|
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar» Pdf ko'rish
|
bet | 365/389 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 14,92 Mb. | | #263543 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizmlar. Dadabayeva R.A, Shoaxmedova N.X, Ibragimova L.Tta’minlanadi.
Tarmoqlararo ekaranlami ishlatish siyosatiga muvofiq ravishda
ichki tarmoq zahiralariga kirish qoidalari belgilanadi. Avvalo shuni
aniqlab olish lozimki, himoya tizimi qanchalik «sirdosh» yoki
«shubhali» bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ichki
tarmoqlarga
kirish
qoidalari
quyidagi
tamoyillardan
biriga
asoslanishi kerak:
1) ochiq shaklda ruxsat etilmagan hamma narsani ta’qiqlash;
2) ochiq shaklda ta’qiqlanmagan hamma narsaga ruxsat berish.
Tarmoqlararo ekranni birinchi qoida asosida ishlatish ancha
puxta himoyani ta’minlaydi. Biroq, ushbu tamoyilga muvofiq
ifodalangan
kirish
qoidalari
foydalanuvchilar
uchun
katta
noqulayliklar tug‘dirishi mumkin, bundan tashqari, ulami ishlatish
ancha qimmatga tushadi. Ikkinchi tamoyilni ishlatishda ichki tarmoq
xakerlar tajovuzidan kamroq himoyalangan bo‘lib qoladi, biroq
undan foydalanish qulayroq bo‘lib, kam mablag‘ talab qilinadi.
Tarmoqlararo ekranlar yordamidagi ichki tarmoq himoyasining
samaradorligi nafaqat ichki tarmoqning tarmoq xizmatlari va
zahiralariga kirish siyosatiga, balki tarmoqlararo ekranning asosiy
tarkibiy qismlarini to‘g ‘ri tanlash va ulardan ratsional foydalanishga
ham bogTiq.
Tarmoqlararo ekranlar oldiga qo'yilgan vazifalar quyidagi
talablami keltirib chiqaradi:
■ tarmoq darajasida filtrlashga qo‘yiladigan talablar;
■ amaliy darajada filtrlashga qo‘yiladigan talablar;
■ filtrlash qoidalari va ma’muriylashtirish qoidalarini sozlash
bo‘yicha talablar;
530
i
|
| |