Avtotransport vositalari servisi asoslari




Download 9,4 Mb.
bet35/162
Sana13.05.2024
Hajmi9,4 Mb.
#228444
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   162
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

Metrologik ta’minot. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sifatini boshqarishda asosiy ko’rsatkich avtomobil va uning agregati hamda tizimlarining texnik holati xisoblanadi. Texnik holat parametrlari talab
darajasida ekanligini aniqlash metrologik ta’minotga bog’liq. Avtotransport vositalariga TXK va ta’mirlash xizmati metrologik ta’minot talabiga javob berishi quyidagi omillar orqali baholanadi;

  • o’lchov va nazorat-diagnostika jihozlarining (O’NDJ) holati va qo’llanishining nazoratini ta’minlovchi metrologiya bo’yicha mas’ul shaxsning mavjudligi;

  • O’NDJ ning davlat va muassasa tomonidan tekshirish jadvali mavjudligi va uning olib borilishi;

  • O’NDJ ning aniqlik snifi va o’lchov chegaralari bo’yicha talablarga mosligi;

  • O’NDJ attestatsiyadan o’z vaqtida o’tkazilganligini tasdiqlovchi tamg’a, shahodatnoma yoki jihoz pasportlaridagi belgilarining mavjudligi;

  • texnologik jarayonning avtotransport vositalariga TXK va ta’mirlash texnologik hujjatlari bo’yicha ta’minlanganligi.

Xizmat sifatiga bo’lgan talablarni me’yorlashtirish va xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish. Sifatli xizmat ko’rsatish buyurtmachiga sidqidildan, diqqat-e’tibor bergan holda, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini sifatli, kafolatli va o’z vaqtida bajarishdan iboratdir. Xizmat sifatiga umumiy va maxsus talablar qo’yiladi. Umumiy talablar mehnat haqidagi qonun, ichki ishlash tartib-qoidalari va boshqa hujjatlar bilan belgilangan.
Maxsus talablar ATXKSlarda xizmat ko’rsatish qoidalari, mutaxassislik bildirgilari, mansab yo’riqnomalari va boshqa turdagi me’yoriy aktlarda o’z aksini topgan.
Avtoservis korxonasidagi xizmat sifatini baholash borasida ma’lum davriylikda mijozlardan so’rov o’tkazib turiladi va uning natijalari bo’yicha xizmat ko’rsatishdagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi, ular oldingi erishilgan natijalar bilan solishtirib ko’rilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish uchun korxonada
quyidagi tadbirlar oshirilishi maqsadga muvofiq:

  1. Korxonada barcha ishchi-xodimlar uchun qat’iy rioya qilinadigan yagona xizmat qoidalari bo’lishi va unga amal qilinishi;

  2. Korxona tomonidan o’z ishchi-xodimlariga aniq va ravshan talablar qo’yish;

  3. Ishchi xodimlarni muttasil o’qitish, malakalarini oshirish;

  4. Ishchi xodimlarni o’z korxonasi, firmasiga sadoqatli ruhda tarbiyalash.

  5. Ijodga yo’l ochish;

  6. Ishchi xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish

Xizmatni baholashdan o’tkazish (sertifikatsiya). Xizmat sifatini sertifikatlash ISO-9000 seriyadagi standartlar bo’yicha amalga oshiriladi. ISO-9001, ISO-9002 va ISO-9003 standarti 1994 yili qayta ko’rib chiqilgan, 2000 yili “ISO-9000” ning yangi tahriri tasdiqlangan va hozirgacha amalda. Ishchidan tortib korxonaning birinchi rahbarigacha o’z ishchi o’rni va vakolati yuzasidan sifat menejmentiga jalb etilsagina, xizmatning yuqori sifatli bo’lishiga erishiladi. Sifatni boshqarishda xaridor talabi, nosozliklar, adashish va xatoliklar haqidagi ma’lumotlar va xaridor fikri axamiyatli o’rinni egallaydi.
O’zbekiston Respublikasida ham xalqaro ISO standartini xalq xo’jaligida, shu jumladan, avtomobil sanoatida, avtomobil servisi va ta’mirlashda joriy etish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Xalqaro ISO standarti asosida davlat standartlari yaratilgan (8.1-jadval) [58].
8.1-jadval. “ISO-9000” seriyadagi standartlar po’yxati



Belgilanishi

Standart nomi

O`zR MX holati

1

ISO 9000-2000

Sifat menejmenti tizimi. Asosiy tushunchalar va lug`at

O`z. DSt ISO 9000-2002

2

ISO 9001-2000

Sifat menejmenti tizimi. Talablar.

O`z. DSt ISO 9001-2002

3

ISO 9004-2000

Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yaxshilash uchun
tavsiyalar..

O`z. DSt ISO 9004-2002

4

ISO 19011-2003

Sifat menejmenti tizimi yoki ekologikmenejment tizimining auditi bo`yicha asosiy ko`rsatmalar.

O`z. DSt ISO 19011-2004

5

ISO 9000-3-2004

COOPKOK. Programma ta`minoti bo`yicha ISO 9001-
2000standartini qo`llash Nizomi




6

ISO 9004-2-1994

AUKESK 2-bo`lim. Xizmatlar bo`yicha asosiy Nizomlar

O`z. DSt ISO 9004-2:1999

7

ISO 9004-2-1994

AUKESK 3-bo`lim. Qayta ishlanuvchiashyolar bo`yicha
asosiy Nizomlar




8

ISO 10005:2003

SMK. Sifat rejasi bo`yicha asosiy Nizomlar

O`z. RH ISO 51090:1999

9

ISO 10006:2003

SMK. Loyihalarni boshqarish bo`yicha asosiy Nizomlar




10

ISO 10006:2003

SMK. Loyihalarni boshqarish bo`yicha asosiy Nizomlar

O`z. RH ISO 10007:2003

11

ISO 10012:1:2003

O`lchov asboblari sifatini ta`minlash bo`yicha talablar 1- bo`lim. O`lchov asboblari uchun metrologik ta`minot
tizimi.




12

ISO 0012:1:2003

O`lchov asboblari sifatini ta`minlash bo`yicha talablar. 2- bo`lim. O`lchov jarayonini boshqarish bo`yicha asosiy
ko`rsatmalar.




13

ISO 10013:2001

Sifat boshqaruvini yaratishga taaluqli asosiy Nizomlar

O`z. RH ISO 10013:2001

14

ISO 10014:2003

Sifat iqtisodini boshqarish bo`yicha asosiy ko`rsatmalar

O`z. RH ISO 10013:2001

15

ISO 10013:2001

Sifatni boshqarish. O`qitish bo`yicha asosiy ko`rsatmalar

O`z. RH ISO 10013:2001

Ushbu standartlarni o’rganish va joriy etish ancha murakkab hamda maxsus sertifikati bor organlar tomonidan o’qitiladi. Avtoservis korxonasining faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish uchun uni ochiq-oydin tizimli boshqarish va yo’naltirib turish darkor. Barcha manfaatdor tomonlarning talablari
hisobga olingan sifat mejenmenti tizimi yaratilib, joriy etilib, doimiy ishchi holatda ushlab turilsa, korxonaning muvaffaqiyatga erishishi kafolatlanadi.

Download 9,4 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   162




Download 9,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtotransport vositalari servisi asoslari

Download 9,4 Mb.