― 2023-yillar davri uchun O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Amaliy chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar konsepsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining ko‘rsatma va tavsiyalarini hamda boshqa xalqaro talablarni hisobga olgan holda, O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinishini ta’minlash; metrologik faoliyat subyektlarining funksional vazifalari va mas’uliyat sohalarini aniq chegaralagan holda, O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimining tuzilmasini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi etalon bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya xizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa, respublika hududlarida modernizatsiya qilish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining metrologik ta’minot darajasini oshirish;
o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali mahalliy mahsulot sifatini va raqobatbardoshlikni oshirish uchun sharoit yaratish;
xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan metrologiya bo‘yicha o‘zaro samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish va kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiyotga va o‘lchashlar birligini ta’minlash xalqaro tizimlariga teng huquqli sherik sifatida integratsiyalashuviga ko‘maklashish;
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha samarali tizim shakllantirish, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish;
metrologiya sohasida axborot texnologiyalarining qo‘llanishini kengaytirish hamda o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashini, shu jumladan bajarilayotgan ishlar va xizmatlarni axborotlashtirish hamda avtomatlashtirish darajasini oshirish.
3. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligiga tasdiqlangan Konsepsiya va Amaliy chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga yordam ko‘rsatsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
|