4
etadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi, jamiyat faoliyatining
keng sohasida turli axborot xizmatlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa
bank va boshqa to‘lov tizimlarida, davlat va jamiyat manfaatlari bilan bog‘liq
muhim ma’lumotlarni almashish hamda tahlil qilishda, tez va ishonchli ma’lumot
almashinuvi talab etiladigan tizimlarda axborot muhofazasi masalalari dolzarb
hisoblanadi. Haqiqatan ham, har qanday ma’lumot u yoki bu ma’noda axborot-
kommunikatsiya tizimi foydalanuvchilarining manfaati bilan bog‘liq. Axborot
muhofazasini ta’minlash: huquqiy-me’yoriy hujjatlar, texnik vositalar va
kriptografik algoritmlar hamda protokollar negizida yaratilgan dasturiy, apparat-
dasturiy va apparat-texnik vositalarning birgalikda qo‘llash bilan samarali amalga
oshiriladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi
Milliy gvardiyasi xodimlari, tinglovchilar va kursantlarga axborot xavfsizligining
nazariy, amaliy va uslubiy asoslari tashkilotning axborot xavfsizligi siyosati
to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqishda, kompyuter tarmoqlari va tizimlarida
axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari va vositalarini qo‘llashda,
axborotni himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqarilgan turli xil dasturiy mahsulotlar
imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha kerakli nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma olti bobdan iborat bo‘lib, unda asosan axborot
xavfsizligi asoslari, axborot xavfsizligi siyosati, axborotlarni texnik himoyalash,
axborot xavfsizligini ta’minlashning apparat-dasturiy vositalari, axborotlarni
kriptografik himoyalash usullari va tarmoq texnologiyalarida axborot xavfsizligini
ta’minlash jarayonlari batafsil yoritilgan.
O‘quv qo‘llanmaning har bir bo‘limi yakunida berilgan bilimlarni
mustahkamlash uchun mavzular yuzasidan savol va topshiriqlar keltirilgan.
Mualliflar