|
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar» Pdf ko'rish
|
bet | 371/389 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 14,92 Mb. | | #263543 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizmlar. Dadabayeva R.A, Shoaxmedova N.X, Ibragimova L.Tnuqtalariga j о ‘natadi.
Protsessing markazi shuningdek zavodlarga plastik kartalari
tayyorlash uchun buyurtmalar berib, bank-emitentlaming ularga
bo'Igan ehtiyojlarini ham qondirib boradi.
Plastik kartalar b o‘yicha savdo-sotiqlaming va naqd pul
berishning o ‘ziga xos xususiyati shundaki, bu ishlar do‘konlar va
banklar tomonidan «qarzga» amalga oshiriladi, ya’ni tovarlar va
naqd pullar mijozga shu turda beriladi, ulami qoplaydigan
mablag‘lar esa xizmat ko‘rsatayotgan korxonalaming hisobvaraq-
lariga ma’lum vaqtdan keyin (bir necha kun mobaynida) kelib
tushadi. Plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida yuzaga
keladigan to ‘lov majburiyatlarining bajarilish kafolatini ulami
chiqargan bank-emitent o ‘z zimmasiga oladi.
Bank-emitent
kafolatlarining xarakteri mijozga taqdim etiladigan hamda karta
534
turida qayd etilgan to‘lov vakolatlariga bog‘liq. Plastik kartalar
yordamida amalga oshirilayotgan hisob-kitoblar turiga qarab, kredit
va debet kartalari farqlanadi. Kredit kartalari plastik kartalarining
eng keng tarqalgan turidir. Ularga AQSHning
Visa
va
MasterCard,
American Express
va qator boshqa umummilliy tizimlarning
kartalari mansubdir. Bu kartalami egalari savdo va xizmat ko'rsatish
korxonalarida tovar va xizmatlar haqini to‘lash uchun taqdim
etadilar. Kredit kartalari yordamida haq to‘lashda xaridor banki unga
xarid qilingan tovarlar summasiga kredit ochadi, bir qancha vaqt
(odatda 25 kun) dan keyin esa pochta orqali unga hisob (schet)
yuboradi. Xaridor to'langan chek (schet) ni bankka qaytarib berishi
|
| |