22
Axborotni muhofaza qilish keng ma’noda axborot xavfsizligiga tahdidni
oldini olish va ularning asoratlarini yo‘q qilishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy va
texnik choralar kompleksini bildiradi. Axborotni muhofaza qilish axborotga
bo‘lgan salbiy ta’sir manbalarini hamda sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf
etish ma’nosini anglatadi. Bu manbalar axborot xavfsizligiga tahdidlarni tashkil
etadi.
Axborotni muhofaza qilish quyidagilarga yo‘naltirilgan:
axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tahdidlarning oldini olish;
tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo‘lgan tahdidlarni
aniqlash va ularni o‘z vaqtida oldini olish choralari;
aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida tahdidlarni topish;
jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek aniq jinoiy harakatlarni
hamda tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
tahdid va jinoiy harakatlarning oqibatlarini yo‘q qilish va mavqeini
saqlash.
Ushbu barcha usullarning maqsadi axborot resurslarini noqonuniy
tahdidlardan himoya qilish va quyidagilarni ta’minlashdan iborat:
konfidentsial axborotlarning tarqalib ketishini oldini olish;
konfidentsial axborot manbalariga noqonuniy kirishni taqiqlash;
axborotning butunligi, to‘liqligi va undan foydalana olishni saqlash;
axborot konfidentsialligiga rioya qilish;
mualliflik huquqlarini ta’minlash.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, axborotni muhofaza qilish deganda davlat,
jamiyat va shaxslarning axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan usul,
vosita va choralar majmuini tushunish mumkin.