|
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
|
bet | 2/6 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #261953 | Turi | Referat |
Bog'liq A.Amirov Malaka amaliyot dasturiAloqa qo’shinlari
Aloqa qo’shinlari qo’shinlarni boshqarish uchun zarur bo’lgan aloqa tizimlarini yoyish va ularni ishga tushirish uchun mo’ljallangan. Ularga shuningdek qo’shinlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari vositalarini ekspluatatsiya qilish, aloqa xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tashkiliy va texnik tadbirlarni tashkil qilish vazifalari yuklanadi. Aloqa qo’shinlari maxsus qo’shinlar tarkibiga kiradi va u qo’yidagilardan tashkil topgan:
aloqa brigadalari;
aloqa batalonlari;
aloqa vzvodlari;
aloqa guruhlari;
aloqa seksiyalari;
aloqa apparatlari (radiostansiyalari);
aloqa uzellari;
garnizon aloqa uzellari;
tayanch (yordamchi) aloqa uzellari;
feld’eger-pochta aloqa uzellari (stansiyalari);
aloqa xavfsizligini nazorat qilis’h uzellari (stansiyalari).
Aloqa qo’shinlari o’z ichiga uzel, liniya va boshqaruv bo’linmalarini, feld’eger pochta aloqasi, aloqa havfsizligi va texnik ta’minot xizmatlarini oladi.
Aloqa qismlari va bo’linmalari:
dala va statsionar boshqaruv punktlari orasida aloqa uzellarini, boshqaruv punktlari orasida to’g‘ridan-to’g‘ri radio, radiorele, troposfera va kosmik aloqa liniyalarini yoyish va ishga tushirish;
boshqaruv punkti aloqa uzellarining tayanch aloqa tarmog‘iga kabel, radiorele, troposfera liniyalarni yoyish va ishga tushirish vazifalarini bajaradi.
Feld’eger-pochta aloqa bo’linmalari qo’shinlarga mahfiy va nomahfiy hizmat hujjatlarini, davriy nashrlar, boshqa bosma nashrlar va pochta jo’natmalarini yetkazish uchun hizmat qiladi.
Aloqa xavfsizligini ta’minlovchi bo’linmalar birlashma, qo’shilma, qism shtablari tomonidan, hamda aloqa qo’shinlari, qismlari va bo’linmalari tomonidan radioniqoblash va mahfiy aloqa almashuv qurilmalaridan foydalanish talablari, qo’shinlarni yashirin boshqarish qoidalari va aloqa havfsizligini ta’minlovchi boshqa hujjatlar talablarini bajarilishini nazorat qiladi.
Aloqa bo’linmalari mahsus qo’shinlar, qo’shin turlari, ho’jalik, tehnik ta’minot qismlari tarkibida bo’ladi. Ular aloqa vzvodlari, guruhlari va seksiyalariga bo’linadi. Ularning tuzilishi va aloqa vositalari bilan ta’minlanishi tegishli qo’shilma (qism)ning tashkiliy-shtat tuzilishi bilan aniqlanadi.
|
| |