|
kabi boshqa so f texnik sohadagi amallarni ham, shuningdek banklar Pdf ko'rish
|
bet | 367/389 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 14,92 Mb. | | #263543 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizmlar. Dadabayeva R.A, Shoaxmedova N.X, Ibragimova L.Tkabi boshqa so f texnik sohadagi amallarni ham, shuningdek banklar
o ‘rtasida o ‘zaro hisob-kitoblar olib borish qoidalari, qabul tarmog‘i
tarkibiga kiruvchi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan
hisob-kitoblar olib borish va shu kabi boshqa moliyaviy jihatlami
ham o ‘z ichiga oladi.
Tashkiliy jihatdan to‘lov tizimining yadrosi bu shartnomaviy
majburiyatlar bilan birlashtirilgan banklar assotsiatsiyasidir. Bundan
tashqari, elektron to‘lov tizimi tarkibiga xizmat ko‘rsatish tizimini
531
hosil qiluvchi savdo va xizmat k o‘rsatish korxonalari kiradi. To‘lov
tizimi muvaffaqiyatli faoliyat k o‘rsatishi uchun, kartalarga xizmat
ko‘rsatishda texnik yordamni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar ham zarurdir.
T o‘lov tizimi bilan bitim tuzgan va tegishli litsenziyaga ega
bo‘lgan bank ikki hil sifatda - bank-emitent va bank-ekvayer
sifatlarida namoyon bo‘lishi
mumkin.
Bank-emitent plastik
kartalami chiqaradi hamda ushbu kartalardan to‘lov vositasi sifatida
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy majburiyatlaming
bajarilishini kafolatlaydi. Bank-ekvayer kartalami to‘lov vositasi
sifatida to‘lovlar uchun qabul qilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish
korxonalariga xizmat ko‘rsatadi, shuningdek bu to‘lov vositalarini,
ya’ni kartalami o ‘z bo‘limlarida hamda o ‘ziga tegishli bo‘lgan
bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish uchun qabul qiladi. Bank-
ekvayeming asosiy vazifalari xizmat ko‘rsatish nuqtalari bilan
hisob-kitoblar olib borish bilan bog‘liq moliyaviy amallami
bajarishdan iborat. Bank-ekvayeming texnik masalalar bilan bog‘liq
faoliyatini bajarish ekvayer tomonidan protsessing markazlariga
|
| |