«Axborot texnologiyasi» fani




Download 3.46 Mb.
bet6/41
Sana15.03.2023
Hajmi3.46 Mb.
#45481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Axborot haqida tushuncha
tizimlar va signallarni qayta ishlash faniga ki, KT Lab 14, Презентация 2 8-§. ҲОСИЛАГА НИСБАТАН ЕЧИЛМАГАН, Ижтимоий сиёсат мажмуа (2), TAQDIMOT, abdlla, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriyniki, 6-mavzu. Taqdimot muharrirlari Mavzu rejasi
«Axborot texnologiyasi» fani axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o‘rgatuvchi fan.
Kundalik turmushda turli ko‘rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig‘ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo‘lgan axborot qurilmalari kerak bo‘ladi.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o‘ta kuchli protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo‘lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma’lumot (signal)larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o‘qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O‘qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) ta’lim tizimining barcha pog‘onalarida axborotlashtirishning etakchi bo‘g‘inligini ta’minlash;
b) barcha sohalar bo‘yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
v) axborotlashtirish sohalarida mehyoriy bazalarni yaratish (koordinaciyalar, metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar va h.k.);
g) texnik ta’minotni — kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko‘rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
d) telekommunikatsiya (havo orqali, erning sunhiy yo‘ldoshlari va boshqa aloqa kanallari) tarmoqpari;
e) ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi
axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.k.)
Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o‘z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat ob’yektlari xaqida gap yuritamiz.
Bunday ob’yektlarga sonlar (o‘lchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) kiradi.
Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot ob’yektlarini yaratish, kerakli axborot ob’yektlarini izlash, axborotlarni yig‘ish, taxlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko‘rinishda tasvirlash, axborot ob’yektlarini (matn, suhbat, rasm, o‘yin va boshqa ko‘rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, ob’yektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi. Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;

  • uskunaviy dasturiy ta’minot;

  • virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;

  • axborotlar majmui — ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;

  • texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va h.k.)




Download 3.46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Download 3.46 Mb.