|
- mavzu. AXBOROT TIZIMLARINING TUSHUNCHASI Pdf ko'rish
|
bet | 212/389 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 14,92 Mb. | | #263543 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizmlar. Dadabayeva R.A, Shoaxmedova N.X, Ibragimova L.T13- mavzu. AXBOROT TIZIMLARINING TUSHUNCHASI
V A TARKIBIY QISMLARI
13. 1. Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha.
13.2. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari.
13.3. Axborot tizimining dasturiy ta'minoti.
13.4. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tasniflanishi.
13.5. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy
jihatlari.
13.6. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining rivojlanib
borish tendensiyalari.
Tayanch iboralari:
Axborot tizimi, avtomatlashtirish,
tizim tasnifi, tarkibi, tendensiya.
13.1. Axborot tizimi haqida umumiy tushuncha.
Ko‘pgina masalalami yechish asosida axborot yoki axborotlami
qayta ishlash yotadi. Axborotni qayta ishlashni yengillashtirish
maqsadida axborot tizimlar yaratiladi.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab
mavjud bo‘lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o‘z
boshqaruvi
uchun
tizimlashtirilgan,
oldindan
tayyorlangan
axborotlami talab etgan. Bu, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari -
moddiy va nomoddiy ne’matlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq
jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy
muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor
takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham
murakkablashadiki,
o‘z
navbatida,
u
axborot
tizimlarini
takomilashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Axborot texnologiyasi
- axborotni to‘plash, saqlash, izlash,
unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami
uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
Axborot tizimi
- axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga
ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan,
tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot
texnologiyalari va aloqa vositalari.
334
ATlami keng ma’noda axborotni qayta ishlaydigan ixtiyoriy
tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ATlar
ishlab chiqarish sohasida, ta’lim sohasida, sog‘liqni saqlash
sohasida, xarbiy sohada va boshqa sohalarda ishlatiladigan
tizimlarga ajratish mumkin53.
|
| |