ITU–International Telecommunications Union–Xalqaro Telekommunikatsiyalar uyushmasi.  2 IEEE




Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/82
Sana19.12.2023
Hajmi1,8 Mb.
#123593
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

ITU–International Telecommunications Union–Xalqaro Telekommunikatsiyalar uyushmasi. 
2
IEEE–Institute of Electrical and Electronic Engineers–Xalqaro elektrotexnika va 
radioelektronika injenerlari Instituti.


38 
– shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash; 
– shaxsni axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir 
ko‘rsatilishidan himoya qilish. 
Mamlakatimiz qonunchiligida mazkur normalar axborot xavfsizligini 
ta’minlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiq keladi. Xususan, 
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 19-moddasi shaxsning axborotdan 
erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar va kafolatlarni yaratishni ko‘zda tutib, 
bunga ko‘ra har bir shaxs erkin ravishda axborotlarni izlash, olish va tarqatish 
huquqiga ega. 
Axborot xavfsizligining keyingi muhim tarkibiy qismi bo‘lmish shaxsning 
shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash bo‘yicha ham Inson huquqlari 
umumjahon Deklaratsiyasida muhim talablar belgilangan. 
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, shaxsiy hayot daxlsizligi bilan bog‘liq qoida 
dastlab, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida huquqiy jihatdan 
mustahkamlangan bo‘lib, xususan, uning 12-moddasida shunday deyiladi: “Hech 
kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik va noqonuniy tarzda 
aralashish, uning uy-joyi daxlsizligi va yozishmalardagi sirlariga o‘zboshimchalik 
va noqonuniy tarzda tajovuz qilish va uning or-nomusi va sha’niga tajovuz qilish 
mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzlardan qonun 
orqali himoya qilinish huquqiga ega. 
Jahon xalqaro tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat miqyosida 
axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish sohasidagi muammolar axborot 
resurslarini boshqarish, bu sohadagi aniq va ravshan strategiyani ishlab chiqish 
kabi vazifalardan tashqari, ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik 
hujjatlarini yaratish, zamon talablaridan kelib chiqib, ularni takomillashtirish kabi 
masalalar bugungi kunda dolzarb bo‘lib turibdi. 
Hozirgi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
rivojlanib borishi iqtisodiyot, ta’lim, fan hamda boshqa sohalarda faoliyat 
samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga
axborot texnologiyalarining rivojilanishi jarayonida axborot xavfsizligini 


39 
ta’minlash bilan bog‘liq qonun hujjatlarini xalqaro standartlar, xorij tajribasi va 
milliy manfaatlarini hisobga olgan holda takomillashtirib borish lozim bo‘ladi 
O‘zstandart agentligining 05.09.2016 yildagi 05-784 sonli qarori bilan 2016 
yil 8 sentyabrdan quyidagi Davlat standartlari joriy etilgan: 

Download 1,8 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ITU–International Telecommunications Union–Xalqaro Telekommunikatsiyalar uyushmasi.  2 IEEE

Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish